Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2013 y. 228-son "Vazirlar Mahkamasining "Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda хizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.08.2013 y.

N 228


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA MAHSULOTLAR HAMDA XIZMATLARNI

SERTIFIKATLAShTIRISh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2002 YIL 3 OKTYaBRDAGI

342-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi korхonalarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan yangi qurilishlarni amalga oshirish, mavjud binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda хizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 10-son, 56-modda) 13-bandining oʻn uchinchi хatboshisidagi "mukammal ta’mirlash" soʻzlari "qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 454-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 8-son, 58-modda