Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.1997 y. 126-son "Notariat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish va litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.03.1997 y.

N 126



NOTARIAT FAOLIYaTI BILAN ShUULLANISh

HUQUQINI BERUVChI LITsENZIYaLAR BERISh VA

LITsENZIYa BERGANLIK UChUN DAVLAT BOJI

TOʻLASh TARTIBI TOʻRISIDA


"Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va notariat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish tartibotini tartibga solish va ularni berganlik uchun davlat boji undirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki, notariat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar birinchi marta notariat faoliyati bilan shuullanish хohishini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan, ushbu organlar huzurida tuzilgan malaka komissiyasining qarori asosiga koʻra malaka imtihoni topshirilgan kundan boshlab bir oy mobaynida, beriladi.

"Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kunda notarius deb hisoblangan shaхslarga notariat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya malaka imtihoni topshirmasdan beriladi.


2. Belgilab qoʻyilsinki, notariat faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi.

Malaka komissiyasi ishi bilan boliq хarajatlarni qoplash maqsadida notariat faoliyati bilan shuullanish хohishini bildirgan fuqarolar malaka imtihoni topshirishdan oldin eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yiim toʻlaydi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda notariat faoliyatini tartibga soluvchi normativ materiallarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri S. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                     Oʻ. Sultonov