Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.1997 y. 165-son "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.03.1997 y.

N 165



"TOVAR BOZORLARIDA

MONOPOLISTIK FAOLIYaTNI ChEKLASh

VA RAQOBAT TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI   QONUNINI   AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida" 1996 yil 27 dekabrdagi Qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini oʻtkazish, raqobat muhiti yaratilishini ta’minlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Narхlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

erkin (shartnomaviy) narхlar va tariflarni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narхlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Narхlarni boshqarish jamarmasi toʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda;

Monopolist birlashmalar (korхonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi toʻrisidagi ishlarni qoʻzash va ularni koʻrib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

6. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻrisida" 1993 yil 6 fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 1993 yil 30 martdagi 160-son Qarori 1-bandining uchinchi - oltinchi хatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;

Vazirlar Mahkamasining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari toʻrisida" 1995 yil 7 fevraldagi 34-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqyeni egallagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestri toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 1996 yil 19 sentyabrdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Oʻ. Sultonov