Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.1997 y. 462-son "Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilish dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.10.1997 y.

N 462



XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYoT

BANKI BILAN HAMKORLIK QILISh

DASTURINI AMALGA OShIRIShGA

OID ChORA-TADBIRLAR TOʻFRISIDA


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga koʻmaklashish tarmoq loyhalarini tayyorlash va ularni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xalqaro tiklanish va taraqkiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish uchun rejalashtirilayotgan loyihalar roʻyхati ilovaga* muvofiq, ma’qullansin.


2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayerlash va ularni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Toshkent shahar hokimi:

ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni tashkil etsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar;

Xalqaro tiklanish va taraqkiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyet banki ishtirokida ishlab chi-qiladigan loyihalarni teхnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish uchun teхnik topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan majburiy tartibda kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etiladi;

yangi loyiqalarni moliyaviy ta’minlash uchun buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishib olingandan soʻng Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orkali Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga yuboriladi.


4. Xalqaro tiklanish va taraqiyot banki qoʻshma loyihalar tayyorlash va ularni amalga oshirishning borishini jadallashtirish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosari  Makroiqtisodiyot va statistika vaziri B. S. Hamidov Xalqaro tiklanish va taraqiyot bankining ilovada koʻrsatilgan qarz mablalari hisobiga avans olish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidagi buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.