Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 14.03.2015 y. 6/6-son “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qarori (AV tomonidan 25.03.2015 y. 2093-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.03.2015 y.

N 2093-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

14.03.2015 y.

N 6/6


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi, 2014 yil 11 dekabrdagi OʻRQ-381-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-sonli qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                       F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 13-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyida keltirilgan zarur boʻlgan hujjatlarni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etadi:";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.".


2. 21-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yonindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining хulosasi;".


3. 38-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"filial kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yonindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining хulosasi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 30 mart, 12-son, 145-modda