Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2015 y. 73-son “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.03.2015 y.

N 73



DAVLAT ORGANLARI VA DAVLAT

MUASSASALARIDA JISMONIY VA YuRIDIK

ShAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN IShLASh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 6 aprel, 13-son, 154-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 3-son, 21-modda