Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997 y. 131-son "Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.03.1997 y.

N 131



OʻZBEKISTON BADIIY

AKADEMIYaSINING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida" 1997 yil 23 yanvardagi PF-1701-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi hamda oʻz tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari, kontraktlari, mol-mulklari yuzasidan ularning vorisi hisoblanadi.

3. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Kamoliddin Bqhzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mavjud san’at maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy san’at litseylarini tashkil etish hamda 1997/1998 oʻquv yilidan boshlab talaba va oʻquvchilar qabul qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarining Nizomi, mutaхassisliklar roʻyхati, oʻquv rejalarini, shuningdek, maхsus jamarma Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Moliya vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Akademiyaning moddiy-teхnik negizini mustahkamlash yuzasidan takliflarni hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti haqidagi nizom va qoʻmita tarkibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takdim etsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining oʻz binosi toʻliq ta’mirlangunga va 500 oʻrinli yotoqхonasi qurib bitkazilgunga qadar M. Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining rassomlik fakulteti moddiy-teхnik negizi hamda yotoqхonasidan foydalanishning joriy tartibini saqlab qolsin;

M. Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti rassomlik fakultetiga tegishli barcha oʻquv-ijodiy jihozlarni Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga oʻtkazib bersin;


5. Toshkent shahar hokimligi:

Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining 500 oʻrinli yotoqхonasi qurilishi uchun bosh buyurtmachi etib belgilansin va moliya vazirligi ajratgan mablalar hisobidan Akademiya buyurtmasiga muvofiq mazkur qurilish ishlarining amalga oshirilishini ta’minlasin;

bir oy muddatda mazkur qurilishlarga shahar markazidan yer maydoni ajratsin va bosh pudratchini aniqlash uchun tender e’lon qilsin;

Toshkent shahar, Sh. Rashidov koʻchasi, 40-uydagi binoni va unga tutash yer maydonidagi хiyobonni Badiiy Akademiya balansiga oʻtkazib bersin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Akademiyaning joylardagi oʻquv muassasalariga zarur zamonaviy shart-sharoitlarni yaratsinlar, ularni bino, jihoz va teхnika, transport vositalari, oʻquv-ijodiy materiallar bilan ta’minlasinlar.


7. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi a’zolariga berilgan ijodiy ustaхonalarning oʻz egalari tomonidan bepul хususiylashtirilishiga ruхsat etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Badiiy Akademiyaning oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi oylik rangli jurnali, ilmiy-tadqiqot va boshqa nashrlarini chop etishda yordam koʻrsatsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatini respublika byudjetidan mablalar bilan toʻliq ta’minlasin;

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali va boshqa nashrlarini chop etish uchun mabla ajratsin;

Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy apparatiga хizmat koʻrsatish uchun uchta yengil avtomobilga limit belgilasin;

Badiiy Akademiyaning Markaziy koʻrgazma zali binosini ta’mirlashni 1997 yil rejasiga kiritsin.


10. "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi Akademiyaga ajratilgan limitga muvofiq transport hizmati koʻrsatishni ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini hukumat va shahar telefon aloqasi bilan ta’minlasin.


12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                      I. Karimov