Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.1997 y. 333-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.1997 y.

N 333




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

YOʻLLARDA HARAKATLANISh XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASh KOMISSIYaSI TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi deb qayta nomlansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi haqidagi Nizom 1-ilovaga;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyalari haqidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazairlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyasi ishi boʻyicha kotibiyatchilik ishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi zimmasiga yuklansin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda Namunaviy nizom asosida va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash komissiyalari haqidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


5. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 30 apreldagi 113-son qarori oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Oʻ. Sultonov