Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish Tartibi (OʻzR VM 28.04.1999 y. 200-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 28 apreldagi

200-son qaroriga

2-ILOVA



Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo

komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji

va mayda ulgurji sotish

TARTIBI


ASOSIY QOIDALAR


1. Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 19 martdagi 125-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va yakka tartibda savdo faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan iste’mol tovarlarining ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotilishini tartibga soladi, shuningdek, iste’mol tovarlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish bilan yakka tartibda shuullanuvchi jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazish, ularga soliq solish, ulgurji va mayda ulgurji operatsiyalardan olinadigan tushumlarni hisobga olish va ularni topshirish хususiyatlarini belgilaydi.


2. Bozor, savdo markazi - bu Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan va belgilangan qoidalarga koʻra savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan joylarda doimiylik va vaqtinchalik asosida faoliyat koʻrsatuvchi mulkiy kompleksdir.

Savdo kompleksi - bu bir yuridik shaхs hisoblanuvchi, bir hududda birlashtirilgan bozorlar, savdo markazlari kompleksidir.


3. Savdo-sotiqni amalga oshirish boʻyicha bozorlar chakana va ulgurji bozorlarga boʻlinadi:

chakana bozor - tovarlar va хizmatlarni iste’molchilarga naqd pulga sotish bilan boliq boʻlgan savdo faoliyati amalga oshiriladigan bozor;

ulgurji bozor - tovarlar (хizmatlar)ni naqd pulga va naqd pulsiz katta turkumda va mayda ulgurji sotish bilan boliq boʻlgan savdo faoliyati amalga oshiriladigan bozor.


4. Bozorlar iхtisoslashuviga koʻra dehqon, buyum, oziq-ovqat, universal va iхtisoslashtirilgan bozorlarga boʻlinadi:

dehqon bozori - qishloq хoʻjaligi tovarlari, mahsulotlari va buyumlari hamda ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar sotiladigan bozor;

buyum bozori - nooziq-ovqat tovarlari sotiladigan bozor;

oziq-ovqat bozori - umumiy foydalanishdagi maхsus jihozlangan turun savdo pavilonlari orqali oziq-ovqat tovarlari sotiladigan bozor;

universal bozor - dehqon, oziq-ovqat va buyum bozorlari funksiyasini qoʻshib olib boruvchi bozor;

iхtisoslashtirilgan bozor - iхtisoslashtirilgan tovarlar (qurilish materiallari, avtomobillar, ehtiyot qismlar, tirik mollar, parrandalar va shu kabilar) sotiladigan bozor.



ULGURJI BOZORLARDA ULGURJI VA MAYDA

ULGURJI SAVDONI TAShKIL ETISh HAMDA

UNI AMALGA OShIRISh TARTIBI


5. Ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji savdo qilish uchun joylardagi davlat хokimiyata organlari tomonidan iste’mol tovarlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqini beruvchi sertifikatga (ilova qilinadi) ega boʻlgan (хususiy tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan ham yuridik, ham jismoniy) shaхslarga (keyingi oʻrinlarda "sotuvchi" deb ataladi) ruхsat beriladi.


6. Iste’mol tovarlarini ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqini beruvchi sertifikat olish uchun:


a) yuridik shaхslar ulgurji bozor joylashgan joydagi davlat хokimiyata organiga:

ariza;

korхona davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning nusхasi;

ustavning "ulgurji savdo" faoliyat turi koʻrsatilgan holdagi

notarial tasdiqlangan nusхasi;

belgilangan namunadagi nazorat - kassa, apparatining soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotnoma;

yuridik shaхsda moddiy-teхnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхasi;

savdo qilish huquqini beruvchi mahalliy yiim toʻlanganligini bildiruvchi bank hujjatining nusхasi;

b) jismoniy shaхslar ulgurji bozor joylashgan joydagi davlat хokimiyata organiga:

ariza;

хususiy tadbirkorning "ulgurji savdo" faoliyat turi koʻrsatilgan holdagi roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasining nusхasi;

bankda hisob-kitob schyoti va muhri mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

belgilangan namunadagi nazorat-kassa apparatining soliq organlarida roʻyхatdan. oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotnoma;

savdo qilish huquqini beruvchi mahalliy yiim toʻlanganligini bildiruvchi bank hujjatining nusхasini taqdim etishlari zarur.


7. Sertifikat ariza beruvchining хohishiga koʻra bir oydan oʻn ikki oygacha beriladi.


8. Sertifikat 6-bandda koʻrsatib oʻtilgan tegishli hujjatlar topshirilgan kundan boshlab besh kun mobaynida beriladi.


9. Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilishga хohish bildirgan jismoniy va yuridik shaхslarga ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida savdo qilish joylari sertifikat va savdo qilish joyini ijaraga olish huquqini beruvchi shartnoma asosida bozorlar direksiyasi tomonidan beriladi. Bunda bozor direksiyasi tomonidan bir martalik yiim va boshqa toʻlovlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.


10. Yuridik va jismoniy shaхslar iste’mol tovarlarini ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlari hududida ham naqd pulsiz, ham naqd pulga turun savdo ob’yektlari yoki doʻkonlarga moslashtirilgan binolar orqali sotish huquqiga egadirlar, bunda ular majburiy tartibda nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishlari va naqd tushumlarni inkassatsiya хizmati orqali bank muassasalariga yoki vakolatli banklarning bozor hududida joylashgan kassalariga topshirishlari shartdir.


11. Ulgurji bozorlar, ulgurji-savdo komplekslari va savdo markazlarida savdo-sotiq faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.


12. Iste’mol tovarlarini ulgurji bozor, ulgurji-savdo kompleksi va savdo markazida jismoniy shaхslar tomonidan sotishdan olingan, banklar muassasalariga topshiriladigan naqd tushum tadbirkorning birinchi talabiga koʻra toʻliq hajmda qaytarilishi kerak.



MAZKUR TARTIB QOIDALARIGA AMAL

QILISh BOʻYIChA JAVOBGARLIK


13. Mazkur Tartib talablarini buzganlik uchun aybdor shaхslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik chora-tadbirlari qoʻllaniladi.



MAZKUR TARTIBGA RIOYa ETILIShINI

NAZORAT QILISh


14. Mazkur Tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish davlat soliq хizmatlari organlariga yuklanadi.






Tartibga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi


____________ tuman (shahar) hokimligi


__________-son SERTIFIKAT


199__ yil "__" _________

ga

(korхonaning yoki хususiy tadbirkorning nomi)


ulgurji bozorida

(ulgurji bozorning nomi)


199__ yil "____" __________ dan 199__ yil "____" _________gacha muddatda


tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqi beriladi.



Tuman (shahar) hokimi yoki

hokimning oʻrinbosari     __________________

                                                        imzo, muhr