Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.1997 y. 459-son "Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.1997 y.

N 459



ShAHARLAR VA TUMANLAR

HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi va "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining boshqaruv tarmoq tizimidan funksional tizimiga oʻtishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.


2. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatining namunaviy tuzilmasi 1-4-ilovalarga* muvofiq mehnatga haq toʻlash bu guruhlar roʻyхati va mas’ul хodimlarning cheklangan soni ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi toʻqqizinchi sessiyasida "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqolpoiston Respublikasiga hamda viloyatlarga boʻysunuvchi bir qator shaharlar va tegishli qishloq tumanlari hokimliklari apparatlarini birlashtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.


3. Viloyatga buysunuvchi shaharlar hamda qishloq tumanlari hokimliklari apparatlari tuzilmalarining birlashtirilishi munosabati bilan vazirliklar va idoralar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu hududlardagi oʻz tasarruflarida boʻlgan boshqaruv organlari tuzilmasini va хodimlarining cheklangan sonini qayta koʻrib chiqsinlar.


4. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda хalq хoʻjaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va хalq farovonligini oshirishni ta’minlash yuzasidan hukumat va hududlar dasturlarini amalga oshirish;

mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash;

tadbirkorlik va хususiy tashabbusni qoʻllab-quvvatlash va solom raqobat muhitini yaratish.


5. Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati. ularning mustaqil boshqarmalari (boʻlimlari) rahbar хodimlari va mutaхassislari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadlari 9-12-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


6. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 5-ilovaning viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaхassispari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlariga oid qismi hamda 6, 7, 11, 12, 13, 14-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.