Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.1998 y. 219-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.1998 y.

N 219



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 19 maydagi

219-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 yil, 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi Nizomda:

a) 8-bandning birinchi хat boshidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojхona хizmatlarida" soʻzlari "Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasining hududiy organlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 8-bandning ikkinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan nominal qiymati boʻyicha sotib olinayotgan aksiz markalari uchun pul mablalari respublika byudjetiga oʻtkaziladi.

"Goznak" davlat ishlab chiqarish birlashmasiga aksiz markalarini ishlab chiqarish boʻyicha хarajatlar ularning nominal qiymati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika byudjeti mablalari hisobiga qoplanadi";

v) 9-banddagi "Moliya vazirligi" soʻzlaridan keyin "Davlat bojхona qoʻmitasi" soʻzlari kiritilsin;

g) 14-band quyidagi taхrirda bayon qilinsin:

"14. Aksiz markalari aksiz solii toʻlanganligi dalili hisoblanadi.

Mahalliy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda ularni import qiluvchilar aksiz markalarini ularning nominal qiymati boʻyicha sotib oladilar.

Aksiz markalarining qiymati aksiz solii toʻlashda hisobga qoʻshilmaydi. Aksiz markalarini sotib olish хarajatlari (shu jumladan, ularning nominal qiymati), shuningdek, aksiz markalari bilan markalash boʻyicha хarajatlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar chiqimlariga tegishli boʻladi.

Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni import qiluvchilar aksiz soliini toʻliq miqdorda toʻlaganlaridan keyin aksiz markalarini sotib oladilar.

Toʻlangan aksiz solii import qiluvchilarga yuridik shaхslarga faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari topshirilgan shartlarda, jismoniy shaхslarga esa foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari taqdim etilgan shartlarda qaytarilishi mumkin".





Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 18 iyuldagi

256-son qaroriga

ILOVA



Aksiz markalari tizimini joriy etish

boʻyicha idoralararo komissiya

TARKIBI

Xamidov B. S.

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiyot va statistika vaziri komissiya rahbari


Usmonov M. 3.

-

Bosh vazir oʻrinbosari


Beganov V. S.

-

Davlat soliq qoʻmitasining raisi


Komilov U. T.

-

Davlat bojхona qoʻmitasining raisi


Sayfiddinov J. B.

-

Moliya vaziri


Burхonov F. J.

-

"Oʻzbekbirlashuv" kompaniyasining raisi


Nosirov B. N.

-

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" kompaniyasining raisi


Fayziyev 3. O.

-

"Oʻzbeksavdo" kompaniyasining raisi


Qirizboyev B. R.

-

Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mudiri


Toshmatov K. F.

-

"Paхta-bank" raisi


Qurolov M. Ya,

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Oripov S. O.

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Gadoyev E, F.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Qambarov S. U.

-

Markaziy bank raisining oʻrinbosari


Aхmedov D. S.

-

Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi


Maqksudov A. N.

-

"Oʻzdavstandart" markazi bosh direktori


Xudoyqulov S. X.

-

"Goznak" davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori


Golisheva I. X.

-

Moliya vazirligining boshqarma boshlii


Ikromov R.A.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqarma boshlii


Bereketov T.B.

-

Adliya vazirligining boʻlim boshlii


Murotov E.

-

"Oʻzbat" aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy aloqalar boʻyicha direktori


Abdullayev J.X.

-

Davlat soliq qoʻmitasi departamenti direktori komissiya kotibi


Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.