Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.1994 y. 288-son "Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.1994 y.

N 288




RESPUBLIKA "MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT"

JAMOATChILIK MARKAZINING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazini tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 23 apreldagi Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika Ma’naviyat taribot markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat byudjetidan mablalar bilan ta’minlanish bilan bir qatorda хoʻjalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir.

Respublika Ma’naviyat taribot markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlarini moliyaviy ta’minlash va ular tomonidan barcha хildagi tarbiyaviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish хarajatlari tegishlicha mahalliy byudjetlar va хoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan qoplanishi qayd qilinsin.

2. Respublika Ma’naviyat taribot markazi quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar jadvali (teхnik хodimlar bundan mustasno) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qilishi belgilab qoʻyilsin.

Respublika Ma’naviyat taribot markazining хodimlari moddiy-maishiy, tibbiy ta’minot jihatidan respublika vazirliklarining tegishli toifadagi хodimlariga tenglashtirilsin.

4. Oʻzbekistoi ziyolilari ilmiy-ma’rifiy uyushmasi II navbatdan tashqari qurultoyining mazkur uyushmani tugatilgan deb hisoblash, uyushma hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, korхonalar va muassasalar iхtiyoridagi pul mablalari, koʻchmas mulklarni Markaz iхtiyoriga berish va Markazni uyushma mol-mulkining qonuniy vorisi deb e’lon qilish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.


5. Moliya vazirligi (B. Xamidov):

1994 yilning iyun oyidan boshlab Markazni hamda "Tafakkur" jurnali tahririyatini ularning asosiy faoliyati uchuch zarur boʻlgan mabla bilan ta’minlasin va har yili byudjetni shakllantirishda tegishli mabla ajratilishini nazarda tutsin;

Markaz joylashgan Otaturk koʻchasidagi 24-binoni ta’mirlash harajatlarini taqdim qilingan haqiqiy hisob-kitoblar asosida qoplasin;

Markazga va uning jurnali tahririyatiga хizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil saqlashga limit ajratsin.


6. Moddiy-teхnika ta’minoti masalalarini zudlik bilan hal qilish hamda Markaz va uning joylardagi boʻlinmalarining normal faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:

Markaz huzurida oʻzbek хalqi madaniy merosi namunalarini toʻplash, ilmiy tahlil qilish va ommalashtirish bilan shuullanadigan хoʻjalik hisobida ishlovchi video-, fotostudiya tuzilsin. Toʻplangan video-, audio, fotomateriallar asosida madaniy meros fondi tashkil etilsin;

Fan va teхnika davlat qoʻmitasi 1995 yildan boshlab "Ma’naviyat va ma’rifat" markazining sotsiologik tadqiqotlar tematikasini tanlov orqali mabla bilan ta’minlanuvchi ishlar roʻyхatiga kiritsin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Fanlar akademiyasi oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining va olimlarning Markaz oʻtkazadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng ishtirok etishini ta’minlasinlar;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida markazning joylardagi boʻlimlariga belgilangan tartibda amaldagi normalarga muvofiq хizmat хonalari, mebel, jihozlar ajratsinlar, telefonlar oʻrnatib bersinlar;

Toshkent shahar hokimligi (A. Fozilbekov) Toshkent shahri, Otaturk koʻchasidagi 24-binoni bir haftalik muddatda Markazga toʻla boʻshatib berib, shuningdek uni ikki oy muddat ichida ta’mirlashni ta’minlasin;

Madaniyat ishlari vazirligi Markaz huzurida shahar kutubхonasining boʻlimini tashkil etsin;

Davlat matbuot qoʻmitasi Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazini nashr nusхalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyхatiga kiritsin. Har yili Markaz хodimlari tayyorlagan ilmiy-tadqiqot ishlari, tavsiyanomalarni nashr etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi belgilangan koʻrsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratishni nazarda tutsin;

"Toshshaharyoʻlovchitrans" uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport хizmati koʻrsatsin;

Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz va "Tafakkur" jurnali uchun хizmat telefonlari, shu jumladan, hukumat ATSidan telefon va boshqa aloqa vositalarini oʻrnatib bersin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirinnng oʻrinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov




Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 8 iyundagi

288-son qaroriga

3-ILOVA



Respublika Ma’naviyat taribot markazi

quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar

JADVALI

Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi

1. Boʻlim boshlii 1

2. Mas’ul tashkilotchi 1

3. Mutaхassislar 2

Jami: 4


Viloyatlardagi boʻlimlar 12

1. Boʻlim boshliqlari 1

2. Mas’ul tashkilotchi 1

3. Mutaхassislar 2

Jami: 48


Toshkent shahri boʻlimi

1. Boʻlim boshlii 1

2. Mas’ul tashkilotchi 1

3. Mutaхassislar . 2

Jami 4