Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 84-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-38-son, Markaziy banki boshqaruvining 32/4-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 04.10.2010 y. Qarori (AV tomonidan 13.10.2010 y. 2148-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.10.2010 y.

N 2148

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

04.10.2010 y.

N 84


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

04.10.2010 y.

N 2010-38


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

04.10.2010 y.

N 32/4


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining

ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz

kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2010 yil 23 oktyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son, 232-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining 1998 yil 3 iyundagi 04-01-02/386, 98-75, 76-V-son "Qimmatli qoozlar bilan boliq boʻlgan operatsiyalarni soliqqa tortish tartibi toʻrisida"gi tushuntirishi (roʻyхat raqami 449, 1998 yil 30 iyun);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 25 iyundagi 68, 2007-38, 291-V-son "Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan byudjetga soliqlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1701, 2007 yil 9 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 31-32-son, 339-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 358-modda.