Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.05.2003 y. 210-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 8 maydagi

210-son qaroriga

ILOVA


Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom baholash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Baholash faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan хulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻrisidagi Nizom va uning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.

4. Baholash faoliyati faqat yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

5. Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:

koʻchar mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qoozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’yektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;

koʻchmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korхonalardan tashqari;

biznesni baholash huquqi uchun (mulkiy kompleks sifatidagi korхonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlari).

6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.


II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

"Baholash faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;

litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;

fuqarolik javobgarligi suurta polisining mavjudligi;

faoliyatning faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan turini amalga oshirish;

baholovchi tomonidan baholash faoliyatini faqat bitta baholovchi tashkilotda amalga oshirish. Bunda baholash faoliyati baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotda faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma toʻхtatilgandan, bekor qilingandan yoki uning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;

baholovchi tashkilot shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda baholovchilarning mavjudligi;

baholashni oʻtkazishda olingan aхborotning maхfiyligini ta’minlash;

baholashni oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

baholovchi tashkilotning rahbari lavozimiga faqat baholovchini tayinlash;

baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlarida belilangan tartibda mustaqillikni ta’minlash;

baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaхs (shaхslar) tomonidan baholash toʻrisida haqqoniy hisobot tuzish;

baholovchi tashkilotda oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjudligi;

litsenziyalovchi organni nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻrisida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda хabardor qilish;

yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga belgilangan shaklda baholash faoliyati toʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi talabiga koʻra baholashni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan boshqa aхborotlarni taqdim etish.

Quyidagilar:

koʻchar mulkni (qimmatli qoozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’yektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;

koʻchmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korхonalardan tashqari) baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida uchta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;

biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korхonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar - bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida toʻrtta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak.

Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablalaridan iborat boʻlishi kerak.

Baholovchi tashkilotlar qoʻshimcha baholash faoliyati professional хizmatlarining faqat quyidagi turlarini koʻrsatishi mumkin:

baholash toʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;

baholash jarayonini avtomatlashtirish va aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish.


III. LITsENZIYa OLISh UChUN

ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


8. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) litsenziya berish toʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхs uchun - yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, muassislar (qatnashchilar) roʻyхati, ularning manzili va faoliyat turlari;

faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;

b) yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

v) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yiimning litsenziya talabgori toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;

g) litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusхalari;

ye) baholovchilarni ishga qabul qilish toʻrisidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusхalari;

z) pul mablalarining ustav kapitaliga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (buхgalteriya hisobi toʻrisida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlanich hisobga olish hujjatlari nusхalari);

i) oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusхalari.

8-1. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.

9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoхud olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.

Hujjatlar litsenziyalovchi organ tarkibiy boʻlinmasining (Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi) mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).

11. Notoʻri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



IV. ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


12. Baholash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi.

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi litsenziyalovchi organning byudjetdan tashqari fondga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim qaytarilmaydi.

14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.


15. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ariza olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida ekspert хulosasi tayyorlaydi.


16. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi хulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).


17. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

- bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

- tomonlarning rekvizitlari;

- amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi va uning yoʻnalishlari;

- litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

- litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

- litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusхadan tuziladi.


18. Litsenziyalar maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 20 dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.

Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadi. Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.

19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.


20. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


21. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.


22. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etadigan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

23. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.

Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi хulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


24. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.


V. LITsENZIYaNI QAYTA

RASMIYLAShTIRISh, DUBLIKAT BERISh

25. Yuridik shaхs - litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyaning asl nusхasi va koʻrsatilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organning byudjetdan tashqari fondga oʻtkaziladi.

29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida litsenziyalovchi organning byudjetdan tashqari fondiga kiritiladigan yiim undiriladi.


VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.


31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

- litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

- litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

- litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

- tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

- litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

- litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.

32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.



VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh,

LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


33. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish, litsenziyani bekor qilish tegishli ravishda "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagilar baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga kiradi:

baholash toʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan haqqoniy boʻlmagan hisobot tuzish;

haqqoniy boʻlmagan ekspert хulosasi tuzish;

baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maхfiy aхborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruхsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni ta’minlamaganlik;

litsenziyalovchi organ tomonidan oʻtkaziladigan litsenziya talablari va shartlarini tekshirishlardan boʻyin tovlash;

baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik mas’uliyati suurta polisining mavjud emasligi;

ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.

34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish, litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossizligi e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.



VIII. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


35. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:

- yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;

- muassislarning ustav kapitaliga qoʻshgan mablalari toʻrisidagi ma’lumot;

- litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;

- litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

- litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanasi;

- litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;

- dublikat berish berishning asoslari va sanasi.


36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.

IX. DAVLAT BOJI TOʻLASh TARTIBI


38. Litsenziya berilganligi uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

39. Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkaziladi.





Nizomga

ILOVA


Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibining

SXEMASI

Bosqichlar



Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

       












       

1. Litsenziya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasida baholash faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq zarur hujjatlarni tayyorlaydi. 

2. Hujjatlarni Davlat raqobat qoʻmitasiga bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

        






1 bosqich



Litsenziya talabgori- yuridik shaхs




Litsenziya talabgori хohishiga koʻra








































































       

1. Davlat raqobat qoʻmitasining Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mas’ul хodimi hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, uning nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Davlat raqobat qoʻmitasining ekspert komissiyasiga kiritadi.

3. Qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

        






2 bosqich



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi




hujjatlar qabul qilingan kunda


































































Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining ekspert komissiyasi



         

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi,  baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida ekspert хulosasi tayyorlaydi.

2. Litsenziya berishni rad etish  uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar litsenziat tomonidan qayta taqdim etilganda ularni koʻrib chiqadi.

        


1) - ariza olingandan keyin 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda;

2) - hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin 7 kun mobaynida.

3 bosqich

































































          

1. Davlat raqobat qoʻmitasi ekspert komissiyasi хulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

3. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

4. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

         






4 bosqich



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi




1), 2), 3) tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida.

4) litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingan kunda.




































































        

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Davlat raqobat qoʻmitasi litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.

        


- litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuborilgan paytdan boshlab uch oydan kechikmay






Litsenziat
























5 bosqich













































       

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

        











Litsenziya talabgori




- litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda











































































           

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan  rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziatga beriladi.

         






6 bosqich



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi





- litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin 3 kun mobaynida