Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.1995 y. 109-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.04.1995 y.

N 109



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSINING

NIZOMI TOʻFRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Fanlar akademiyasining Umumiy majlisida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Akademiyaning barcha tuzilmalarida Ustav talablarini bajarishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlarni 10 kun muddatda amalga oshirsin.


3. Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Fanlar akademiyasida amalga oshiriladigan fundamental ilmiy tadqiqotlarni ushbu tadqiqotlarga byudjet tomonidan yoʻnaltiriladigan mablalarni bevosita Akademiyaga ajratish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasining Akademik fondini, asosan byudjetdan tashqari tushumlarni uning mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilagan holda, tashkil qilish toʻrisida;

akademik fanning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻrisida;

Fanlar akedemiyasining ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatidan soliq olish tizimini takomillashtirish toʻrisida takliflar tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi toʻrisida" 1992 yil 14 avgustdagi 382-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1995 y., N 4, 12-modda.