Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 61-son, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 8-son, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 12-son “Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida” 07.07.2015 y. qarori (AV tomonidan 09.07.2015 y. 1292-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.07.2015 y.

N 1292-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

07.07.2015 y.

N 61


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TABIATNI MUHOFAZA QILISh

DAVLAT QOʻMITASINING

07.07.2015 y.

N 8


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI

VAZIRLIGINING

07.07.2015 y.

N 12

       

QARORI



Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan

foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va

uni undirish tartibi toʻrisidagi nizomning

8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 fevraldagi PQ-2125-son "Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 2003 yil 6 noyabrdagi 125, 02-1212 va 01/22-142-son qarori (roʻyхat raqami 1292, 2003 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2003 y., 24-son) bilan tasdiqlangan Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandi "b" kichik bandidagi "Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi" degan soʻzlar "Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 13 iyul, 27-son, 362-modda