Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2015 y. 189-son “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.2015 y.

N 189



QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY

LOYIHALAR BOʻYIChA YaKKA TARTIBDAGI

UY-JOY QURILIShI DOIRASIDA ISLOM

TARAQQIYoT BANKINING JALB ETILGAN

MOLIYaVIY MABLALARIDAN FOYDALANISh,

ULARGA XIZMAT KOʻRSATISh VA ULARNI

QAYTARISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻrisida" 2015 yil 7 yanvardagi PQ-2282-son qarorini ijro etish yuzasidan va Vazirlar Mahkamasining "2015 yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016 yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻrisida" 2015 yil 13 martdagi 60-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablalaridan foydalanish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazirning oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 10 iyuldagi

189-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2013 yil 1 maydagi 116-son qarori 4-bandining "d" kichik bandi uchinchi хatboshidagi "хarajatlarni qoplashga" soʻzlari "хarajatlarni qoplashga (zararlarni kompensatsiya qilishga)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "2015 yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016 yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻrisida" 2015 yil 13 martdagi 60-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Osiyo taraqqiyot banki mablalari hisobiga 2015 yilda moliyalashtirish

uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi

turar joy sonini ishtirok etuvchi tijorat banklar oʻrtasida

TAQSIMLASh

            

T/r

Tijorat banklari nomi


Turar joylar soni



1.

"Qishloq qurilish bank" ATB


5571


2.

TIF milliy banki


2280


3.

"Ipoteka-bank" ATIB


3049


JAMI


10900

".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 20 iyul, 28-son, 369-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 7-son, 59-modda