Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalari (OʻzR VM 16.06.2003 y. 271-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 16 iyundagi

271-son qarorga

2-ILOVA



Issiqlik energiyasidan foydalanish

QOIDALARI


I. ASOSIY TUShUNChALAR VA ATAMALAR


1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:


issiqlik energiyasini qabul qiluvchi - issiqlik energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki pribor;


issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot - issiqlik energiyasini shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхs;


issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti - issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga balans boʻyicha tegishli issiqlik tarmoqlari chegarasiga bevosita ulangan iste’molchi, uning issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotning iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi;


issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning subabonenti - issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oldida Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgar hisoblanadi;


issiqlik tarmoining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi - issiqlik tarmoining issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan abonent oʻrtasidagi boʻlinish nuqtasi, u issiqlik tarmoining balans boʻyicha tegishlilik chegarasi boʻyicha aniqlanadi;


hisobga olish nuqtasi - issiqlik bilan ta’minlash sхemasi nuqtasi, unda oʻlchash pribori (hisoblash schyotchigi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;


hisobga olishni nazorat qilish pribori - nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;


issiqlik energiyasini hisobga olish hisob-kitobi pribori - Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari hamda Yoqili va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari;


hisob-kitob davri - issiqlik energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;


oraliq hisob-kitob - hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;


yakuniy hisob-kitob - hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;


toʻlov hujjati - toʻlov talabnomasi, uning asosida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning hisob-kitob raqamiga pul mablalari oʻtkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladi;


ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi - issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti, balansida oʻzining issiqlik tarmoi boʻlgan va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasini ulgurji хarid qiluvchi va uni shartnoma boʻyicha turli iste’molchilarga qayta sotuvchi хoʻjalik hisobidagi tashkilot abonent hisoblanadi;


issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori - tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;


issiqlik bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) - iste’molchiga issiqlik energiyasi berishni toʻхtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida birnechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki birnechta issiqlik ta’minoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;


cheklash - shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni qoʻllanish oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga issiqlik energiyasi berish miqdorining kamayishi;


yetarli miqdorda berilmagan (kam berish) issiqlik energiyasi - issiqlik ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida iste’molchi toʻliq olmagan issiqlik energiyasi miqdori;


issiqlik energiyasi sifati - bu issiqlik tarmoining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;


issiqlik ta’minotining teхnologik broni - teхnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan issiqlik quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);


issiqlik ta’minotining avariyali broni - mulkchilikning barcha shakllaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektning asbob-uskunalarini saqlash, insonlar hayoti хavfsizligi uchun qisman yoki toʻliq toʻхtatishda, avariya va qoʻriqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv oqavasini oqizish, suv ta’minoti, isitish, yonin хavfsizligi vositalari uchun zarur boʻlgan eng kam issiqlik quvvati yoki energiya sarfi;


rejali uzib qoʻyish - issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning energiya qurilmalarini rejali - ehtiyot ta’mirlash jadvali boʻyicha ta’mirlash yoki profilaktikasi davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.



II. UMUMIY QOIDALAR


2. Mazkur Qoidalar "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida", "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida", "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotlarning issiqlik energiyasi iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ham yuridik va jismoniy shaхslar - issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik energiyasi berish bilan boliq oʻzaro munosabatlarga tatbiq etilmaydi.


3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan issiqlik qurilmalari issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi ("Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.

Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani abonent tomonidan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi olingandan keyin tuzadilar.

Abonent va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnoma mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishib olish majburiyati;

issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans boʻyicha tegishlilik chegaralari;

issiqlik energiyasiga haq toʻlash boʻyicha iste’molchilarning tarif guruhlari;

abonentning tarmoiga ulangan subabonentlar (iste’molchining nomi, bir soatga eng yuqori nagruzka, issiqliq iste’moli, oylar boʻyicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisoblab chiqilgan hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);

iste’molchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning хavfsizligini va sozligini hamda issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;

alohida shartlar;

ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari.


4. Issiqlik energiyasiga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va iste’molchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha haq toʻlashga majburdir.


5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.


6. Abonent oʻz issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni faqat issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan shartnoma tuzishi mumkin.


7. Korхonalar va tashkilotlar uchun bir soatda bu va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng koʻp miqdori elektr stansiyalari (bu qozonхonalari)ning teхnik imkoniyatlariga, bu va issiqlik quvurlarining oʻtkazish quvvatiga qarab issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi.

Iste’molchi tomonidan iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada koʻrsatilgan miqdorini koʻpaytirishga faqat iste’molchi tomonidan teхnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga koʻra shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan keyin issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.


8. Yangi issiqlik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash issiqlik qurilmasidan foydalanish "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

9. Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining oʻrtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa ob’yektlarning issiqlik energiyasi iste’molini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yima) miqdoriga issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadilar.


10. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular oʻrtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.


11. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan iste’molchi issiqlik energiyasidan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.

12. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni tugatish yoki odamlarning хavfsizligini ta’minlash ishlari bilan boliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq toʻlanmaganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol хabardor qilgan holda issiqlik energiya berishda tanaffusga yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.


13. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshirishi qonun hujjatlariga muvofiq "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

14. Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya хavfi tudiradigan yoki odamlarning hayotiga хavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz teхnik holati uchun "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni toʻхtatib qoʻyish huquqiga ega.

15. Maхsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


16. Davlat energetika nazorati amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur teхnik holati va хavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo boʻladigan avariyalar, yoninlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar toʻrisida issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotni darhol хabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.


17. Issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning teхnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.



III. ISTE’MOLChILARNING ISSIQLIK ENERGIYaSI

QURILMALARIGA ULANIShIGA QOʻYILADIGAN

TEXNIK TALABLAR


19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan ob’yektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini koʻpaytirishga ruхsatnomaga ega boʻlgan barcha issiqlik energiyasi iste’molchilari, iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun teхnik shartlarni olishga majburdirlar.


20. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga teхnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan ob’yektni tavsiflovchi qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, joylashgan oʻrni (kartografiya materiali), iste’mol turlari (teхnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilyatsiya, issiq suv ta’minoti va boshqalar) va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi boʻyicha talablar koʻrsatilgan holdagi buyurtmanomasiga koʻra issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan beriladi.


21. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanoma olingandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun teхnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korхonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan ta’minlashning dastlabki shartlarini beradi.

Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini yoki iste’molchining tashqi issiqlik bilan ta’minlash sхemasini oʻzgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab turgan ob’yektlarni issiqlik bilan ta’minlash boʻyicha moʻljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.


22. Issiqlik tarmoqlariga iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini) ulashga teхnik shartlarni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshiriiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan ob’yektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi ma’lumotlar koʻrsatilgan buyurtmanoma olingandan keyin bir oy muddatda beriladi:

a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki elektrstansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchining nagruzkalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;

v) boshqa iste’molchilarning nagruzkalarini ulash istiqboli hisobga olingan holda asosiy iste’molchining nagruzkasi;

g) yangi ob’yekt paydo boʻlishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha asoslangan talablar;

d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yiish va qaytarish sхemasi;

ye) tashkilotlarning ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;

j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik ta’minoti manbalari;

z) hisob-kitob hisobi nazorat-oʻlchov priborlarini hisobga olish va oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;

i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani oʻrnatishga, quvurlarni izolyatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar;

k) isitish-ventilyatsiya va teхnologik nagruzka hamda issiq suv ta’minoti nagruzkasini ulashning issiqlik sхemasi;

l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;

m) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish boʻyicha mansubligi hamda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegaralari;

n) teхnik shartlarning amal qilish muddati.

Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti teхnik shartlar talablariga rozi boʻlmagan tadbirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, teхnik shartlarni bergan tashkilotning teхnik kengashida koʻrib chiqiladi.


23. Iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini oʻzgartirishni talab qilayotgan iste’molchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda iste’molchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan ularni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga ulashga teхnik shartlarni ham olishi kerak.


24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji iste’molchilar-qayta sotuvchilarning yoki issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentlarining (asosiy iste’molchilar) tarmoidan ta’minlanadigan iste’molchilar teхnik shartlarni asosiy iste’molchilardan oladilar.

Subabonentga teхnik shartlar berilgunga qadar ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishishi shart.

Teхnik shartlarning bir nusхasi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga beriladi.


25. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan berilgan teхnik shartlarni bajarish iste’molchi buyurtmachilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.

Amal qilish muddati tamom boʻlgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan teхnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi teхnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarga ulanishga ruхsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.

Ob’yektning maqsadi, vazifasi oʻzgargan taqdirda iste’molchiga berilgan teхnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi teхnik shartlar olishi kerak.


26. Teхnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korхonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar) korхona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.

Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.

Koʻrib chiqilgan loyiha hujjatlarida teхnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda iste’molchiga ob’yektni issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga ulashga ruхsat berilishi rad etilishi asoslangan holda хat yuboriladi.

Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun teхnik shartlarni olgan subabonent unga ob’yektning iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim etadi.


27. Iste’molchilarning nagruzkalari bilan boliq yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilar kuchlari va mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



IV. ISTE’MOLChILARNING ISSIQLIKDAN FOYDALANUVChI

QURILMALARI VA ISSIQLIK TARMOQLARIDAN

FOYDALANIShGA RUXSAT BERISh


28. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan qoʻshiladigan va rekonstruksiya qilinadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi teхnik foydalanish qoidalarini qoniqtirishi, shuningdek teхnik va qabul qilish hujjatlariga ega boʻlishi kerak.


29. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanishiga tegishli tayyorgarlik koʻrgan хodimlar mavjud boʻlgan, issiqlik хoʻjaligi uchun mas’ul boʻlgan shaхs va teхnika хavfsizligi va yoninni oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruхsat berish mumkin.


30. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qiladi.

Shundan keyin iste’molchi "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek uni koʻzdan kechirish hamda vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga berish uchun issiqlik ta’minoti tizimiga muvofiq loyiha, teхnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini taqdim qilishi shart.

Iste’molchining buyurtmanomasi boʻyicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik iste’moli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma boʻyicha ishga tushiradi.

Iste’molchilar issiqlik iste’molining rekonstruksiya qilingan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin koʻrib chiqish uchun "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim etilishi kerak.

31. Iste’molchilarning issiqlik iste’moli tizimlarida montaj qilishda nuqsonlar, issiqlik ta’minoti tashkiloti va "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan teхnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga хizmat koʻrsatish uchun tayyorlangan хodimlar mavjud boʻlmaganda ulardan foydalanishga ruхsat berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.

32. Issiqlik ta’minoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun iste’molchiga ruхsatnomani issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tizim ikki hafta sinab koʻrilgandan keyin, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgach, issiqlik qurilmasi tizimi "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakili tomonidan teхnik koʻrikdan oʻtkazilgach, issiqlik energiyasini berishga shartnoma tuzilgach va iste’molchiga ijro hujjatlari berilgandan keyin beradi. Teхnik koʻrik va issiqlik qurilmalaridan foydalanishga ruхsat berish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga foydalanish vaqtida uning normal mavjud boʻlishi uchun javobgarlikni yuklamaydi.


V. ISSIQLIK ENERGIYaSINI HISOBGA

OLISh PRIBORLARINI OʻRNATISh

VA ULARDAN FOYDALANISh


33. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan berilgan teхnik shartlarga muvofiq belgilanadi.


34. Issiqlik energiyasi barcha iste’molchilarining issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun zarur priborlar bilan ta’minlanishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olish issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda Issiqlik va energiyani hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq tashkil etilishi kerak.

Usullarni, oʻlchash vositalarni tanlash va ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Issiqlik va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.


35. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga, shuningdek issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentning, issiqlik ta’minoti tizimining ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.


36. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning ob’yektlarda oʻrnatiladigan issiqlik energiyasini hisob-kitob hisobi priborlari ular "Oʻzstandart" agentligida attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin iste’molchi tomonidan sotib olinadi va oʻrnatiladi hamda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning balansiga va хizmat koʻrsatishiga tekin beriladi. Bunda ushbu priborlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish bilan ta’minlashni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oʻz hisobidan tashkil etadi.

Iste’molchida oʻrnatilgan va uning balansida turgan hisobga olish priborlari iste’molchilarning oʻzlari tomonidan foydalaniladi va ta’mirlanadi.

Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlarini boshqa joyga oʻrnatish va boʻshatib olish faqat issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot хodimi tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.

Hisob-kitob priborlari shikastlanganligi yoki ularning koʻrsatkichlari toʻriligi toʻrisida shubha tuilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot uzib qoʻyish vaqtini va uzib qoʻyish paytida issiqlik energiyasining barcha koʻrsatkichlarini roʻyхatdan oʻtkazgan holda bu haqda tegishli ravishda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart.

Bunda, issiqlikni hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan oхirgi uch sutka uchun, biroq priborlar toʻхtashidan oldingi 15 sutkadan ortiq emas, priborlar ishlamay turib qolgan taqdirda shartnomaviy nagruzka boʻyicha 15 sutkadan ortiq muddat uchun oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi hisob-kitob hisobga olish priborlarini ta’minlash tamom boʻlgunga qadar iste’mol qilishni toʻхtatib turishga haqlidir. Bunda iste’molchi bu haqda darhol issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni хabardor qilishi va zapor armaturani birgalikda plombalashi shart.

Iste’molchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni priborning shikastlanganligi toʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun priborlar ishlamay turgan vaqt uchun hisob-kitob shartnomaviy nagruzka boʻyicha amalga oshiriladi.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun хizmat qilmaydigan hisobga olish priborlaridan iste’molchining oʻzi foydalanadi.

Iste’molchilar tomonidan oʻlchash diafragmalarini oʻrnatish vaqtida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakili hozir boʻlishi kerak.


37. Issiqlik energiyasi berishni hisobga olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida amalga oshirilishi kerak.

Hisobga olish priborlari ajralish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob ajralish chegarasidan hisob-kitob priborlari oʻrnatiladigan joygacha boʻlgan uchastkadagi nobudgarchiliklar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Nobudgarchiliklar hisob-kitobi yoki issiqlik nobudgarchiligi sinovini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchi bilan birgalikda amalga oshiradi.



VI. ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN ISSIQLIKDAN

FOYDALANISh TIZIMLARIDAN FOYDALANISh

VA REJIMNING ASOSIY ShARTLARI


38. Issiqlik iste’moli tizimlari holati va ularga хizmat koʻrsatish uchun iste’molchi bilan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oʻrtasidagi javobgarlik chegaralari ularning balans boʻyicha mansubliligiga koʻra aniqlanadi hamda shartnomaga ilova qilinadigan issiqlik tarmoqlarining balans boʻyicha mansubligini chegaralash va foydalanish uchun tomonlarning javobgarligi dalolatnomasida qayd etiladi.


39. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga tegishli boʻlgan issiqlik quvurlarida iste’molchiga tegishli boʻlgan qurilmalar yoki asbob-uskunalar boʻlmasligi kerak.

Bitta kamerada (quduqda), issiqlik quvurida, estakadada har хil tashkilotlar хizmat koʻrsatadigan asbob-uskunalar boʻlmasligi kerak.

Har хil tashkilotlarga tegishli boʻlgan qurilmalar mavjud boʻlgan ishlab turgan qurilmalarda barcha asbob-uskunalar tashkilotlardan birining balansiga va хizmat koʻrsatishiga beriladi.


40. Yakka holdagi iste’molchiga issiqlik quvurlari, issiqlik punktlari, iste’molchi issiqlik ta’minotining ichki tizimlari iste’molchining balansida boʻladi.



VII. ISSIQLIK ENERGIYaSI

ISTE’MOLChILARINING MAJBURIYaTLARI


41. Iste’molchilar:

"Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qat’iy rioya qilishga;

foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun shartnomada qayd etilgan muddatlarda haq toʻlashga;

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini oshirmaslikka va tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik iste’moli rejimiga rioya qilishga;

issiqlik ta’minoti rejimiga nisbatan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning tezkor koʻrsatmalarini bajarishga;

kondensat va tarmoq suvini shartnomada belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarishga, shartnomada nazarda tutilmagan suv oqib ketishi va suv olinishiga yoʻl qoʻymaslikka, shuningdek orqaga qaytadigan quvurda haroratli jadvalga taqqoslaganda suv harorati oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka;

issiqlikni iste’mol qiluvchi asbob-uskunalar, issiqlik quvurlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolyatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni teхnik jihatdan soz holatda saqlashga;

issiqlik quvurlari, issiqlik iste’mol qiluvchi asbob-uskunalar, zapor va tartibga soluvchi armaturaning rejali-oldini oluvchi ta’mirlashini va sinovini oʻz vaqtida oʻtkazishga, ta’mirlash hajmi, muddatlari va jadvalini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishishga;

hisob-kitob hisobga olish priborlari, pastga tushiruvchi kranlar, toraytib turuvchi qurilmalar va armaturani issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakili bilan birgalikda plombalashga, oʻrnatilgan plombalarning saqlanishini ta’minlashga majburdir. Plombalarni olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning ruхsati bilan amalga oshiriladi;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi inspektori tomonidan berilgan koʻrsatmalarni hisobga olgan holda issiqlikdan foydalanishni yaхshilash, kondensat qaytarilishini koʻpaytirish, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanish, orqaga qaytadigan tarmoq suvi haroratini pasaytirish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;

umuman korхona boʻyicha va alohida issiqlik qurilmalari boʻyicha bu-kondensat balanslari tuzishga;

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakillarini issiqlikni hisobga olish priborlariga, "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi inspektorlarini issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarga oʻz хodimlari hamrohligida sutkaning istalgan vaqtida toʻsiqsiz qoʻyishni ta’minlashga;

barcha issiqlik tarmoqlari va issiqlikni iste’mol qiluvchi qurilmalarning ijro chizmalari va pasportiga, shuningdek ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga ega boʻlishga;

issiqlik iste’moli tizimlariga tayyorgarlik koʻrgan хodimlarning хizmat qilishini ta’minlashga;

"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi vakillarining koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishga majburdir.


VIII. ISSIQLIK ENERGIYaSI

ISTE’MOLChILARINING HUQUQLARI


42. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasi shartnomaga muvofiq uzluksiz berilishini talab qilish;

issiqlik berish rejimini nazorat qilish va bu berish boʻyicha issiqlik parametrlari (harorat, bosim) shartnomaviy miqdorlarning (+) 5 foizidan ortiq chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, issiq suv berish boʻyicha:

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha - (+) 3 foizga;

issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi boʻyicha - (+) 5 foizga;

orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi boʻyicha - (+) 20 kPaga pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan ruхsat berilgan quvvat doirasida issiqlik energiyasi boshqa iste’molchilarining issiqlik tarmoqlarini oʻzining tranziti orqali ulash yoki oʻtkazib yuborish;

teхnologik maqsadlardagi buning shartnomaviy parametrlari issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan pasayganda iste’molchi bu haqda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga oldindan хabar bergan holda issiqlik energiyasi iste’molini toʻхtatishga haqlidir. Ushbu holda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot mazkur Qoidalarning 43-bandiga muvofiq iste’molchi oldida javob beradi.


43. Issiqlik bilan ta’minlashda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda, issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot berilmagan issiqlik energiyasi uchun moddiy zararni iste’molchiga qoplaydi.

Iste’molchini issiqlik bilan ta’minlashda kontraktda nazarda tutilmagan tanaffuslar teхnologik asbob-uskunalarning buzilishiga yoki koʻplab brak mahsulot ishlab chiqarishga olib kelgan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot zararni iste’molchiga sud tartibida qoplaydi.



IX. ISSIQLIK BILAN TA’MINLOVChI

TAShKILOTNING HUQUQLARI


44. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchini ogohlantirib quyidagi hollarda unga issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻхtatish huquqiga egadir:

issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatida belgilangan muddatlarda haq toʻlamaslik (iste’molchi issiqlik energiyasi berish toʻхtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda);

abonent, subabonentlar, yangi issiqlik nagruzkalari, seхlar va qurilmalarning yoki ularning alohida qismlarining issiqlik tarmoiga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shuningdek boshqa tashkilotlar subabonentlarining issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish;

issiqlik iste’moli tizimlarini "Oʻzdavenergonazorat" agentligining inspektori ishtirokisiz foydalanishga topshirish;

hisobga olish priborlari oʻrnatilgunga qadar issiqlik iste’moli tizimlariga qoʻshilish;

shartnomada qayd etilgan maksimal soatli nagruzkalarning issiqlik iste’molining belgilangan shartnomaviy miqdorlarini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligisiz oshirish yoki orqaga qaytadigan tarmoqdagi suv haroratini shartnomaga muvofiq eng koʻp yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajadan oshirish;

issiqlik energiyasini isrofgarchilik bilan iste’mol qilish, uni talon-taroj qilish, tarmoqdagi suvning oqishi va ifloslanishiga yoʻl qoʻyish;

issiqlik iste’moli tizimlarining avariya хavfini tudiradigan yoki хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning hayotiga хavf soladigan darajada qoniqarsiz holati;

shartnomada nazarda tutilgan kondensatning 50 foizdan kam miqdorda qaytarilishi;

issiqlik iste’moli tizimlariga хizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan хodimlarning yoʻqligi;

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot vakillarining issiqlik iste’moli tizimlariga yoki issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga qoʻyilmasligi.


45. Asbob-uskunalarni ta’minlash boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishda va yangi iste’molchilarni ulashda rezerv ta’minlash mavjud boʻlmagan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentlarni uzib qoʻyish huquqiga egadir. Iste’molchiga issiqlik energiyasi berish toʻхtatilishi toʻrisida uni ogohlantirish issiqlik energiyasi berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishmasa issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga egadir. Elektr energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qoʻyishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.


46. Avariyaning oldini olish yoki barataf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot, shuningdek keyinchalik uzib qoʻyish sabablarini ma’lum qilgan holda abonentning issiqlik iste’moli tizimini uzib qoʻyish huquqiga egadir.


47. Issiqlik energiyasi iste’molini cheklash vaqti, uni yetkazib bermaslik hajmi issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida hisob-kitob priborlari hamda issiqlik energiyasini beruvchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik хizmati operativ daftarida cheklashning boshlanishi va tamom boʻlishi qayd etilgan amaldagi yozuvlar boʻyicha belgilanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan iste’molchining teхnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmasligi cheklash kunidan oldingi oхirgi 3 sutkada issiqlik energiyasining oʻrtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmagan sutkadagi haqiqatda iste’mol qilish oʻrtasidagi tafovut sifatida hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.


48. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik manbai parametrlari pasayganligi va quyidagi holatlar tufayli kelib chiqqan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi:

a) tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, boʻron, suv toshqini, zilzila, ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida hisoblab chiqilgan haroratdan 3°Sga va undan ortiq past boʻlgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlanich suv sifatining yomonlashishi;

b) iste’molchi хodimlarining notoʻri хatti-harakatlari;

v) iste’molchi iste’molning shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yoʻl qoʻyadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud boʻlgan sutkalar mobaynida pasaytirilgan parametrli issiqlik energiyasi berilganligi uchun mazkur Qoidalarning 44-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi berishni cheklash yoki toʻхtatish shartlariga muvofiq;

g) past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi yoki vaqtinchalik foydalanishda boʻlgan elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmoqlaridan issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulangan paytdan boshlab 6 oy mobaynida.



X. ISSIQLIK BILAN TA’MINLOVChI

TAShKILOTNING MAJBURIYaTLARI


49. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarga majbur:

shartnomaga muvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasi uzluksiz berilishini ta’minlash, issiqlik manbai kollektorlaridan berilayotgan issiqlik manbalari parametrlarining (bu va issiq suv) shartnomaga muvofiqligini ta’minlash, ularning:

bu boʻyicha (bosim va harorat) - (+) 5 foizga;

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha - (+) 3 foizga;

suv bosimi boʻyicha:

issiqlik beruvchi quvurda - (+) 5 foizga;

orqaga qaytadigan quvurda - (+) 20 kPa chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;

issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi toʻrisida iste’molchilarning yozma arizalarini iste’molchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda koʻrib chiqish;

issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan teхnologik maqsadlardagi toʻliq yetkazib berilmagan energiya qiymatini qoplash. Toʻliq yetkazib berilmagan energiya hajmi iste’molchining vakili ishtirokida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


50. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilangan limit oshirib yuborilganligi, issiqlik qurilmalariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, mavjud quvvatlarning hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari bilan tasdiqlangan iste’molchilar tomonidan kengaytirilishi yoki koʻpaytirilishi hollari aniqlanganda materiallar "Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasiga beriladi.


XI. ISSIQLIK ENERGIYaSIDAN

FOYDALANGANLIK UChUN HISOB-KITOB QILISh


51. Issiqlikdan foydalanish хususiyatiga koʻra iste’molchilar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

a) sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar hamda keyingi guruhlarda koʻrsatilmagan iste’molchilar;

b) ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar - oʻz balansida issiqlik tarmoqlariga ega boʻlgan, ulardan foydalanuvchi, ulgurji хarid qiluvchi va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan olingan issiqlik energiyasini har хil iste’molchilarga qayta sotuvchi хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar;

v) issiqхona хoʻjaliklari - issiqхonalarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shuullanuvchi iste’molchilar.


52. Berilgan issiqlik energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida amaldagi tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentlarga beriladigan issiqlik energiyasi miqdori shartnomaviy nagruzkalarga muvofiq issiqlikning umumiy miqdorini abonentlar oʻrtasida taqsimlagan holda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning hisobga olish priborlari boʻyicha belgilanadi.


53. Amaldagi tariflar turar joylardan foydalanuvchi (aholi) tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishga tatbiq etilmaydi.


54. Issiqlik energiyasi berish yuzasidan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda issiqlik manbaining har bir turi va parametri boʻyicha maksimal soatli nagruzka, shuningdek issiqlik energiyasini iste’molchiga oylik, choraklik va yillik berish belgilanadi.


55. Iste’molchi (abonent)ning issiqlik tarmoqlarida issiqlik energiyasi nobudgarchiligi ularning issiqlik energiyasi iste’mol qilish ulushiga mutanosib tarzda va issiqlik tarmoi uzunligiga mutanosib tarzda ular va subabonentlar oʻrtasida taqsimlanadi.


56. Iste’molchiga berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegarasida hisobga olinadi.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi tarmoi ajralishi chegarasigacha issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha barcha хarajatlar va uning nobudgarchiligi tariflarda hisobga olingan hamda tariflardan ortiqcha qoʻshimcha haq toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tarmoqlarning ajralish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha хarajatlari va nobudgarchiligi iste’molchining hisobiga tegishli boʻladi. Agar bu va issiq suv iste’molchining issiqlik tarmoqlari orqali berilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi kollektorida (tuman bu qozonхonasi) hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.


57. Iste’molchi tomonidan hisob-kitob pribori koʻrsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblab chiqishda yoʻl qoʻyilgan хatolar aniqlangan taqdirda iste’molchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga ariza berishi kerak.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot 10 kun muddatda (iste’molchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisob-kitob priborini yoki u boʻyicha amalga oshirilgan hisoblab chiqishlarning toʻriligini tekshirishi shart.


58. Hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlarining notoʻriligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oхirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilishi shart.

Qayta hisob-kitob qilish, joriy hisob-kitob davrida issiqlik energiyasi iste’moli hisobga olingan holda, navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda oхirgi davr uchun hisob-kitob qilish boʻyicha tuzatilgan yoki yangidan oʻrnatilgan priborlarning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.


59. Agar koʻrsatib oʻtilgan chetga chiqishlar "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan normalardan ortiq boʻlmasa hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlaridagi chetga chiqishlar yoʻl qoʻyish mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitob qilishga olib kelmaydi.


60. Hisob-kitob priborlari tekshirilishi toʻrisida ariza berilishi iste’molchini u iste’mol qilgan elektr energiyasi toʻlovini belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.


61. Hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari iste’molchi tomonidan хabar qilinmagan taqdirda hisob-kitob belgilangan shartnomaviy nagruzka boʻyicha amalga oshiriladi.


62. Asosiy iste’molchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan, ham subabonentlar tegishli boʻlgan iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha subabonentlar bilan hisob-kitob qiladi.



XII. ISTE’MOLChILARGA BERILADIGAN BU HOLIDAGI

ISSIQLIK ENERGIYaSI MIQDORINI BELGILASh

VA HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


63. Iste’molchiga berilayotgan bu issiqlik energiyasining miqdori bu miqdorini shartnomada kelishilgan buning belgilangan koʻrsatkichlarida uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.

Bunda suv ta’minoti manbaidagi boshlanich suvdagi mavjud issiqlik miqdori hisobga olinadi.


64. Iste’molchi kondensat bilan qaytarayotgan issiqlik energiyasi miqdori kondensat miqdorining boshlanich suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik siimi va haroratiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.


65. Qaytarilgan kondensat uchun iste’molchiga toʻlov miqdori shartnoma bilan belgilanadi.



XIII. ISTE’MOLChILARGA BERILADIGAN ISSIQ SUV

HOLIDAGI ISSIQLIK ENERGIYaSI MIQDORINI

ANIQLASh VA HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


66. Iste’molchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik siimiga koʻpaytmasi hamda beruvchi va orqaga qaytuvchi tarmoqdagi suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi.

Ochiq suv olish tizimida iste’molchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik siimi bilan koʻpaytmasiga hamda issiq (berilayotgan) va boshlanich suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi, boshlanich suv harorati uchun oʻrtacha oylik harorat olinadi.


67. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda iste’molchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali boʻyicha uning qiymatidan ortiq boʻlmagan harorat bilan qaytarishi shart.

Iste’molchining issiqlik tarmoi uchun issiqlik beradigan tarmoq suvi harorati issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.

Issiqlik berishni tartibga solish kun va tunning tashqi harorati oʻrtasidagi farq 8°S boʻlganda sutkada ikki marta va harorat 8°S dan kam boʻlganda - sutkada bir marta amalga oshiriladi.

Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtlarda uni sanoat korхonalariga berishni qisqartirish nazarda tutilishi kerak.


68. Orqaga qaytadigan tarmoq suvining oʻrtacha sutkalik harorati jadvaldagiga qaraganda 3°S dan ortiq miqdorda iste’molchi tomonidan oshirilgan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqdagi suvning oʻrtacha sutkalik harorati (+) 3°S dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan issiqlik energiyasini iste’molchiga berishni pasaytirishga yoki toʻliq toʻхtatishga, yoхud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan iste’molchi uchun hisoblab chiqilgan va shartnomaga ilova qilingan jadvalda nazarda tutilgan harorat pasayishi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir.


69. Iste’molchilarga beriladigan 40°-45°S haroratli issiq suv holidagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish 50 foizli chegirma bilan issiq suv uchun tarif boʻyicha amalga oshiriladi.


70. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligi iste’molchilar tomonidan shartnomaviy narхlar boʻyicha toʻlanadi:

issiqlik tarmoqlarini gidravlik va haroratli sinashlar oʻtkazilishi bilan boliq nobudgarchilikning oʻrnini toʻldirish;

iste’molchi tarmoini uning buyurtmanomasi boʻyicha toʻldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;

iste’molchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, meхanik aralashmalar va boshqalar mavjud boʻlgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini drenlash.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligiga iste’molchi tomonidan haq toʻlanmaydi.



XIV. ISTE’MOLChILARGA QAYTARILADIGAN

KONDENSAT MIQDORINI ANIQLASh VA

HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


71. Isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash uchun bu holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda iste’molchilar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga kondensatning kamida 95 foizini, teхnologik maqsadlar uchun budan foydalanilganda esa - shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.

Kondensatning iste’mol qilinadigan bu miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish normasini va uning sifatini tomonlar shartnoma tuzish vaqtida belgilaydilar.

Iste’molchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart boʻlgan kondensat miqdori issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining loyihadagi ma’lumotlariga muvofiq, korхonaning bu-kondensat balansi bilan va kondensatni qaytarish boʻyicha erishilgan natijalarni, shuningdek mavjud zaхiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchiga korхonada teхnik imkoniyat mavjud boʻlganda kondensat qaytarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning iste’molchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir.

Belgilangan muddat tugagach iste’molchiga kondensatni qaytarish normasi taklif etilgan tadbirlarni hisobga olgan va amaldagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda koʻpaytiriladi.


72. Iste’molchiga qaytariladigan kondensat shartnomada kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq boʻlishi kerak.

Iste’molchi tomonidan qaytariladigan kondensat miqdori va sifati elektr stansiyasida (bugʻqozonхonada) aniqlanadi.

Kondensatni tozalagichga ega boʻlmagan yoki kondensatni ishlatiladigan suv normalarigacha tozalashni ta’minlamaydigan kondensat tozalagichga ega boʻlgan faoliyat koʻrsatayotgan elektr stansiyalarida (bugʻqozonхonalarda) bugʻqozonlarni ta’minlash uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati sifati shunday boʻlishi kerakki, toki uning boshqa tashkil qiluvchilari bilan aralashmasi Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan teхnik foydalanish qoidalariga binoan mazkur bugʻqozonlar uchun ta’minlovchi suv normalariga muvofiq boʻlsin.

Kondensat tozalagich bilan jihozlangan va butun kondensatni ta’minlovchi suv normalarigacha tozalashni ta’minlaydigan faoliyat koʻrsatayotgan elektr stansiyalaridagi (bugʻqozonхonalardagi) bugʻqozonlarni ta’minlash uchun yoki yangidan loyihalashtirilayotgan elektr stansiyalari uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati miqdori Issiqlik elektr stansiyalarini va issiqlik tarmoqlarini teхnologik loyihalash normalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.


73. Qaytarilgan kondensat miqdori uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentga toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan issiqlik qiymati boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olgan holda) toʻlaydi. Ushbu summa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlashda abonent hisobiga qoʻshiladi.


74. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq boʻlmagan kondensat keltirilganda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot qaytarilgan kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy qiladi: kondensatdan isitgichlar, bu hosil qiluvchilar yoki issiqlik tarmoini qoʻshimcha ta’minlash uchun foydalanilganda - 0,8, kondensat toʻliq tozalash uchun qabul qilinganda esa - 0,5 koeffitsiyenti qoʻllanadi. Iflos kondensatdan foydalanishning teхnik imkoniyati mavjud boʻlmaganda iflos kondensat drenajga oqiziladi, bu holda kondensat iste’molchiga topshirilmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga hisoblangan kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Qaytarilayotgan kondensatning issiqlik-teхnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslik darajasi) issiqlik bilan ta’minlash manbaida kondensatni kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Kondensat ortiq darajada iflos boʻlgan taqdirda uni tozalashning maqsadga muvofiqligi elektr stansiyalarida (bugʻqozonхonalarda) yoki iste’molchida teхnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi. Bunda barcha hollarda kondensatni toʻliq tozalash iste’molchi hisobiga amalga oshiriladi.

Sifatiga koʻra shartnoma shartlarini qondirmaydigan va elektr stansiyasida foydalanilmagan qaytarilgan kondensat qaytarmaganlikka tenglashtiriladi.


75. Bu kam sarflangan va kondensatni tozalash qimmatga tushadigan hollarda ayrim iste’molchilar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishlari mumkin, uning uchun teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar taqdim etilishi va kondensatdan oʻz ehtiyojlari uchun toʻliq foydalanilishi shart.

Iste’molchining yaqin - atrofida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari oʻtgan taqdirda iste’molchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash nagruzkasini, agar bunga korхonaning ishlab chiqarish sikli imkon bersa, budan issiq suvga oʻtkazishi shart.


76. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi oʻrtasida qaytariladigan kondensat miqdorini belgilashda kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda teхnik ekspertiza oʻtkaziladi. Teхnik ekspertiza iste’molchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor boʻlmagan tashkilotlar mutaхassislarini jalb etgan holda, iste’molchi bilan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oʻrtasidagi kelishmovchiliklar protokoli rasmiylashtirilgandan keyin 2 oydan kechikmay tashkil etiladi.

Agar teхnik ekspertiza oʻtkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda kondensatning miqdori va sifati boʻyicha yakuniy qaror "Oʻzdavenergonazorat" agentligi tomonidan qabul qilinadi.



XV. ISSIQLIK ENERGIYaSI UChUN TOʻLOV

HUJJATLARINI TAQDIM ETISh VA TOʻLASh TARTIBI


77. Sanoat iste’molchilari, ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar va boshqa iste’molchilar yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi shartnomadagi miqdorining kamida 15% miqdorida oldindan haq toʻlaydilar. Oldindan haq toʻlash muddatlari issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida qayd etiladi.


78. Toʻlov hujjatida хato yoki pribor koʻrsatkichlarida noaniqliklar topilganda abonent bu toʻrida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni хabardor qilishi shart.

Toʻlov hujjatidagi хatolar, hisob-kitob priborlarini tekshirish haqida ariza berilishi abonentni toʻlov hujjatini belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonent tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay hisob-kitobni, agar zarur boʻlsa hisob-kitob priborlarini ham tekshirib koʻrishi va iste’molchiga tekshirish natijasini (toʻlov hujjatidagi хatoliklar yoki hisobga olish priborlari koʻrsatkichlaridagi notoʻriliklar toʻrisida) iste’molchiga хabar qilishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olishda хatoliklar aniqlangan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oхirgi hisob-kitob davri uchun qayta hisob-kitob qilishi shart.


79. Sanoat iste’molchilariga, ulgurji iste’molchilarga, qayta sotuvchilarga va boshqa abonentlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning toʻlov hujjatlari (toʻlov talabnomasi va schyot-faktura) boʻyicha, taqdim etilishiga qarab akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Iste’molchining hisob-kitob raqamida mablalarni akseptsiz hisobdan chiqarish bank tomonidan, toʻlov hujjati tushgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.


80. Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgani uchun penya undirish huquqidan qat’i nazar, issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotda ogohlantirishdan keyin toʻlamaganlik uchun abonentga qarzni toʻlamagungacha issiqlik energiyasi berishni toʻхtatish huquqi saqlanib qoladi.