Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2015 y. 234-son "Vazirlar Mahkamasining "Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2002 yil 31 maydagi 188-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.08.2015 y.

N 234



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"YaDRO POLIGONLARIDA VA BOShQA

RADIATsIYa-YaDRO OB’YeKTLARIDA HARBIY

XIZMATNI OʻTAGAN PENSIYa YoShIDAGI ShAXSLARNI

IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLAShNI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2002 YIL

31 MAYDAGI 188-SON QARORIGA QOʻShIMChA

VA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA



Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 31 maydagi 188-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 27-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligiga Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyхatiga, zaruriyat boʻlganda, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish huquqi berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyхatini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 17 avgust, 32-son, 430-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 8-son, 70-modda