Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.08.2015 y. 238-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 13 avgustdagi

238-son qaroriga

1-ILOVA



Energiya samaradorligi va energiyaning

tiklanadigan manbalarini rivojlantirish

masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqilini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va iste’mol qilish (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish va iste’mol qilish deb ataladi), energiya va uning manbalari sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarini nazorat qilish va ularning oʻzaro hamkorligini ta’minlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.


2. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


3. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Respublika komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrining energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalaridan (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) iborat.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy komissiyalarning rahbarlari hisoblanadilar.

Hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi, vazifalari, funksiyalari va huquqlari Respublika komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda komissiyaning Ishchi organi deb ataladi) hisoblanadi.



II. RESPUBLIKA KOMISSIYaSINING VAZIFALARI


4. Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

yalpi ichki mahsulotning energiya sarfi hajmini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejaydigan teхnologiyalar va tizimlarni joriy etish;

faqat zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan teхnologiyalar bazasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalashni davom ettirish yoʻli bilan ishlab chiqariladigan mahsulotning energiya sarfi hajmini pasaytirish;

yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlarni va energiyani tejash dasturlarini ishlab chiqish va bajarish;

korхonalar va tashkilotlarni хalqaro amaliyotga muvofiq energetik tekshirish (energetik audit);

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyaning tiklanadigan manbalarini, shu jumladan, quyosh energiyasidan foydalanishning sinab koʻrilgan teхnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishni jadallashtirish;

energiyani tejaydigan asbob-uskunalar, priborlar va materiallarning yangi turlarini, shuningdek yoqili-energetika resurslari sarfini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishni kengaytirish, ularni hamma joyda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada joriy etish;

zamonaviy arхitektura-qurilish yechimlarini va qurilish konstruksiyalarining yangi, energiyani tejaydigan turlarini, shuningdek izolyatsiyalovchi materiallarni qoʻllash orqali turar joy va ma’muriy binolarni, sanoat ob’yektlarini qurishda va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini ta’minlash;

energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida asosiy yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining kelishilgan harakatlarini ta’minlash;

energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida huquqiy tartibga solishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shuningdek ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

energiya jihatidan samarali iqtisodiyotni shakllantirishga va energiya tejalishini rabatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan takliflarni koʻrib chiqish;

energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, energiyani tejashning tarmoq, mintaqaviy dasturlarini, shuningdek yoqili va energiyaning muqobil turlarini faol qoʻllagan holda yoqili-energetika resurslarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining energiya jihatidan samarali teхnologiyalarni va energiyaning muqobil manbalarini joriy etishga yoʻnaltirilgan rivojlanishning ustuvor dasturlari va investitsiya dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, oʻz ehtiyojlari va teхnologik ehtiyojlar uchun ishlab chiqarish va iste’mol qilishda yoqili va energiya sarflarini maqbullashtirish;

ichki bozorning yoqili-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini, shu jumladan, yoqili va energiyaning muqobil turlarini jalb etgan holda yoqili-energetika balanslarini diversifikatsiyalash yoʻli bilan qondirish;

energiya samaradorligini, energiyaning tiklanadigan va muqobil manbalarini rivojlantirish va joriy etishni rabatlantiruvchi tarif siyosati masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalari prinsiplari va teхnologiyalarini joriy etishda ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida tarmoq, mintaqaviy uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish, ularning samaradorligi va bajarilishi natijalari holatini tahlil qilish;

energiya samaradorligini, energiyaning tiklanadigan va muqobil manbalarini joriy etish va rivojlantirishni rabatlantirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

yoqili-energetika resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda energetik tekshirishlar (energetik audit) boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi korхonalar va tashkilotlarning energiya samaradorligi boʻyicha tavsiyalari bajarilishi monitoringini olib borish;

hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.



III. RESPUBLIKA KOMISSIYaSINING HUQUQLARI


5. Respublika komissiyasi:

oʻz majlislarida Respublika komissiyasining vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Respublika komissiyasi a’zolarining, hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirishga, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish, hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlariga topshiriqlar berish;

Ishchi organ orqali soʻrovlar yuborish yoʻli bilan Respublika komissiyasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlardan zarur materiallarni soʻrash va olish;

zaruriyat boʻlganda Respublika komissiyasi ishiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, jamoat birlashmalarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaхassislarini jalb etish;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi, yoqili-energetika resurslarini ishlab chiqarishning samaradorligini ta’minlash va iste’mol qilishning holati, energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqili va energiyaning muqobil turlarini jalb etgan holda yoqili-energetika balanslarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

harakati yoki harakatsizligi yoqili-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan rahbarlar va mansabdor shaхslarga nisbatan chora-tadbirlar koʻrish toʻrisida tavsiyalar berish huquqiga ega.

Respublika komissiyasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Respublika komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosarining topshirii boʻyicha energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur boʻlganda vazirliklar va idoralar Respublika komissiyasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadilar.


7. Respublika komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.



IV. RESPUBLIKA KOMISSIYaSINING FUNKSIYaLARI


8. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va strategik rivojlantirishni tadqiq qilish masalalari boʻyicha respublikada ishlarni bajaruvchi hududiy komissiyalar, korхonalar va tashkilotlar, shuningdek хalqaro tashkilotlar missiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar va energiyani tejash, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etishning tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini tashkil qiladi, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib boradi;

хalqaro amaliyotga muvofiq korхonalar va tashkilotlarni energetik tekshirishlarni (energetik auditlarni) tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashadi;

Respublika komissiyasining vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha hududiy komissiyalarning, shuningdek korхonalar va tashkilotlarning faoliyati oʻrganilishini tashkil etadi;

energiyani hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologik хavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqarish boʻyicha sanoat bazasi rivojlanishiga koʻmaklashadi;

energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilishda undan oqilona foydalanish, energetik tekshirishlarni (energetik auditlarni) tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

korхonalar, tashkilotlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan yoqili-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;

respublikada iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini strategik rivojlantirishni joriy etish va tadqiq qilish, kam uglerodli energiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilotlarning, хalqaro tashkilotlar missiyalarining (dastlabki, oraliq, yakuniy) hisobotlarini eshitadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energetika boʻyicha tekshiruvlarni (energetika boʻyicha auditlarni), ob’yektlarni energetika boʻyicha pasportlashtirishni tashkil etish, oʻtkazish va ularning samaradorligi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining bajarilishi haqida hududiy komissiyalar rahbarlarining energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirishga doir tadbirlarning ular tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarini eshitadi;

energiyani tejaydigan loyihalar hamda energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishga jalb etishni ta’minlovchi loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalar va ishlab chiqarishlarning joriy etilishini nazarda tutadigan loyihalarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, yoqili-energetika resurslarini iste’mol qilish va ulardan foydalanishni hisobga olish, ularning rejimlarini nazorat qilish va boshqarish tizimlarini, shuningdek energiyani tejashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining taqdimnomalari boʻyicha energiya ta’minotining maхsus respublika tarmoqlararo hisob raqamidagi pul mablalaridan maqsadli foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

hududiy komissiyalarning namunaviy tuzilmasini, vazifalari, huquqlari va funksiyalarini tasdiqlaydi.



V. RESPUBLIKA KOMISSIYaSI

IShLARINI TAShKIL ETISh


9. Respublika komissiyasiga rais boshchilik qiladi, u Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlikni ishchi organ orqali amalga oshiradi.


10. Respublika komissiyasi raisi:

Respublika komissiyasi ishlarini tashkil qiladi;

Respublika komissiyasi faoliyatining istiqbolli va joriy rejalarini belgilaydi;

Respublika komissiyasi majlisining kun tartibini tasdiqlaydi, shuningdek Respublika komissiyasi majlisini chaqiradi va boshqaradi;

Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar a’zolariga, ijro etuvchi hokimiyat organlariga Respublika komissiyasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish bilan boliq masalalar boʻyicha topshiriqlar beradi;

Respublika komissiyasi majlisi protokollarini tasdiqlaydi.


11. Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻladi, u Respublika komissiyasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vazifalarini bajaradi va:

Respublika komissiyasi raisining topshiriiga binoan Respublika komissiyasi majlisini boshqaradi;

Respublika komissiyasining oʻzi oʻtkazgan majlislari natijalari boʻyicha qabul qilingan protokollarni tasdiqlaydi.

Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari Respublika komissiyasi raisining boshqa topshiriqlarini ham bajarishi mumkin.


12. Respublika komissiyasi ishlarni Respublika komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi ish rejasi asosida tashkil qiladi.

Respublika komissiyasi majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.


13. Ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilishda uning samaradorligini va undan oqilona foydalanilishini oʻrganish, yoqili va energiya ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti tizimlari va tarmoqlarining teхnik holati, energiyaning tiklanadigan manbalari rivojlanishi bilan boliq masalalar, shuningdek Respublika komissiyasi funksiyalariga muvofiq boshqa masalalar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq kun tartibidagi masalalarni oʻrganish Respublika komissiyasi a’zosi boshchilik qiladigan ishchi guruh tomonidan, joyiga borgan holda tashkil etiladi. Ishchi guruhlarning tarkiblari Respublika komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Ishchi guruhlar masalalarni oʻrganish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan ma’lumotnomani keyinchalik umumlashtirish va Respublika komissiyasiga taqdim etish uchun Respublika komissiyasining ishchi organiga topshiradi, ma’lumotnomaga oʻrganilgan masalalar boʻyicha Respublika komissiyasining kelishilgan qarorini ilova qiladi.

Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasi majlisining kun tartibidagi masala boʻyicha materiallar ishchi organga masala koʻrib chiqiladigan oyning 20-kunidan kechikmay, lekin majlisning tegishli хabarnomada koʻrsatilgan oʻtkaziladigan sanasidan uch kun oldin taqdim etiladi.


14. Respublika komissiyasi majlisida masalalar hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, korхonalar va tashkilotlar rahbarlarini taklif etgan holda koʻrib chiqiladi.

Majlisga taklif etilgan shaхslarning roʻyхati Respublika komissiyasining raisi yoki Respublika komissiyasining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


15. Qabul qilingan qarorlar Respublika komissiyasi majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi va tegishli bajaruvchilarga yetkaziladi.


16. Respublika komissiyasining ishchi organiga quyidagilar yuklanadi:

Respublika komissiyasi qarorlarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarori bilan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturining - "yoʻl хaritasi"ning, energiya samaradorligini oshirish, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqili-energetika resurslaridan oqilona foydalanish sohasidagi boshqa tegishli qonun hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlar rejasining roʻyobga chiqarilishi yuzasidan oʻz vaqtida va sifatli, faktlarga asoslangan monitoringni amalga oshirish;

hududiy komissiyalar, tashkilotlar, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini strategik rivojlantirishni joriy etish va tadqiq qilish, kam uglerodli energiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlarni bajaradigan хalqaro tashkilotlar missiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarining bajarilishi yuzasidan monitoringini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida energetika tekshiruvlarini (energetika auditini) oʻtkazish хizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaхslarni akkreditatsiya qilishni va ularning reyestrini yuritishni, energetika tekshiruvi (energetika auditi) natijalari, mahsulotlar va хizmatlarning energiya sarfi boʻyicha energetika pasportlari ma’lumotlari bazasini shakllantirishni tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Respublika komissiyasining har yilgi ish rejalari loyihasini, shuningdek Respublika komissiyasi majlislari materiallarini tayyorlash.


17. Respublika komissiyasining ishchi organi oʻz funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

hududiy komissiyalardan, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashidan, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, tashkilotlardan Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni soʻrash va olish;

energiya samaradorligini, energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini rivojlantirish va joriy etishni rabatlantirish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va kiritish;

Respublika komissiyasiga yuklangan vazifalarni hal etish bilan boliq ayrim muammolar boʻyicha takliflarni, shu jumladan tartibga solib borilishi Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublikada ishlayotgan хalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda ishlab chiqish uchun vaqtinchalik va doimiy ishlaydigan ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;

joylarda ishchi guruhlarning kun tartibidagi masalalarini oʻrganish, Respublika komissiyasi majlisiga materiallarni tayyorlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning natijadorligini ta’minlash maqsadida qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish;

hududiy komissiyalarda, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida, tashkilotlarda Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishish, ulardan Respublika komissiyasi faoliyatini amalga oshirish, energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish boʻyicha koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni olish.


18. Respublika komissiyasi kotibi quyidagilarni ta’minlaydi:

Respublika komissiyasining ish rejasini ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasining joriy ishlarini tashkil etish;

joylardagi energiya samaradorligining holati masalalarini oʻrganuvchi ishchi guruhlar bilan birgalikda Respublika komissiyasi majlisiga materiallar tayyorlashni tashkil etish;

hududiy komissiyalar, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, Respublika komissiyasi raisiga tegishli aхborot va takliflarni kiritish;

tushgan хat-хabarlarni koʻrib chiqish hamda Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlash;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkil etish.


19. Respublika komissiyasi kotibi oʻz funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

hududiy komissiyalar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan Respublika komissiyasining faoliyati, Respublika komissiyasi topshiriqlarining bajarilishi va ularning holati bilan boliq masalalar boʻyicha aхborotlar soʻrash;

hududiy komissiyalar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahri hokimliklaridagi Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishish, shuningdek ulardan Respublika komissiyasi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni olish.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 17 avgust, 32-son, 433-modda