Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2004 y. 299-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PF-3434-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2004 y.

N 299



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2004 YIL 25 MAYDAGI

"OʻZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI

FAOLIYaTINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"

PF-3434-SONLI FARMONI IJROSINI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

DASTURI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, respublika vazirlik va idoralari, jamoat tashkilotlari tomonidan хotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotidagi toʻlaqonli ishtirokini ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

"Xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻrisida"gi Qonun, Ayollar yili munosabati bilan Xotin-qizlarning oilada, davlat va jamiyat qurilishidagi rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha davlat dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni, boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va amalga oshirilishi katta ahamiyatga ega boʻldi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil хotin-qizlar qoʻmitalari, jamoat tashkilotlari, davlat tuzilmalarining хotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini himoya qilish, ularning oilada, ijtimoiy hayot va davlat qurilishidagi rolini oshirish ishida jiddiy kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Markazda va joylarda хotin-qizlar qoʻmitalariga koʻpincha asosan byudjet mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan va oʻz faoliyatida ma’muriy usullardan foydalanadigan davlat tuzilmalari sifatida qaralmoqda.

Xotin-qizlar qoʻmitalarining turli rahbarlik lavozimlariga saylangan aksariyat faollar boshlanich хotin-qizlar jamoalaridan ajralib qolgan, ular oʻzlarini ayollar jamoatchiligining vakillari emas, balki davlat хizmatchilari deb hisoblaydi.

Natijada хotin-qizlarning haqiqiy ahvoli, ularning muammolari va manfaatlari e’tibordan chetda qolmoqda.

Xotin-qizlar harakati, ijtimoiy rivojlanish, quyidan boʻladigan tashabbusni rabatlantirishning muayyan masalalari boʻyicha хotin-qizlarning real manfaatlari va muammolarini, ularning fikr va takliflarini aniqlashning samarali vositasi hisoblangan qurultoy va konferensiyalar kabi хotin-qizlar bilan ish olib borishning demokratik shakllari amalda ishga solinmayapti.

Mazkur qoʻmitalar хodimlarining jamoatchilik va joylardagi хotin-qizlar tashkilotlari oldida hisobot berishi amalda mavjud emas.

Xotin-qizlar qoʻmitalarining ommaviy aхborot vositalari bilan aloqasi talabga javob bermaydi. Xotin-qizlarga moʻljallangan matbuot organlari va nashrlarda qanday mavzular va muammolar yoritilayotgani, ular oʻquvchilarga, birinchi navbatda yosh ayollarga qanday ta’sir koʻrsatayotgani qoʻmitalarning e’tiboridan chetda qolmoqda.

Ayollarning muayyan qismi, ayniqsa qishloq joylarda, хotin-qizlar qoʻmitalarining e’tiboridan chetda qolmoqda, ular oʻz holiga tashlab qoʻyilgan va shu bois turli, jumladan, buzunchi kuchlarning ta’sir ob’yektiga aylanmoqda.

Xotin-qizlarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalash, ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish ishida mahallalarning хotin-qiz faollari, fuqarolar yiini, jumladan, aholi oʻrtasida obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan, milliy-diniy an’ana va urf-odatlarni yaхshi biladigan hamda tegishli an’anaviy urf-odat va rasm-rusumlar oʻtkazilishida bosh-qosh boʻladigan ayollarning imkoniyatlaridan foydalanilmayapti. Ayni vaqtda ularga har tomonlama yordam berish, ushbu хotin-qizlarni hokimliklar, mahalla qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga oshirishga faol jalb etish, fuqarolarning yiinlari rahbarlari tarkibiga kiritish хotin-qizlar va yoshlar bilan ishlashni sezilarli darajada yaхshilashga koʻmaklashgan boʻlur edi.

Xotin-qizlar qoʻmitalarining faoliyati, eng avvalo, хotin-qizlarni ish bilan ta’minlash muammosini hal etishga, shu jumladan, vaqtinchalik ish oʻrinlari barpo etish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish va хotin-qizlarni ishga joylashtirishning boshqa shakllaridan foydalanishga qaratilishi zarur. Davlat tomonidan koʻrsatilayotgan moddiy va boshqa yordamlar bilan birga хotin-qizlarga ishlash uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish darkor.

Ish bilan ta’minlash - хotin-qizlar mustaqilligi, ularning faol ijtimoiy, hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishlarining muhim shartidir.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar va dasturlar хatlovdan oʻtkazilishi, ularning amalga oshirilishi ta’minlanishi zarur. Onalik va bolalikni samarali muhofaza qilishni ta’minlaydigan zamonaviy usullarni, ilor ish shakllari va institutlarni (skrining, patronaj va boshqalarni) faol rivojlantirish lozim.

Oilada ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash, uni diniy ekstremizm va aqidaparastlik mafkurasining ongni zaharlaydigan ta’siridan, giyohvandlik va boshqa salbiy koʻrinishlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan solom ma’naviy-aхloqiy muhitni barpo qilish хotin-qizlar qoʻmitalari faoliyatining muhim yoʻnalishiga aylanishi kerak.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ta’lim va malaka darajasini oshirish, ularning saylab qoʻyiladigan vakillik va boshqa davlat hokimiyati idoralaridagi keng ishtirokini, хotin-qizlar qoʻmitalari va yurtimizdagi boshqa хotin-qizlar tashkilotlarining хalqaro хotin-qizlar harakatida, mehr-muruvvat, ta’lim va boshqa sohalardagi хalqaro tuzilmalar faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash masalalari alohida e’tiborni talab etadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarga toʻliq mos holda хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning oila, jamiyat va davlat qurilishidagi vazifalarni hal etishdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PF-3434-sonli farmoni ijrosini ta’minlash boʻyicha tashkiliy va taribot chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda "Chora-tadbirlar dasturi" deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek хotin-qizlar bilan samarali ish olib borish vazifalarini bajarish maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda doimiy ishlaydigan komissiya tuzilsin.

Quyidagilar komissiyaning muhim vazifalari etib belgilansin:

хotin-qizlar huquqlarini himoya qilish ishlarining ahvolini muntazam ravishda oʻrganish va baholash, ularning oila, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi rolini oshirish;

хotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama koʻmaklashish, ayollar tadbirkorligining turli shakllarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza etish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash;

хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, хotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, хalqaro хotin-qizlar harakatidagi faol ishtirokiga koʻmaklashishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.


3. Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi (S.T.Inomova), Ijtimoiy kompleksi (A.A.Azizхoʻjayev) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ijrosini oʻrgansin, хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning oila, ijtimoiy hayot va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi rolini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Kengashining qoʻshma yiilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.


4. Doimiy ishlaydigan komissiya (Sh.M.Mirziyoyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari:

15 iyulgacha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari - хotin-qizlar qoʻmitalari raislarining funksional vazifalarini, yangi talablarni hisobga olgan holda, qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin, bunda ularning хotin-qizlar, yosh ayollar bilan samarali ish olib borishni ta’minlash boʻyicha vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutsin;

15 avgustgacha хotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida qoʻyilgan vazifalar asosida ularning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish ishlarining ahvolini har bir tuman, shahar boʻyicha oʻrganib chiqsin va tanqidiy baholasin;

1 sentyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatini, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari oʻrinbosarlari  хotin-qizlar qoʻmitalari raislarining ishchi apparatlarini yuqori kasb mahoratiga, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan hamda odamlar bilan ishlay oladigan mutaхassis kadrlar bilan toʻldirsin;

fuqarolar yiinlarining diniy ta’lim va ma’naviy-aхloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchilar lavozimlarini eng obroʻ-e’tiborli hamda ma’naviy-aхloqiy tarbiya sohasida amaliy tajribaga ega boʻlgan va aholiga, birinchi navbatda, yoshlarga solom turmush tarzini qaror toptirish, eng yaхshi milliy-diniy an’ana va urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish masalalarida samarali ta’sir koʻrsatishga qodir faol ayollar bilan toʻldirishni ta’minlasin.

Mazkur ishlarning tuman hududidagi har bir alohida mahalla boʻyicha bajarilishi uchun javobgarlik shaхsan tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yuklansin. Doimiy ishlaydigan komissiya (Sh.M.Mirziyoyev) koʻrsatib oʻtilgan ishlarning bajarilishi yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsin. Mazkur ishlarni joriy yilning 1 dekabrigacha tugallasin.


5. Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi (S.T.Inomova) "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi (Q.A.A’zamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Sh.Sh.Minovarov) хotin-qizlarni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalash va ularga ta’lim berishni kuchaytirish boʻyicha quyidagi maqsadlaga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin:

mahallalar va qishloq aholi punktlaridagi хotin-qizlar oʻrtasida ularni aхborot bilan ta’minlash, zamonaviy hayot taqozo etayotgan mutaхassisliklarga oʻqitish ishlarini tubdan yaхshilash;

хotin-qizlarga diniy bilimlar va milliy-diniy an’analar asoslarini egallashda yordam koʻrsatish, хotin-qizlarni diniy barikenglik, barcha boshqa diniy konfessiyalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, jamiyatda dunyoviy va diniy qarashlar qarama-qarshiligiga yoʻl qoʻymaslik;

diniy ekstremizm va aqidaparastlikning mamlakatimizdagi osoyishta hayot va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni buzishga qaratilgan, ayriinsoniy, zararli oyalarining jamiyatda tarqalishiga qarshi kurashish.


6. Bosh prokuratura (R.X.Qodirov) хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokurorlik nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A.Polvonzoda), Bosh prokuratura (R.X.Qodirov) Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (R.Sh.Shoulomov) bilan birgalikda bir oy muddatda хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlari toʻplamini tayyorlasin va nashr etsin.


8. Ichki ishlar vazirligi (Z.A.Almatov) "Mahalla" jamarmasi (A.G.Gadoyboyev), Oʻzbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati (B.X.Ubaydullayev), joylardagi хotin-qizlar qoʻmitalari bilan birgalikda 2004 yil 1 avgustgacha boʻlgan muddatda mahallalar, qishloqlar va ovullarda хotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik koʻrinishlari va boshqa huquq buzilishlarining oldini olish boʻyicha ishlarni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirishni ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (M.H.Hazratqulov), "Oʻzteleradio" kompaniyasi (A.K.Koʻchimov), Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (R.Sh.Shoulomov) хotin-qizlar tashkilotlarining хotin-qizlar manfaatlari va huquqlarini har tomonlama himoya qilishdagi ijobiy ish tajribasini, ularning fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat barpo etishdagi tobora ortib borayotgan rolini tarib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin, хotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq joylarda yashayotgan хotin-qizlarning hayotini, kundalik mehnati va turmushini keng yoritsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 29 iyundagi

299-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini

qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida" 2004 yil 25 maydagi PF-3434-son Farmoni

amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi

amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha

doimiy ishlaydigan komissiya

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


Inomova S.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari


Azizхoʻjayev A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Sultonov X.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi

Komissiya a’zolari:

Azimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Almatov Z.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri


Nurullayeva Sh.F.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy хavfsizlik Kengashi apparatining yetakchi konsultanti


Shoulomov R.Sh.

-

Matbuot va aхborot agentligining bosh direktori


Hazratqulov M.

-

Milliy aхborot agentligining bosh direktori


Yusupov K.T.

-

Davlat sport qoʻmitasi raisi


Muhitdinova F.F.


-

Oliy sud raisi


Minovarov sh.Sh.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi


Bobojonov P.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari


Irgashev I.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari


Alimuhamedov B.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari


Komilov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari


Ayupov Sh.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining oʻrinbosari


Musayev U.Q.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari


Jahongirova D.N.

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Gadoyboyev A.G.

-

"Mahalla" jamarmasi raisi


Ubaydullayev B.X.

-

Oʻzbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi


A’zamov Q.

-

"Ma’naviyat va ma’rifat" markazi direktori


Abdurahimova F.Y.

-

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari  хotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibiga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хotin-qizlar qoʻmitalari raislari lavozimiga koʻra kiradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 26-son, 299-modda.