Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2008 y. PQ-968-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.09.2008 y.

N PQ-968



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2008 yil 8 avgustdagi 174-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2008 yil 29 sentyabrdagi

PQ-968-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ba’zi hujjatlariga kiritiladigan

OʻZGARTIShLAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 19 dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi хatboshidagi "D. Qurbonov" va "Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral хom ashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari Aхborot-tahlil departamentining" soʻzlari tegishli ravishda "lavozimi boʻyicha" va "Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Aхborot-tahlil departamentining" soʻzlariga almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 40-41-son, 407-modda.