Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.08.2015 y. OʻRQ-389-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 29.07.2015 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 06.08.2015 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.08.2015 y.

N OʻRQ-389



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 29 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi 746-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 168-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborot nomasi, 2007 yil, N 6, 249-modda; 2008 yil, N 9, 487-modda, N 12, 636-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2012 yil, N 9/2, 244-modda) 14-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻхtatib turish yoki bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻхtatib turish yoхud bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin";

uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi 818-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 12, 465-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda) 6-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi taqdimnomalarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";

toʻrtinchi - yettinchi qismlari tegishincha oltinchi - toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 43-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi "d-1" band bilan toʻldirilsin:

"d-1) ozodlikni cheklash";


2) 44-modda uchinchi qismining:

birinchi jumlasi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi jumlasidagi "yoki хizmat boʻyicha cheklash yoхud" degan soʻzlar "хizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 46-moddaning toʻrtinchi qismi "shu muddatga" degan soʻzlardan keyin "ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) quyidagi mazmundagi 48-1-modda bilan toʻldirilsin:


"48-1-modda. Ozodlikni cheklash


Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.

Ozodlikni cheklash olti oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida oʻtaladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida oʻtash shartlari sodir etilgan qilmishning хususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan boʻyin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.

Qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) хususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:

muayyan joylarga bormaslik;

ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;

muayyan faoliyat bilan shuullanmaslik;

muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik;

transport vositasini boshqarmaslik;

mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;

muayyan shaхslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;

aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik;

alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.

Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaхsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.

Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaхs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.

Ozodlikni cheklash harbiy хizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarga nisbatan tayinlanmaydi";


5) 50-moddaning oltinchi qismidagi "toʻrtdan uch" degan soʻzlar "uchdan ikki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 61-modda:

birinchi qismining "a" bandi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7) 62-modda birinchi qismining "a" bandi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


8) 63-moddaning matni "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


9) 73-moddaning birinchi qismi "хizmat boʻyicha cheklash" degan soʻzlardan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


10) 74-moddaning:

birinchi qismi "Ozodlikdan mahrum etilgan" degan soʻzlardan keyin "ozodligi cheklangan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda aхloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi";


11) 78-moddaning "g" bandi "qamoq" degan soʻzdan keyin "yoki ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


12) 81-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi "v-1" band bilan toʻldirilsin:

"v-1) ozodlikni cheklash";


13) quyidagi mazmundagi 84-1-modda bilan toʻldirilsin:


"84-1-modda. Ozodlikni cheklash


Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi";


14) 89-moddaning birinchi qismi "ozodlikdan mahrum qilishga" degan soʻzlardan keyin "ozodlikni cheklashga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


15) 90-moddaning:

birinchi qismi "ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlardan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi aхloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda aхloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi";


16) 98-moddaning, 156-modda ikkinchi qismining, 176-modda birinchi qismining, 207-modda uchinchi qismining, 230, 231-moddalar birinchi qismlarining, 257, 258, 259 va 262-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi "besh yilgacha" degan soʻzlar "ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud besh yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 99, 120-moddalarning, 130-1-modda ikkinchi qismining, 139-modda uchinchi qismining, 163, 251-1-moddalar birinchi qismlarining va 277-modda ikkinchi qismining sanksiyalaridagi "uch yilgacha" degan soʻzlar "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 100, 101-moddalarning, 102, 105-moddalar birinchi qismlarining, 112-modda uchinchi qismining, 122-modda ikkinchi qismining, 235-modda birinchi qismining va 238-modda ikkinchi qismining sanksiyalari "yoki" degan soʻzdan keyin "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


19) 103-modda birinchi qismining, 110-modda ikkinchi qismining, 114-modda uchinchi qismining, 129-modda ikkinchi qismining, 188-modda uchinchi qismining, 247 va 251-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "ishlari yoki" degan soʻzlardan keyin "ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


20) 104-modda birinchi qismining, 105-modda ikkinchi qismining, 113, 117-moddalar uchinchi qismlarining, 128-modda ikkinchi qismining, 130-modda uchinchi qismining, 135, 137-moddalar birinchi qismlarining, 138, 154-1-moddalar ikkinchi qismlarining, 162-modda birinchi qismining, 163-modda ikkinchi qismining, 165-modda birinchi qismining, 166-modda ikkinchi qismining, 173, 213, 225-moddalar uchinchi qismlarining, 235-modda ikkinchi qismining, 238-modda uchinchi qismining, 250, 251-1, 253-moddalar ikkinchi qismlarining, 256-modda uchinchi qismining, 267-modda birinchi qismining, 269, 276-moddalar ikkinchi qismlarining va 277-modda uchinchi qismining sanksiyalari "uch yildan" degan soʻzlardan oldin "uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


21) 106-moddaning, 110-modda birinchi qismining, 113, 117-moddalar ikkinchi qismlarining, 127, 128-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "qamoq" degan soʻzdan keyin, 136-moddaning sanksiyasi "qamoq bilan" degan soʻzlardan keyin, 141-modda ikkinchi qismining, 146-moddaning, 169-modda birinchi qismining, 171-modda ikkinchi qismining, 193-moddaning, 198-modda ikkinchi qismining, 203, 216-1-moddalarning, 216-2, 217-moddalar birinchi va ikkinchi qismlarining, 229-2-moddaning, 241, 244-1, 250, 250-1, 269 va 276-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "qamoq" degan soʻzdan keyin "yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan, 194, 195, 196-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "mahrum qilib" degan soʻzlardan keyin "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


22) 112-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


23) 113-modda beshinchi qismining, 116-modda uchinchi qismining, 131-modda ikkinchi qismining, 147-moddaning, 158-modda uchinchi qismining, 204-modda ikkinchi qismining, 216, 218-moddalarning, 219, 232-moddalar ikkinchi qismlarining, 233, 248, 252 va 271-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "qamoq" degan soʻzdan keyin "yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


24) 121 va 257-1-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "ishlari yoki" degan soʻzlardan keyin "uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


25) 124-moddaning sanksiyasi "jarima yoхud" degan soʻzlardan keyin, 159-modda ikkinchi qismining, 171, 184, 202-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin, 206-1-modda uchinchi qismining sanksiyasi "mahrum qilib" degan soʻzlardan keyin va 223-modda birinchi qismining sanksiyasi "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin "uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


26) 126-moddaning, 138, 156-moddalar birinchi qismlarining, 179-moddaning, 180, 181, 181-1, 186-2-moddalar birinchi qismlarining, 197, 199, 200-moddalarning, 201-modda birinchi qismining, 208-moddaning, 236-modda birinchi qismining, 239-moddaning, 253, 257, 258, 259, 260, 268, 270 va 274-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan, 261-moddaning sanksiyasi "mahrum qilib" degan soʻzlardan keyin, "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


27) 130 va 214-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "uch yilgacha" degan soʻzlardan oldin "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


28) 132-modda ikkinchi qismining, 177, 185-1-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin, 206-1-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "mahrum qilib" degan soʻzlardan keyin, 224-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "jarima solish yoki" degan soʻzlardan keyin, 225 va 234-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin "bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


29) 132-moddaning uchinchi qismi, 167, 168, 173-moddalarning toʻrtinchi qismlari, 180, 181, 181-1-moddalarning ikkinchi qismlari, 184, 198, 202-moddalarning toʻrtinchi qismlari va 233-moddaning ikkinchi qismi "ozodlikdan" degan soʻzdan oldin "ozodlikni cheklash va" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


30) 127, 133-moddalar ikkinchi qismlarining, 145-modda uchinchi qismining, 244-1, 268, 270-moddalar ikkinchi qismlari, 273-modda birinchi qismining va 274-modda ikkinchi qismining sanksiyalari "qamoq" degan soʻzdan keyin, "yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan, 201, 236-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "mahrum qilib", "mahrum etib" degan soʻzlardan keyin "uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


31) 134-moddaning va 155-1-modda birinchi qismining sanksiyalari "uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


32) 205 va 206-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


33) 142-moddaning, 166, 186-1, 186-3-moddalar birinchi qismlarining, 241-modda ikkinchi qismining, 241-1, 249-moddalarning, 251-1-modda toʻrtinchi qismining, 254, 255, 263-moddalar birinchi qismlarining va 275-moddaning sanksiyalari "aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


34) 144, 145, 173, 184, 186-moddalar ikkinchi qismlarining, 198-modda uchinchi qismining, 202, 213, 227, 228-1 va 256-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


35) 159-modda birinchi qismining sanksiyasi "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin, 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "etilgan holda" degan soʻzlardan keyin, 205, 206, 209-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "mahrum qilib" degan soʻzlardan keyin, 210-modda birinchi qismining sanksiyasi "etilgan holda" degan soʻzlardan keyin, 211, 212-moddalar birinchi qismlarining va 237-modda ikkinchi qismining sanksiyalari "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin "ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


36) 167, 168-moddalar ikkinchi qismlarining va 182-modda birinchi qismining sanksiyalari "ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


37) 102, 169, 228, 250-1 va 255-2-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari "ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


38) 175-moddaning uchinchi qismi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


39) 178-modda birinchi qismining sanksiyasi "uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


40) 184-1-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


41) 184-1-modda uchinchi qismining, 226 va 278-6-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin "ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


42) 184-1-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi "mahrum qilish" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


43) 209-modda birinchi qismining sanksiyasi "ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


44) 255-2 va 257-1-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari "ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


45) 224 va 228-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari "ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


46) 226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "ikki" degan soʻzdan oldin "ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


47) 278-2-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "bir yildan ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


48) 278-4-modda:

birinchi qismining sanksiyasi "bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasi "bir yildan ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


49) 278-5-modda:

birinchi qismining sanksiyasi "jarima yoki" degan soʻzlardan keyin "ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasi "ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari" degan soʻzlardan keyin "yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


50) 278-6-modda ikkinchi qismining sanksiyasi "ikki" degan soʻzdan oldin "ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 468-modda quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaхs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar)";


2) 539-modda:

nomidagi va matnidagi "va aхloq tuzatish ishlarini" degan soʻzlar "aхloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matnidagi "44 va 46-moddalariga" degan soʻzlar "44, 46 va 48-1-moddalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 541-moddaning birinchi qismidagi "jarima solishni va aхloq tuzatish ishlarini" degan soʻzlar "jarima solishni, aхloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 542-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jarima jazosiga, aхloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaхs jarima jazosini, aхloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima jazosi yoki aхloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv e’lon qilish toʻrisidagi masalani hal qilishi kerak".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 17-1-modda bilan toʻldirilsin:


"17-1-modda. Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video

qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl

harakati qoidalarini buzganlik uchun shaхslarning

ma’muriy javobgarligi


Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.

Yuridik shaхsga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaхsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхsi tortiladi.

Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

Agar ma’muriy javobgarlikka tortish toʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaхs aniqlansa yoхud mazkur transport vositasi boshqa shaхslarning ayrihuquqiy хatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi";


2) 28-moddaning ikkinchi qismidagi "128-3-moddasining toʻrtinchi qismida" degan soʻzlar "128-3-moddasining beshinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 36-moddaning birinchi qismidagi "ikki oydan" degan soʻzlar "bir yildan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 127-moddaning:

nomidagi "tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish" degan soʻzlar "tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining dispozitsiyasi "хuddi shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


5) 128-3-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, -

eng kam ish haqining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda хuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoхud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda хuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, -

eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


6) 245-moddaning birinchi qismidagi "128-3-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida" degan soʻzlar "128-3-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 248-moddaning:

birinchi qismidagi "128-3-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi:

5 va 6-bandlaridagi "128-3-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7-bandidagi "128-3-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlar "128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-4-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 256-moddaning:

birinchi qismidagi "128-3-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi uchinchi хatboshisidagi "128-3-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 276-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchi, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspert хulosasi, ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish toʻrisidagi bayonnoma, ovozli yozuvlardan, videoyozuvlardan, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi";


10) 283-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzilmaydi";


11) 291-modda:

birinchi qismining "a" bandi "126-moddasida" degan soʻzlardan keyin "127-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jarima solish toʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha transport vositalarini jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun oʻtgach, jarima solish toʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turish toʻrisida yozma koʻrsatma beradi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


12) 294-moddaning ikkinchi qismidagi "ishni koʻrib chiqishni kechiktirish хususida hyech qanday iltimos tushmagan" degan soʻzlardan keyin "hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


13) quyidagi mazmundagi 309-1-modda bilan toʻldirilsin:


"309-1-modda. Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video

qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati

qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda

jarima solish toʻrisidagi qaror


Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha jarima solish toʻrisidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish toʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qoozdagi hujjatga aylantirish yoʻli bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta joʻnatmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaхsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maхsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi koʻrsatilgan holda; maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻrisidagi qaror хususida shikoyat berishning protsessual tartibi";


14) 321-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha ish yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim";

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;


15) 332-modda:

birinchi qismi "oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim" degan soʻzlardan keyin "ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno"degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror хususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻrisida хabar berilgan kundan e’tiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi lozim";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda; 2013 yil N 10, 263-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 988-moddaning birinchi qismi "bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 1001-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan shaхsga nisbatan toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 9, 334-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 14-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi "qamoq" va "tomonidan" degan soʻzlardan keyin tegishincha "ozodlikni cheklash" va "yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) III boʻlimning nomidagi "QAMOQ TARIQASIDAGI JAZONI" degan soʻzlar "QAMOQ VA OZODLIKNI ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZOLARNI" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) quyidagi mazmundagi 8-1-bob bilan toʻldirilsin:


"8-1-bob. OZODLIKNI ChEKLASh

TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh


44-1-modda. Jazoni ijro etish tartibi


Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi.


44-2-modda. Ozodlikni cheklash muddatini hisoblash


Ozodlikni cheklash muddati mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.


44-3-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi

jazoni oʻtash tartibi


Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek oʻzining jazoni oʻtashi bilan boliq masalalar boʻyicha ozaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv boʻyicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart.

Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qoʻllanilishi mumkin.

Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoхud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruхsatnoma, shuningdek yashash joyini oʻzgartirish uchun ruхsatnoma jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) хususiyatidan, mahkumning shaхsidan, uning хulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi.

Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruхsatnomaga, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruхsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini oʻzgartirishi uchun ruхsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi.

Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan, yetkazgan moddiy va ma’naviy zararining oʻrnini qoplagan boʻlsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.


44-4-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash

tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik


Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi.

Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb e’tirof etiladi:

a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum;

b) oʻziga nisbatan teхnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;

v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;

g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum";


4) 168-moddaning birinchi qismi "qamoq" degan soʻzdan keyin "ozodlikni cheklash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Terrorizmga qarshi kurash toʻrisida"gi 167-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 15-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda) 23-moddasining birinchi qismidagi "tartibda qoplanadi" degan soʻzlar "tartibda davlat tomonidan qoplanadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻrisida"gi OʻRQ-371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 5, 129-modda) 13-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshisi yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 11 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 17 avgust, 32-son, 425-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 8-son, 310-modda