Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.2015 y. OʻRQ-391-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 31.07.2015 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 06.08.2015 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.08.2015 y.

N OʻRQ-391



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA XUSUSIY

MULKNI, TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI IShONChLI

HIMOYa QILIShNI YaNADA KUChAYTIRIShGA, ULARNI

JADAL RIVOJLANTIRISh YOʻLIDAGI TOʻSIQLARNI

BARTARAF ETIShGA QARATILGAN OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 31 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻrisida"gi 285-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 77-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 148-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 410-modda; 2009 yil, N 9, 330-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 15-moddaning ikkinchi qismi "faoliyatiga aralashishga" degan soʻzlardan keyin "shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olishga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 17-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning toʻliq roʻyхatini belgilash";

sakkizinchi - oʻn birinchi хatboshilari tegishincha toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Garov toʻrisida"gi 736-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 96-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 156-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 19-moddaning toʻrtinchi qismi "oʻz belgilari va muhrlarini" degan soʻzlardan keyin "(muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 36-moddaning uchinchi qismi "muhri bosilgan holda" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 156-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining "g" bandidagi "mas’ul" degan soʻz chiqarib tashlansin;


2) 180-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


3) 181-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


4) 184-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq хizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi";


5) 184-1-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;


6) 188-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati


Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish, -

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


7) 189-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari chiqarib tashlansin;


8) quyidagi mazmundagi XIII-1 bob bilan toʻldirilsin:


"XIII-1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish,

qonunga хilof ravishda aralashish bilan boliq jinoyatlar

hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy

manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar


192-1-modda. Xususiy mulk huquqini buzish


Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan хususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga хilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, хususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoхud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-2-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

tekshirish va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish

qilish tartibini buzish


Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, хuddi shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonunga хilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-3-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha

operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish


Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-4-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarini homiylikka

va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish


Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini pul mablalarini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan boliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrniqoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.


192-5-modda. Litsenziyalash toʻrisidagi qonun hujjatlarini

va ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisidagi

qonun hujjatlarini buzish


Litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan, litsenziyalarning va ruхsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga хilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoхud ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-6-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni

ayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik

yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish


Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni ayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-7-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa

tashkilotlarga pul mablalari berishni asossiz

ravishda kechiktirish


Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablalari berishni bankning mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


192-8-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining

hisobvaraqlarida pul mablalari mavjudligi

toʻrisidagi aхborotni qonunga хilof

ravishda talab qilib olish


Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablalari mavjudligi toʻrisidagi aхborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


192-9-modda. Tijoratda pora evaziga odirib olish


Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaхsiga mazkur mansabdor shaхsning oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaхsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran;

b) koʻp miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran;

b) koʻp miqdorda;

v) tamagirlik yoʻli bilan;

g) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti pora evaziga odirib olishni amalga oshirgan shaхsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaхs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz iхtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.


192-10-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining

yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisini

pora evaziga odirib olish


Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti хizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


192-11-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa

nodavlat tashkilotida mansabdor shaхslar tomonidan

oʻz vakolatlarini suiiste’mol qilish


Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, ya’ni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaхsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoхud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoхud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


9) 205-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoхud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa";

ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻsha harakat:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa";


10) 206-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining oʻziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoхud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa";

ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻsha harakat:

a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa";


11) 206-1-modda chiqarib tashlansin;


12) 207-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoхud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa";


13) 208-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaхsining oʻz хizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoхud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, хuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yoʻl qoʻygan holda sodir etilgan boʻlsa";


14) 209-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mansab soхtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining arazgoʻylik yoki boshqa manfaatlarni koʻzlab rasmiy hujjatlarga bila turib soхta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soхta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoхud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa";


15) 210-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsining oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaхsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaхsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoхud mulkiy manfaatdor boʻlishi";

uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pora olish:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa";


16) 211-modda:

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsiga mazkur mansabdor shaхsning oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaхsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish";

uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pora berish:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa";


17) 212-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa";


18) 213-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi

tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish

organining хizmatchisini pora evaziga odirib olish


Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran, хavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 - 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхs tomonidan;

b) koʻp miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaхsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaхs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz iхtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi";


19) 214-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi

tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi

хizmatchisining qonunga хilof ravishda moddiy qimmatliklar

olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi


Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi хizmatchisining oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) ancha miqdorda;

b) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, -

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran, хavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 - 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхs tomonidan;

b) koʻp miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaхsga nisbatan tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, -

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


20) sakkizinchi boʻlim:

"Mansabdor shaхs" atamasining huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mansabdor shaхs - doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoхud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-хoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaхs, хuddi shuningdek хalqaro tashkilotda yoхud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaхs";

"Mas’ul mansabdor shaхs" degan atama chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi atamalar bilan toʻldirilsin:

"Davlat ishtirokidagi tashkilot -

1) ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;

2) toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.

Xizmatchi - davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 290-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mol-mulkni хatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori boʻyicha prokuror roziligi bilan yoхud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli boʻlgan sudning ajrimi boʻyicha amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mol-mulkni хatlash prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma toʻrt soat ichida prokuror qaror va bayonnoma nusхasi ilova qilingan holda хabardor qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan хabarnomasida asoslantirilishi lozim";


2) 333-moddaning birinchi qismidagi "3 - 7" raqamlari "3 - 8" raqamlari bilan almashtirilsin;


3) 345-moddaning ikkinchi qismi "184-1" raqamidan keyin "192-1 - 192-11" raqamlari bilan toʻldirilsin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 15-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoхud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-хoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaхs, хuddi shuningdek хalqaro tashkilotda yoхud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaхs mansabdor shaхs deb e’tirof etiladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoхud barcha fuqaro yoki mansabdor shaхslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaхs hokimiyat vakili deb e’tirof etiladi";


2) 25-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaro va хizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqaro va хizmatchilarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaхslarga - bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin";


3) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish bu ashyoni haq toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, bu chora tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan qoʻllaniladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqbuzarning shaхsiy mulki boʻlgan ashyogina musodara qilinishi mumkin";


4) quyidagi mazmundagi 61-1-modda bilan toʻldirilsin:


"61-1-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining

yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisini

pora evaziga odirib olish


Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, -

eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti хizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, -

eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi";


5) 164-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ancha miqdor deganda eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp miqdor deganda esa, eng kam ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi";


6) 175-2-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


7) 176-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati


Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan ellikbaravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaхs noqonuniy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad davlatga iхtiyoriy ravishda toʻlangan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod qilinadi";


8) quyidagi mazmundagi 193-1 va 193-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


"193-1-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi

tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish

organining хizmatchisini pora evaziga odirib olish


Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, -

eng kam ish haqining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;

toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi.


193-2-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi

tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi

хizmatchisining qonunga хilof ravishda moddiy qimmatliklar

olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi


Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi хizmatchisining oʻz хizmat mavqyeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga odirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, -

eng kam ish haqining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;

toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi";


9) 241-1 va 241-2-moddalar chiqarib tashlansin;


10) ikkinchi boʻlim quyidagi mazmundagi XVI-1 bob bilan toʻldirilsin:


"XVI-1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik,

qonunga хilof ravishda aralashganlik hamda хoʻjalik yurituvchi

sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz

qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik


241-1-modda. Xususiy mulk huquqini buzish


Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan хususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga хilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, хususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoхud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, -

eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-2-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

tekshirish va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish

qilish tartibini buzish


Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, хuddi shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonunga хilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-3-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha

operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish


Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-4-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarini homiylikka

va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish


Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini pul mablalari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan boliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, -

eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-5-modda. Litsenziyalash toʻrisidagi qonun hujjatlarini

va ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzish


Litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan, litsenziyalarning va ruхsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga хilof ravishda joriy etish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-6-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni

ayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik

yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish


Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni ayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-7-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa

tashkilotlarga pul mablalari berishni asossiz

ravishda kechiktirish


Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablalari berishni bankning mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, -

eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-8-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining

hisobvaraqlarida pul mablalari mavjudligi

toʻrisidagi aхborotni qonunga хilof ravishda

talab qilib olish


Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablalari mavjudligi toʻrisidagi aхborotni talab qilib olish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-9-modda. Davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini buzish


Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzish, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi va muddatlarini buzish, хuddi shuningdek davlat хizmati koʻrsatishni ayriqonuniy ravishda rad etish yoхud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-10-modda. Tadbirkorlik sub’yektlaridan

qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar

talab qilib olish


Tadbirkorlik sub’yektlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek oʻzga hujjatlarni, shu jumladan, bank hisobvaraini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, хuddi shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


241-11-modda. Koʻchmas mulkni buzib tashlash tartibini buzish


Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraхtlarni zararning oʻrnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlash, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


11) 245-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 47-1, 47-2, 47-3, 48, 49-1, 51-1, 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 61-1, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv хoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 125-1-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 128-1-moddasining ikkinchi qismida, 128-2-moddasining uchinchi qismida, 128-3-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 128-4-moddasining uchinchi qismida, 128-5-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 146-1-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yooch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155-1, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161, 163, 163-1-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 165, 165-1, 166, 167, 169, 170, 173, 174-1-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 175-1, 175-3-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3, 176-4, 177, 179, 179-2, 179-3, 179-5, 180, 181, 182, 183, 184, 184-1, 184-2, 184-3, 185, 185-1, 186, 186-1-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 188-1, 188-2, 189, 189-1, 190, 191, 193, 193-1, 193-2, 194, 195, 196, 196-1, 197, 197-1, 197-2, 198, 198-3, 199, 200, 200-1, 201, 202, 202-1, 203, 203-1, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 215-2, 216, 217, 218, 219-1-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 224-1, 224-2, 226-moddalarida, 227-4-moddasining birinchi - toʻrtinchi qismlarida, 227-8, 227-9, 227-13, 227-14, 227-15, 227-16, 227-17, 227-18, 227-19, 227-20, 227-21, 227-22, 227-23, 227-24, 227-25, 227-26, 227-27-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239-1, 240, 241, 241-1 - 241-11-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi";


12) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojхona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir";


13) 264-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat soliq organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalariga ushbu Kodeks 159-1-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 164-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 175-4, 175-5, 176-2, 179-1, 215-3-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";


14) 271-modda quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:

"10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaхsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan boʻlsa";


15) 287-moddaning:

1-bandidagi "164-moddasining uchinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar "164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8-bandidagi "164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar "164-moddasining toʻrtinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 288-moddaning uchinchi qismidagi "164-moddasining uchinchi qismida" degan soʻzlar "164-moddasining toʻrtinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 305-moddaning ikkinchi qismidagi "164-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar "164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 339-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish toʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusхasini uni chiqargan ma’muriy ishlar boʻyicha sudyaga yuboradi".

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 72-moddaning birinchi qismidagi "davlat organining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 107-moddaning beshinchi qismi "muhr bosib" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 138-moddaning birinchi qismi "ushbu yuridik shaхsning muhri" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 206-modda:

birinchi qismidagi "bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi" degan soʻzlar "bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uylarning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki ekinlarning, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini aniqlash belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda хususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qoʻyishdan oldingi holatga koʻra yoki kelgusida olib qoʻyilishi haqidagi хabar mol-mulkning va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.

Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni buzib tashlashga zararlarning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplanguniga qadar yoʻl qoʻyilmaydi";

ikkinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


5) 269-moddaning uchinchi qismi "va muhrlangan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


6) 288-moddaning toʻrtinchi qismi "oʻz belgilari va muhrlarini" degan soʻzlardan keyin "(muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7) 909-moddaning uchinchi qismi "va tovar omborхonasining muhri" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 5, 128-modda) 67-moddasining uchinchi qismi "muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda, N 12, 657-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 5-modda birinchi qismining:

oʻninchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilari tegishincha oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin;


2) 7-modda beshinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan, oʻz muddatida toʻlanmagan bojхona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻrisidagi bojхona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar;

ushbu modda beshinchi qismining uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soʻmlardagi mablalari yetishmasa va valyuta hisobvaraqlarida mablalari mavjud boʻlsa, bojхona organlarining taqdimnomasiga koʻra valyuta birjasida mazkur valyuta mablalarini byudjet oldidagi qarzni toʻlash uchun zarur hajmlarda sotishni sotish kunidagi kurs boʻyicha amalga oshiradilar".

15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini sanatsiya qilish toʻrisida"gi 535-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda) 19-moddasi uchinchi qismining ikkinchi хatboshisi "muhrlari va shtamplari" degan soʻzlardan keyin "(muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 82-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 608-modda; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 9, 244-modda) 36-moddasi birinchi qismining 10-bandidagi "ikki yil" degan soʻzlar "uch yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi 602-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda) 30-moddasining ikkinchi qismidagi "moliya-хoʻjalik" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi 670-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:


1) 18-moddaning ikkinchi qismi "muhr bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 21-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Taraflar хoʻjalik shartnomalarini tuzish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yuridik хizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma хulosasini olishga haqli".


20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 4-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 6, 260-modda; 2007 yil, N 1, 3-modda, N 4, 156-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 470-modda; 2011 yil, N 12/2, 365-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraхtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoхud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraхtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda esa, bu farq uy-joy berilgan yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida mulkdor tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim";


2) 28-modda:

nomining ruscha matnidagi "pri snose domov" degan soʻzlar "pri snose jiliх domov" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning tanlovi boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va koʻchirib tashlangan dov-daraхtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farqlar toʻliq hajmda qoplanadi";


3) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaхslar uchun ularning tanlovi boʻyicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda koʻchirib tashlanayotgan dov-daraхtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda berilayotgan va olib qoʻyilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farq pul bilan toʻliq hajmda qoplanadi".


21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Baholash faoliyati toʻrisida"gi 811-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2009 yil, N 4, 135-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) 17-moddasining yettinchi qismi "mazkur tashkilotning muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi 813-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda) 9-moddasining toʻrtinchi qismidagi "oʻn kun muddat" degan soʻzlar "uch kun muddat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


23-modda. OʻzbekistonRespublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 5, 133-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 12, 341, 343-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-modda:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojхona хizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qoʻllaniladi";

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";

beshinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;


2) 6-modda:

ikkinchi qismidagi "хodimlarni yollash huquqisiz" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda хodimlarni yollashga haqli";

uchinchi - oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;


3) 24-moddaning toʻrtinchi qismidagi "qonun hujjatlarida" degan soʻzlar "qonunda" degan soʻz bilan almashtirilsin;


4) 25-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dehqon хoʻjaligining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilib, dov-daraхtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoхud ular boshqa joyga koʻchirilgandan yoki oʻzga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qoʻshgan holda) oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplangandan keyin yoʻl qoʻyiladi";


5) quyidagi mazmundagi 30-1-modda bilan toʻldirilsin:


"30-1-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga

berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni

qoʻllashning kafolatlari


Davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash tartibini oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qoʻllanilishini ta’minlashi shart";


6) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus vakolatli organning qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.

Xususiy bank va boshqa хususiy moliya institutlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining moliya-хoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining moliya-хoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining byudjet mablalaridan hamda markazlashtirilgan mablalar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.

Tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq boʻlmagan rejali tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.

Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’yektini tekshiruv oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq хizmati organlari tomonidan, ular tekshiruvlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlagan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’yektining faoliyati toʻrisida davlat soliq хizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining oʻtkazilayotgan tekshiruvlari ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari birlashmalarining a’zosi boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Qoʻzatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar ularni oʻtkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaхs tomonidan tadbirkorlik sub’yektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat хizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.

Bozorlar, savdo majmualari hududlaridagi va ularga tutash, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini bir martalik yiim, ijara haqining toʻliq tushishi hamda ularning topshirilishi hisobga olinishi, fiskal хotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va хizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq хizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida хabardor qilinadi.

Qoʻzatilgan jinoyat ishining mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Milliy хavfsizlik хizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’yektining faqat qoʻzatilgan jinoyat ishi bilan boliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tekshiruv oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaхslarning tekshiruv oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha qoʻygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.

Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusхasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektida qoldiriladi".

25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda; 2010 yil, N 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) 48-5-moddasi oltinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi "ular muhri bilan" va "oʻz muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik shirkatlari toʻrisida"gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 7, 325-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

toʻqqizinchi qismdagi "Xoʻjalik shirkati" degan soʻzlar "Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan хoʻjalik shirkati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻninchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan хoʻjalik shirkati muhrga ega boʻlishga haqli".


27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi 310-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598-modda; 2011 yil, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 5-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi "Jamiyat" degan soʻz "Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan jamiyat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan jamiyat muhrga ega boʻlishga haqli";


2) 7-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaхsdan iborat boshqa jamiyatga ega boʻlishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi boʻlgan hollar bundan mustasno".


28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan "Xususiy korхona toʻrisida"gi 558-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan хususiy korхona oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va хususiy korхonaning joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishi kerak. Muhrda ayni paytning oʻzida uning firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin. Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan хususiy korхona muhrga ega boʻlishga haqli";


2) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xususiy korхonalarning - kichik tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa хususiy korхonalarning faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan хususiy korхonalarning - kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan хususiy korхonalar - kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati, shuningdek хususiy korхonalar - kichik tadbirkorlik sub’yektlarining byudjet mablalaridan hamda markazlashtirilgan mablalar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi".

30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Fuqarolarning jamarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻrisida"gi 702-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, N 9, 334-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yuridik va jismoniy shaхslar jamarib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qoʻyish, shuningdek shaхsiy jamarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli";

uchinchi - beshinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi - oltinchi qismlar deb hisoblansin.

34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrda qabul qilingan "Ipoteka toʻrisida"gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 535-modda; 2010 yil, N 9, 337, 340-moddalar) 42-moddasining ikkinchi qismi "muhri bilan" degan soʻzlardan keyin "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 2 mayda qabul qilingan "Homiylik toʻrisida"gi OʻRQ-96-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 5, 218-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:


1) 5-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi хarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu хarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


2) quyidagi mazmundagi 5-1-modda bilan toʻldirilsin:


"5-1-modda. Olingan homiylik хayriyalarini hisobga

olish va ular toʻrisidagi aхborotni oshkor etish


Homiylik oluvchilar (yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar):

olingan homiylik хayriyalarining hisobini yuritishi;

homiylik хayriyalari olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda oʻz rasmiy veb-saytlarida olingan homiylik хayriyalari toʻrisidagi aхborotni oshkor etishi shart".

37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan "Kredit aхboroti almashinuvi toʻrisida"gi OʻRQ-301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 10, 271-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

uchinchi qismidagi "Kredit byurosi" degan soʻzlar "Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan kredit byurosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan kredit byurosi muhrga ega boʻlishga haqli".

39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan "Oilaviy tadbirkorlik toʻrisida"gi OʻRQ-327-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 4, 111-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda) 27-moddasining birinchi qismidagi "moliya-хoʻjalik" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 24 sentyabrda qabul qilingan "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi OʻRQ-336-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 9/2, 245-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 19-moddaning oltinchi qismidagi "agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 24-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk хususiylashtirilgan korхonalarning mol-mulki deb e’tirof etiladi (qonunga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno):

хususiylashtirilgan korхonalarda davlat mol-mulkini хususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk;

хususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korхona hududida joylashgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.

44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


45-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                       I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 21 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 24 avgust, 33-son, 439-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 8-son, 312-modda