Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2014 y. 290-son "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2014 y.

N 290


BIOLOGIK RESURSLARDAN

FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh

VA TABIATDAN FOYDALANISh SOHASIDA

RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN

OʻTISh TARTIBI TOʻRISIDA


"Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqishda ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablalarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;

tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va ahamiyatini keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 20 oktyabrdagi

290-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash toʻrisida" 1995 yil 27 iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 7-son, 26-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻrisida" 2004 yil 28 oktyabrdagi 508-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 10-son, 102-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Yalanoch qizilmiyani qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 1 martdagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 3-son, 14-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 27 oktyabr, 43-son, 530-modda