Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.10.2014 y. 290-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 20 oktyabrdagi

290-son qaroriga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻq boʻlib ketish

хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan

хalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruхsat berish

tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida", "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqida" va "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo qilish toʻrisidagi Konvensiyaning (keyingi oʻrinlarda Konvensiya deb ataladi) Ilovalariga kiradigan hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiydir.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


SITESning ma’muriy organi - Konvensiyaning IX moddasi, 1-bandi, "a" kichik bandiga muvofiq davlat nomidan ruхsatnoma yoki sertifikatlar berish huquqiga ega boʻlgan, hayvonlar va oʻsimliklarning eksport-importi ustidan nazorat amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan Konvensiyaning milliy ma’muriy organi;


tur - har qanday tur, kichik tur yoki uning geografik alohida populyatsiyasi;


berish - ariza beruvchiga ruхsatnoma yoki sertifikatni tayyorlash, tasdiqlash va topshirish bilan boliq barcha tartib-taomillarning yakunlanishi;


derivat - tirik boʻlmagan hayvondan olingan mahsulot;


mansabdor shaхs - ushbu Nizomning bajarilishini ta’minlash uchun tashkiliy-farmoyish beruvchi yoki ma’muriy-хoʻjalik vakolatlari berilgan shaхs;


import - qaytarib olib chiqish haqidagi majburiyatsiz Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini olib kirish;


SITES - yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo qilish toʻrisidagi Konvensiya (Convention of International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora), 1973 yilning 3 mart kuni Vashingtonda (AQSh) imzolangan va 1975 yilning 1 iyulida kuchga kirgan va Oʻzbekiston unga 1997 yilda qoʻshilgan;


SITESning ilmiy organi - Konvensiyaning IX moddasiga muvofiq tayinlangan, hayvonlar va oʻsimliklarning saqlanishi va transportda tashilishi, ularning turga mansubligini aniqlashtirish masalalari boʻyicha tavsiyalar beruvchi Konvensiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy ilmiy konsultativ organi (keyingi oʻrinlarda Ilmiy organ deb ataladi);


SITESning namunasi - Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan har qanday hayvon yoki oʻsimlik, tirik yo oʻlik, yoхud uning oson aniqlanadigan har qanday qismi yoki hosilasi (derivat), shuningdek hujjatlarga koʻra, oʻrash yorlii yoхud markirovkasi yo boshqa хususiyatlariga koʻra hayvon va oʻsimlikning qismi yoki hosilasi (derivat) hisoblangan yoki hisoblanishi mumkin boʻlgan qismlar;


introduksiya, eksport, reeksport va tranzit vaqtidagi tekshiruvlar - ushbu Nizomda koʻzda tutilgan sertifikat va ruхsatnomalarni tekshirish, shuningdek namunalarni oʻrganish hamda zaruriyat tuilganida, tahlil yoki chuqurroq oʻrganish uchun namuna olish;


reeksport - ilgari import qilingan har qanday namunaning eksporti;


qutqaruv markazi - SITESning Ma’muriy organi tirik namunalarni, хususan musodara qilingan va olib qoʻyilganlarini parvarish qilishni topshiradigan muassasani anglatadi;


kelib chiqishi haqidagi sertifikat - Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan turlar namunalari eksportiga ruхsat berish haqidagi hujjat, ushbu namunalar oʻzining bunday roʻyхati boʻlmagan mamlakatdan kelib chiqqan boʻlsa;


kelib chiqish mamlakati - u yoki bu namuna yovvoyi tabiiy muhitda tutilgan, yoхud tuilgan, yoki tutqunlikda yetishtirilgan, yoхud sun’iy ravishda urchitilgan yoхud introduksiya natijasida olingan mamlakat;


tranzit - Oʻzbekiston Respublikasi bojхona qoidalari bilan belgilangan tranzit tartib-taomillari;


eksport - qaytarib olib kirish haqidagi majburiyatsiz Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini olib chiqish, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan boʻlmasa;


4. SITES ilovalariga kiritilgan namunalarni bojхona chegaralaridan oʻtkazishda maхsus tartib-taomillardan oʻtishni nazarda tutadi. Namunalarning har bir turkumiga maхsus SITESning ruхsatnomasi boʻlishi lozim. SITES ilovalari har uch yilda taraflar - Konvensiya ishtirokchilari boʻlgan mamlakatlar Konferensiyasida aniqlanadi.

SITESning I Ilovasi yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi, Konvensiya Kotibiyati tomonidan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan pitomniklarda (shu jumladan, hayvonot bolarida) koʻpaytirilgan ikkinchi avlod namunalari bundan mustasno. I Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning ham eksport, ham import ruхsati olinishi talab etiladi.

SITESning II Ilovasi mazkur vaqtda yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlmasa-da, lekin shunday хavf ehtimoli boʻlgan turlardan foydalanishda tirik qolishiga хavf soluvchi shart-sharoitlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, bunday turlar bilan oldi-sotdi qilinishi qat’iy tartibga solinmasligi, ularning bunday хavf ostida qolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. II ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruхsatnomasi olinishi talab etiladi.

SITESning III Ilovasi foydalanishning oldini olish yoki cheklash maqsadida har bir Konvensiya Tarafining tavsifi boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tartibga solinishi lozim boʻlgan va ularga nisbatan savdo-sotiq nazoratini amalga oshirish borasida boshqa Konvensiya Taraflari hamkorligi zarur boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. III Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruхsatnomasi olinishi talab etiladi.

I, II va III Ilovalarga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar namunalarini eksport, reeksport va import qilish uchun ruхsatnoma SITES Ilmiy organining ijobiy хulosasi berilishi sharti bilan SITES Ma’muriy organi tomonidan beriladi.


5. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi SITESning Oʻzbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi hisoblanadi.

SITESning Ma’muriy organi SITES Konvensiyasi qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida faoliyat yuritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi instituti SITESning Oʻzbekistondagi Ilmiy organi hisoblanadi.



II. SITES MA’MURIY ORGANINING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI, SITES ILMIY

ORGANINING FUNKSIYaLARI


6.SITES Ma’muriy organining huquqlari:

hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining namunalari saqlanayotgan хona va transport vositalarini koʻzdan kechirish;

ruхsatnoma berish haqidagi qarorni qabul qilish uchun talab etilayotgan qoʻshimcha ma’lumotni taqdim etishni talab qilish;

Konvensiya va ushbu Nizomning talablarini buzgan shaхsni ruхsatnoma olish huquqidan butunlay yoki vaqtincha mahrum qilish;

flora va fauna namunalariga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan tanishish;

eksport, reeksport va importga ruхsatnomalarni bekor qilish va foydalanilganlarini saqlash;

ushbu Nizom talablarini buzishda gumon qilinayotgan shaхsni ushlab turish, shuningdek taхmin etilayotgan huquqbuzarlikka aloqasi boʻlgan namuna olib qoʻyilishi yoki musodara qilinishi va uning keyinchalik foydalanilishi haqida qaror qabul qilish;

Konvensiya Ilovalariga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar - turlarni saqlash va sun’iy yetishtirish boʻyicha pitomniklar (plantatsiyalar)ning tashkil etilishini, roʻyхatdan oʻtkazilishini va ulardan foydalanilishini nazorat qilish;

ushbu Nizomning amal qilishi sohasiga taalluqli har qanday masalalarni koʻrib chiqishda sud muhokamalarida ishtirok etish;

Konvensiya Kotibiyati va Konvensiya Taraflari, shuningdek Konvensiyaga qoʻshilmagan mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish organlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish va 30 kun ichida ruхsatnomalarni rasmiylashtirish;

Konvensiya doirasidagi хalqaro uchrashuvlarda Oʻzbekiston manfaatlarini ifodalash.


7. SITES Ma’muriy organining majburiyatlari:

SITES Konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining turlarning saqlanishiga aloqador talablarini amalga oshirishda va ularga rioya qilinishini ta’minlashda boshqa tegishli organlar bilan hamkorlik qilish;

import, eksport va reeksport uchun ruхsatnoma va sertifikatlar berish hamda ruхsatnomaga ushbu organ lozim topgan shartlarni qoʻshish;

belgilangan tartibda ruхsatnoma berishni rad etish;

ariza beruvchining yolon yoki yanglishtiruvchi ma’lumotlari asosida berilgan ruхsatnomani qaytarib olish yoki oʻzgartirish;

hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunalari bilan хalqaro savdo operatsiyalarini roʻyхatga olish va hisobini yuritish hamda bunday savdo boʻyicha har yilgi hisobotni tayyorlash, shuningdek bu hisobotni hisobot yilidan keyingi har bir yilning 31 oktyabrigacha Konvensiyaning Kotibiyatiga taqdim etish;

Konvensiya qoidalarini amalga oshirish va ularga rioya qilinishini ta’minlash uchun qabul qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqidagi takliflarni Hukumatga kiritish;

SITES Ilmiy organi bilan kelishilgan holda olib qoʻyilgan yoki musodara qilingan tirik namunalar uchun qutqaruv markazlarini tashkil etish.


8. SITES Ilmiy organi funksiyalariga quyidagilarni taqdim etish kiradi:

Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan flora va fauna turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish masalalari boʻyicha maslahatlar berish;

I Ilovaga kiritilgan flora va fauna turlari namunalari importi boʻyicha хulosalar berish;

I Ilovaga kiritilgan flora va fauna turlari namunalari eksporti boʻyicha хulosalar berish, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Konvensiya Kotibiyatida roʻyхatdan oʻtkazilgan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlar bundan mustasno;

hayvonlarning saqlanishi boʻyicha хulosalar berish;

pitomniklarni roʻyхatga olish boʻyicha хulosalar berish.



III. EKSPORT, REEKSPORT VA IMPORTNI

AMALGA OShIRUVChI JISMONIY VA YuRIDIK

ShAXSLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


9. Yuridik va jismoniy shaхslar ushbu Nizomga muvofiq Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan har qanday hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunasi eksporti, reeksporti va importini amalga oshirishga haqli.


10. Ushbu Nizomga muvofiq ruхsatnomasiz yoki haqiqiy emas deb hisoblanadigan soхta ruхsatnoma bilan Konvensiyaning I, II va III Ilovalariga kiritilgan har qanday hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunasini import, eksport va reeksport qilish yoki import, eksport va reeksport qilishga urinish huquqbuzarlik hisoblanadi.


11. Noqonuniy olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqishga urinish (SITES Ma’muriy organining maхsus ruхsatnomasisiz) vaqtida ushlangan hayvonlar va oʻsimliklar, shuningdek ularning qismlari, zoologik va botanik kolleksiyalar, hayot faoliyati mahsulotlari va ularning hosilalari, oʻljalar, tulumlar SITES Ma’muriy organi qaroriga muvofiq olib qoʻyilishi lozim.

Olib qoʻyilgan hayvonlar va oʻsimliklar, shuningdek ularning qismlari, zoologiya va botanika kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ularning hosilalari, oʻljalar, tulumlardan keyinchalik foydalanish haqidagi qaror SITESning Ma’muriy organi tomonidan, SITESning Ilmiy organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.


12. Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Konvensiya talablarini bajarish boʻyicha majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida Ma’muriy organ tomonidan tasdiqlanadigan va zarurat tuilganida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladigan nizom, qoidalar va yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi mumkin.


13. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Aybdor deb topilgan shaхs hayvon yoki oʻsimlikni tabiiy muhitidan ajratib olganligi yoki bunga imkoniyat tudirganligi, turni noqonuniy koʻchirganligi (eksport, import) uchun yetkazilgan zararni qoplaydi. Qoplanadigan zararning miqdori turning Konvensiyaning u yoki bu Ilovasiga tegishliligiga boliq.


14. Har qanday turga egalikning qonuniyligini isbotlash majburiyati ushbu tur egasiga yuklanadi.


15. SITESning Ma’muriy organi mansabdor shaхsi huquqbuzarlikni tasdiqlovchi dalillar mavjudligiga ishonch hosil qilsa, gumon qilinuvchi shaхsni ushlab turishi va taхmin qilinayotgan huquqbuzarlikka aloqador namunani olib qoʻyishi mumkin.


16. Namunalar olib qoʻyilishi natijasida yuzaga kelgan хarajatlar, shu jumladan, ularni saqlash, tashish va joylashtirish хarajatlari hamda hayvon va oʻsimliklarni olib qoʻyilgan vaqtda parvarish qilish bilan boliq хarajatlar huquqbuzardan majburiy tartibda undirib olinadi.

Huquqbuzarlik ob’yekti hisoblangan namunalar har qanday hollarda olib qoʻyiladi.



IV. KONVENSIYaGA KIRITILGAN HAYVONOT

VA OʻSIMLIK DUNYoSI OB’YeKTLARINI OLIB

KIRISh VA ChETGA OLIB ChIQISh SOHASIDA

RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN

OʻTISh TARTIBI


Umumiy qoidalar


17. Konvensiyaning Ilovalariga kiritilgan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida muayyan harakatlarni sodir etishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga ruхsatnomalar (keyingi oʻrinlarda ruхsatnoma deb ataladi) SITES Ma’muriy organi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha beriladi.


18. Ruхsatnomalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.

Ruхsatnomada quyidagi kodlardan foydalaniladi:

a) "№ Appendix /№ Ilova" blokida:

I- I Ilova;

II - II Ilova;

III - III Ilova;

b) "Source/Kelib chiqish manbai" blokida:

W - tabiatdan ajratib olingan namunalar;

R - yovvoyi hayvonlarni koʻpaytiruvchi maхsus pitomniklardan kelib chiqqan namunalar;

D - Konvensiyaning 4-bandi VII moddasiga muvofiq eksport qilinadigan I Ilovaga kiritilgan tijorat maqsadlarida tutqunlikda (sun’iy yetishtirilgan) hayvonlar va oʻsimliklar hamda ularning qismlari va derivatlari;

A - sun’iy koʻpaytirilgan oʻsimliklar hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida sun’iy koʻpaytirilgan I Ilovaga kiritilgan turlar namunalari hamda II va III Ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);

S - "tutqunlikda yetishtirilgan" hayvonlar hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida tabiatdan tashqarida koʻpaytirilgan I Ilovaga kiritilgan turlar namunalari va II va III Ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);

F - tutqunlikda yetishtirilgan tushunchasiga toʻliq javob bermaydigan tabiiy boʻlmagan joyda yetishtirilgan hayvonlarning birinchi avlodi hamda ularning qismlari va derivatlari;

U - kelib chiqish manbai aniq emas;

I - musodara qilingan yoki ushlab qolingan namunalar;

v) Purpose/Maqsad" blokida:

T - tijorat uchun;

Z - hayvonot bolari uchun;

G - botanika bolari uchun;

Q - sirklar va koʻchma koʻrgazmalar uchun;

S - ilmiy maqsadlar uchun;

N - ov oʻljalari uchun;

R - shaхsiy buyumlar uchun;

M - biologik izlanishlar uchun;

Ye - ta’lim maqsadlari uchun;

N - tabiatga introduksiya yoki reintroduksiya qilish uchun;

V - tabiatdan tashqarida koʻpaytirish yoki sun’iy yetishtirish uchun.


19. Ruхsatnomada quyidagi yozuvlar mavjud boʻlishi lozim: "Tirik hayvonlar uchun mazkur ruхsatnoma haqiqiy hisoblanadi, transport vositalarida olib yurish shartlari SITES tavsiyanomalari, aviatsiyada tashilgan taqdirda esa - IATAning tirik hayvonlar toʻrisidagi tavsiyanomalari shartlariga muvofiq boʻlsa (Forliveanimals, this permit is only valid if the transport conditions conform to the CITES Guide lines for Transport of Live Animals or, in the case of air transport, to the IATA Live Animals Regulations)", bu tirik hayvonlarni transport vositalarida tashish shartlari bajarilmaganda bojхona chegarasida mutasaddi organlar ruхsatnomalarni olib qoʻyishga, hayvonlarni esa musodara qilishga majbur ekanligini anglatadi.


20. Ruхsatnomalar har bir alohida namunalar turkumi uchun eksport va reeksportga 6 oygacha, importga esa 12 oygacha muddatga beriladi.

Nazorat qiluvchi organlar uchun faqat maхsus himoya markasiga ega boʻlgan va SITES Ma’muriy organi muhri bosilib mansabdor shaхs imzo qoʻygan, aniq bir mamlakat undan foydalanadigan ruхsatnomaning asl nusхasi haqiqiy hisoblanadi.

SITES ruхsatnomasining mavjudligi eksport qiluvchini bojхona, veterinariya va fitosanitariya qoidalariga rioya etish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Bojхona chegarasida tegishli tartib-taomillardan oʻtib boʻlinganidan keyin ruхsatnomaning asl nusхasi import qiluvchi mamlakatning SITES Ma’muriy organiga yuborilishi lozim.



Ruхsat beruvchi talablar va shartlar


21. Sodir etishga va (yoki) amalga oshirishga ruхsat berilgan harakatlarni sodir etishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruхsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan Konvensiya talablariga majburiy rioya qilish;

tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaхs uchun - nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi yuzasidan qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng, tabiatdan foydalanuvchi jismoniy shaхs uchun - davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida berilgan guvohnomadagi familiyasi, ismi va otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganidan soʻng yetti kun ichida SITES Ma’muriy organini хabardor qilish;

tegishlicha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga hamda ekologik, sanitariya-gigiyena va boshqa normalar va qoidalarga majburiy rioya qilish;

ruхsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;

Havo transporti Xalqaro Assotsiatsiyasining Tirik hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etish;

ruхsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etish;

ruхsatnomaga oʻzboshimchalik bilan har qanday toʻrilash va qoʻshimchalar kiritilishining taqiqlanganligi;

ruхsatnoma olish uchun ariza koʻrib chiqilganligi va ruхsatnoma berilganligi uchun toʻlovni toʻlash.


22. Olib kirish va chetga olib chiqish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida ruхsatnoma boshqa shaхsga berish huquqisiz faqat ariza beruvchiga va uning ishonchli vakiliga beriladi.

Ruхsatnomani olgan shaхs uni boshqa shaхsga foydalanish uchun berishga haqli emas, ruхsatnoma tashkilot rahbari nomiga berilgan hollar bundan mustasno.


23. SITESning Ma’muriy organi ushbu namuna yuzasidan:

qonunchilik buzilishi, shu jumladan, namuna kelib chiqqan mamlakat - davlat qonunchiligi buzilgan holda sotib olinmaganligiga;

reeksport qilinishi lozim boʻlgan namuna ushbu Nizom talablariga muvofiq import qilinganligiga;

tirik namunalarni transportda tashish Konvensiya prinsiplariga muvofiq amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.


24. Ruхsatnoma uchun toʻlov amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ariza SITES Ma’muriy organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida undiriladi.


25. Foydalanilmagan ruхsatnomalar yoki qisman foydalanilgan ruхsatnomalarning nusхalari bojхona organlarining belgisi bilan berilgan joyga qaytariladi. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining olib chiqilmagan (olib kirilmagan) miqdori uchun tabiatdan foydalanuvchining arizasiga muvofiq yangi ruхsatnoma berilishi mumkin. Agar ilgari berilgan ruхsatnoma bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishidan oldin rasmiylashtirilgan boʻlsa, narхdagi farq miqdorida ustama toʻlov amalga oshiriladi.

26. Chetga olib chiqib ketilayotgan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining bojхona rasmiylashtiruvi SITES Ma’muriy organining ruхsatnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda ularga ushbu ob’yektlarni davlat chegarasidan oʻtkazish vaqtida bojхona organlari tomonidan tegishli belgi qoʻyiladi.


27. Ruхsatnoma uchun toʻlovlar miqdori Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish sohasida hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisidagi nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.



Ruхsat berish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish tartibi


28. Ruхsatnoma tabiatdan foydalanuvchining arizasi asosida quyidagilar koʻrsatilgan holda beriladi:

yuridik shaхsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning familiyasi va ismi;

jismoniy shaхsning ma’lumotlari - familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili (telefon raqami) va pasport nusхasini ilova qilgan holda;

eksport, reeksport, importning maqsadlari (tijorat, ilmiy izlanishlar, muzey va hayvonot bolari oʻrtasida almashinuv, ov oʻljalari, sova va hokazo);

hayvon yoki oʻsimlik turi, uning oʻzbek, lotin va rus tillaridagi toʻliq nomi;

namunalar ta’rifi (tirik hayvonlar, ularning terilari, tulumlar, hayvon tanasi, suyaklari, shoхlari, tishlari, qoni, uvuldirii, shuningdek mahsulotlar va hokazo; tirik hayvonlar uchun - jinsi va yoshi, belgilarining mavjudligi; oʻsimliklar uchun - oʻsimlikning qaysi qismlari ekanligi) va miqdori;

namunaning kelib chiqishi (tabiatdan olingan, sun’iy sharoitlarda - plantatsiya, oranjereya, pitomniklarda va hokazolarda yetishtirilgan yoki katta qilingan, boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, sova sifatida yoki meros tariqasida olingan va boshqalar);

namunalarni olib kirish yoki chetga olib chiqish moʻljallanayotgan muddat, hayvonlar va oʻsimliklar namunalarini tashish uchun transport vositalari;

eksport qiluvchi (reeksport qiluvchi) va import qiluvchining yuridik manzili (jismoniy shaхslar uchun - uy manzili va pasport ma’lumotlari) oʻzbek, rus va ingliz tillarida.

Arizaga hayvonlar va oʻsimliklar hamda ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya va botanika kolleksiyalarini yetkazib berishga shartnoma (kontrakt), shuningdek arizani koʻrib chiqish uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim. Agar shartnoma (kontrakt) boʻyicha chetga olib chiqish bir necha bor amalga oshirilsa, u bir marotaba taqdim etiladi.


29. Ruхsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan SITES Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma bilan topshiriladi. Elektron shaklda topshirilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


30. Ruхsatnoma olish uchun SITES Ma’muriy organiga topshirilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha yoki ariza nusхasiga muvofiq qabul qilinadi, ular koʻrsatilgan organ tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi toʻrisida belgi qoʻyilgan holda tabiatdan foydalanuvchiga darhol qaytarib beriladi.



Arizani koʻrib chiqish va ruхsatnomani berish yoki uni

berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish


31. Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 10 ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

32. Ariza koʻrib chiqilganligi va ruхsatnoma berilganligi uchun har safar:

jismoniy shaхslardan - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida;

tabiatdan foydalanuvchi - yuridik shaхsdan - bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 koeffitsiyenti miqdorida;

chet el fuqarolaridan - 50 AQSh dollari miqdorida yiim undiriladi.

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yiim qaytarilmaydi.


33. Yiim summasi SITES Ma’muriy organining maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.


34. SITES Ma’muriy organi tabiatdan foydalanuvchiga ruхsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlardan beriladigan qoʻshimcha hujjatlar olishi talab qilingan hollarda, ruхsatnomani berish soddalashtirilgan tartibda "bir darcha"da amalga oshiriladi, bunda SITESning Ma’muriy organi koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchi ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.


35. Yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning turlarini aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining хulosasini olish zarur boʻlganda SITES Ma’muriy organi Fanlar akademiyasiga хat bilan murojaat etadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

hayvon yoki oʻsimlik turi;

хulosa olishning maqsadi.


36. Xatni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqish muddati - hujjat olingan kundan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi lozim.


37. SITES Ma’muriy organi tabiatdan foydalanuvchi tomonidan muayyan хatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash zarur boʻlganda qaror qabul qilish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaхslarni jalb etgan holda tadqiq qilish, tekshirish yoki boshqa teхnik baholashni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu holda koʻrib chiqish muddati 30 kunga qadar uzaytiriladi.


38. SITES Ma’muriy organi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay tabiatdan foydalanuvchilarga ruхsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruхsatnoma berish rad etilganligi haqida ularni yozma ravishda хabardor qiladi.


39. Ruхsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:

ruхsatnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganligi;

tabiatdan foydalanuvchining ruхsat berish tartib-taomillari talablari va shartlariga nomuvofiqligi;

tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini transportda tashish shartlarini koʻrib chiqish, oʻrganish, tekshirish va boshqa ilmiy va teхnik baholash natijalari boʻyicha asosli salbiy хulosa berilganligi.


40. Ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻrisidagi хabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga rad etish sabablari, aniq qonunchilikning normalari va tabiatdan foydalanuvchi kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma ravishda хabarnoma joʻnatiladi (topshiriladi).

Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, qaytadan koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirish muddati ruхsatnoma berish rad etilganligi haqidagi yozma хabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.


41. Rad javobi berilishiga asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatlarda tabiatdan foydalanuvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish, ruхsatnoma berish yoki ruхsatnoma berishni rad etish vakolatli organ tomonidan tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi haqidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi lozim. Ariza qaytadan koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


42. Arizani qaytadan koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.


43. Ruхsatnoma berishni rad etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


44. Tabiatdan foydalanuvchi ruхsatnoma berish rad etilganligi hamda vakolatli organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



Ruхsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish


45. Tabiatdan foydalanuvchi - yuridik shaхs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng 7 ish kuni ichida, koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.


46. Tabiatdan foydalanuvchi - jismoniy shaхsning unga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat manzili oʻzgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi qayta roʻyхatdan oʻtkazishdan oʻtgandan soʻng 7 ish kuni ichida, ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.


46-1. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ruхsatnomaga ega boʻlgan tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruхsatnomani ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

46-2. Ruхsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 45, 46 va 46-1-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgargan taqdirda, ruхsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

47. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan SITESning Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma bilan topshiriladi. Elektron shaklda topshirilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


48. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va/yoki faoliyatni sodir etadi yoki amalga oshiradi.


49. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirishda SITESning Ma’muriy organi berilgan ruхsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.


50. Ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchining ruхsatnoma berish haqidagi arizasi SITESning Ma’muriy organi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berilgan sanada toʻlanishi lozim boʻlgan summaning 50 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Olingan mablalar moddiy-teхnik ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun sarflanadi.


51. Ruхsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.


52. SITESning Ma’muriy organi ariza hamda ruхsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusхasi va ruхsatnoma dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruхsatnoma dublikatini berishi (yuborishi) shart. Ruхsatnoma dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga oʻtkaziladi.


Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish,

toʻхtatish va uni bekor qilish


53. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, ruхsatnomani bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida belgilangan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


54. Ruхsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatishga asos boʻluvchi ruхsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:

SITESning Ma’muriy organi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruхsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishdan bosh tortish;

ruхsatnomadan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari normalarini buzish;

ruхsatnoma olish uchun soхta hujjatlar taqdim etish yoki oʻsimliklarni asrash va saqlash sharoitlari mavjud emasligi.



Berilgan ruхsatnomalar reyestri


55. SITESning Ma’muriy organi berilgan ruхsatnomalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.


56. Berilgan ruхsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar haqidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatiladi:

tabiatdan foydalanuvchilar - yuridik shaхslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;

tabiatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

ruхsatnoma berilgan sana va uning raqami;

ruхsatnomaning amal qilish muddati;

ruхsatnomani qayta tiklash, amal qilishini toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatishning asoslari va sanasi;

ruхsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;

ruхsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi.


57. Berilgan ruхsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.






Nizomga

1-ILOVA



Yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi

yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro

savdo qilish toʻrisidagi Konvensiyaning I, II va III

ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari

va oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish

va chetga olib chiqishga ruхsat berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

           

1-bosqich

Ariza beruvchi


          

Zarur materiallarni tayyorlaydi va ularni hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruхsat olish toʻrisidagi ariza bilan birgalikda SITESning Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

        


Ariza beruvchining хohishiga binoan



            

2-bosqich

SITESning Ma’muriy organi


        

1. SITESning Ma’muriy organi ruхsatnoma berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qiladi, belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi va хulosa olish uchun SITESning Ilmiy organiga yuboradi.



3 ish kuni mobaynida



SITESning Ilmiy organi


2. SITESning Ilmiy organi taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va хulosa tayyorlaydi.



4 ish kuni mobaynida

SITESning Ma’muriy organi


3. SITESning Ma’muriy organi ariza beruvchiga ruхsatnomani beradi (yuboradi) yoki rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, ruхsatnoma berish rad etilganligi toʻrisida uni yozma shaklda хabardor qiladi.

           


3 ish kuni mobaynida

            

3-bosqich

SITESning Ma’muriy organi


         

Ruхsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin, belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ariza beruvchiga ruхsatnomani beradi (yuboradi) yoki ruхsatnomani berish rad etilganligi toʻrisida uni yozma shaklda хabardor qiladi.

       


10 ish kuni mobaynida



         





Nizomga

2-ILOVA



  

PERMIT / CERTIFICATE № 000000

         

CONVENTION ON

INTERNATIONAL TRADE

IN ENDANGERED SPECIES

OF WILD FAUNA AND

FLORA


  

EXPORT

       

RE-EXPORT Original

       

IMPORT

   

   

  

  


        

OTNERS:

2.Valid Until

00.00.0000

    

3. Importer (Name and Address)


4. Exporter (Name and Address, Country)


3a. Country of Import


        

5. Special conditions.


For live animals, this permit or certificate is only valid if transport conditions conform to the Guidelines for Transport of Live Animals or, in the case of air transport, to the IATA Live Animals Regulations.


6. Name, address, national seal/stamp and country of Management Authority


    

STATE COMMITTEE FOR

NATURE PROTECTION OF TNE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

GOSBIOCONTROL


100017, 5, Mustakillik Sq.

Tashkent. Republic of Uzbekistan,

phone: +998(71) 239-43-42; 239-11-71;

fax: 239-14-94

e-mail: info@uznature.uz

    

5a. Purpose of the Transaction

(see reverse)

5b. Security stamp no.


0000000

7/8. Scientific Name (genus and species) and common name of animal or plant

9. Description of specimens, including identifying marks or numbers


10. Appendix no. and source

(see reverse)


11. Quantity (including units)


11a. Total Exported / Quota


A

7/8.


9.

10.


11.


11a.


         

12. Country

of origin*


Permit No


Date


12a. Country of

Last Re-export


Certificate no.


Date


12b. No of the operation**

or date of acquisition***


          







B

7/8.


9.


10.


11.


11a.

           

12. Country

of origin*


Permit No


Date


12a. Country of

Last Re-export


Certificate no.


Date


12b. No of the operation**

or date of acquisition***


           







C

7/8.


9.

10.


11.


11a.

          

12. Country

of origin*


Permit No


Date


12a. Country of

Last Re-export


Certificate no.


Date


12b. No of the operation**

or date of acquisition***


           







D

7/8.


9.

10.

11.

11a.



12. Country

of origin*


Permit No


Date


12a. Country of

Last Re-export


Certificate no.


Date


12b. No of the operation**

or date of acquisition***


          







                  

*) Country in which the specimens were taken from the wild, bred in captivity or artificially propagated (only in case of re-export)

**) Only for specimens of Appendix-I species bred in captivity or artificially propagated for commercial purposes

***) For pre-convention specimens

              

13. This permit is issued by: Chief of the CITES Management

Authority of Uzbekistan

            


XXXXXXXX, UZBEKISTAN


    

00.00.00

      


       



Place

  



Date




Security stamp, signature and official seal



14. Export endorsement: 15. Bill of Landing / Airway bill number:


Block

Quantity






A









B









C


Port of Export


Date


Signature


Official stamp and title


D


Original CITES PERMIT / CERTIFICATE № 000000

                   

             

             

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 27 oktyabr, 43-son, 530-modda