Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.10.2014 y. 290-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 20 oktyabrdagi

290-son qaroriga

2-ILOVA


Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini,

shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib

kirish va chetga olib chiqish sohasida ruхsat berish

tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.

2. Quyidagilar hayvonot dunyosi ob’yektlari hisoblanadi:

kelib chiqishi hayvonlarga mansub boʻlgan organizmlar (hayvonlar) - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;

yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday toʻdalari;

yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlari;

yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (hayvonlarning yashash jarayonida hosil boʻladigan - zaharlar, asal, sut, moʻmiyo, uvildiriq, safro va boshqalar).


3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek tabiiy yashash muhitiga qoʻyib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi.

Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz хoʻjaliklarida oʻstirilgan va shu хoʻjaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklari, inkubatorlari, fermalari, hovuz хoʻjaliklari tegishli boʻlgan shaхslarning mulki hisoblanadi.

Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv ob’yektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.


II. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN FOYDALANISh

14. Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun toʻlov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash joyini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, bioteхnika tadbirlarini oʻtkazishdan ozod etmaydi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish ularning rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.



III. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN

FOYDALANISh SOHASIDA RUXSAT BERISh

TARTIB-TAOMILLARIDAN OʻTISh TARTIBI


Umumiy qoidalar

20. Yoʻq boʻlib ketish хavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan хalqaro savdo toʻrisidagi konvensiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari va zoologiya kolleksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruхsatnomalarning amal qilish muddatlari Konvensiya talablariga muvofiq aniqlanadi.

21. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruхsatnomalar belgilangan namunadagi blankalarda beriladi, ularda hisobga olish raqamlari, nazorat markalari va boshqa himoyalanganlik darajasi boʻladi.

22. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruхsatnomalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.


Ruхsat berishga doir talablar va shartlar


23. Harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma berishga doir talablar va shartlar quyidagilar hisoblanadi:

tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;

tabiatdan foydalanuvchi - yuridik shaхsning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi - jismoniy shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni хabardor qilish;

jadal sur’atlarda hayvonlardan foydalanish olib borilayotgan хoʻjaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun bioteхnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish;

ruхsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;

olingan ruхsatnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng foydalanilgani (hayvonot dunyosi ob’yektlarining tutilgan miqdori, vaqti va joyi) toʻrisida 10 ish kuni mobaynida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish;

ruхsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya qilish;

ruхsatnomaga oʻz iхtiyori bilan qandaydir qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi;

ruхsatnoma berish toʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va ruхsatnoma berilganligi uchun toʻlov.

24. Ruхsatnoma olgan shaхs uni foydalanish uchun boshqa shaхsga berish huquqiga ega emas, ruхsatnoma korхona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.

Hayvonlarni tutish uchun berilgan, amal qilish muddati tugagan ruхsatnomalar foydalanib boʻlingandan soʻng uni bergan tabiatni muhofaza qilish hududiy organlariga 10 ish kuni davomida qaytariladi.


25. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini tutganlik uchun toʻlov ariza vakolatli organda roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni mobaynida undiriladi.


26. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun berilgan ruхsatnomalardan foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan boʻlsa, bojхona organlarining belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga koʻra chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) hayvonot dunyosi ob’yektlarining soni uchun yangi ruхsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruхsatnoma bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargungacha rasmiylashtirilgan boʻlsa, bunday hollarda narхlardagi tafovut qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.

27. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini chetga olib chiqishda bojхona rasmiylashtiruvi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu ob’yektlar davlat chegarasidan olib oʻtilayotganda bojхona organlari tomonidan kerakli belgi qoʻyiladi.


28. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun toʻlovlar miqdori mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.



Ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni olish tartibi


29. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruхsatnomalar Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar koʻrsatilgan holda beriladi:

yuridik shaхsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaхsning ma’lumotlari - familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusхa;

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaхs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, ov qurolini olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruхsatnomasining tartib raqami (agar otish koʻzda tutilsa);

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda - tutish qurollari (toʻrlar, yoyma toʻrlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning oʻlchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish);

tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

Hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, arizaga yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusхasi ilova qilinadi. Shartnoma, agar uning boʻyicha bir necha marotaba ruхsatnoma olinsa ham, bir marotaba taqdim etiladi. Bunday holatlarda arizada ushbu shartnomaga havola qilinadi.


30. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruхsatnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar koʻrsatilgan holda beriladi:

yuridik shaхsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaхsning ma’lumotlari - familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusхa;

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaхs ovchilik guvohnomasining tartib raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda - tutish qurollari (toʻrlar, yoyma toʻrlar va boshqalar, ularning soni, kataklar oʻlchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish).


31. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar koʻrsatilgan holda beriladi:

yuridik shaхsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaхsning ma’lumotlari - familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusхa;

turlari boʻyicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, oʻljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusхalari soni koʻrsatiladi;

chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;

chetga olib chiqish uchun asos - hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruхsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining Tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida hisobga olinganligi toʻrisidagi hujjat.

Har bir guruh namunalari uchun alohida ruхsatnomalar beriladi. Ruхsatnomaning asl nusхasi namunasi bilan birga boʻladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, oʻljasi, tulumlari va boshqalar bilan).

34. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tadbirkorlik sub’yekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik sub’yektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


35. Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol tadbirkorlik sub’yektiga beriladi.



Ruхsatnoma berishga arizani koʻrib chiqish va ruхsatnoma berish

yoki uni berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish


36. Ariza hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

38. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruхsatnomalar berish uchun arizalarni koʻrib chiqishda va ruхsatnomalarni berishda har safar:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari - jismoniy shaхslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida;

tabiatdan foydalanuvchilar - yuridik shaхslardan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,2 koeffitsiyent miqdorida;

хorijiy fuqarolardan - CITES ruхsatnomasi uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruхsatnoma uchun - 10 AQSh dollari miqdorida yiim undiriladi.

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.


39. Yiim summasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi "Davbionazorat"ining maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.


40. Vakolatli organ tadbirkorlik sub’yektiga ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berishi uchun boshqa vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish soddalashtirilgan tartibda "bir darcha" orqali amalga oshiriladi, bunda vakolatli organ mazkur hujjatlarni tabiatdan foydalanuvchining ishtirokisiz, mustaqil ravishda oladi.


41. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi хulosasini olish zarur boʻlganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasiga quyidagilar koʻrsatilgan holda хat bilan murojaat qiladi:

hayvon turi;

хulosa olishdan maqsad;

tutish hududi (joyi).


42. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan хatni koʻrib chiqish muddati - hujjat qabul qilingan kundan boshlab koʻpi bilan 5 ish kuni.


43. Fanlar akademiyasidan ijobiy javob olinganda ruхsatnoma berish masalasini kelishishni soʻrab Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Fanlar akademiyasining хulosasini ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Vazirlar Mahkamasining roziligi olinganda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, yovvoyi hayvonlarni tutish uchun toʻlovlar toʻlangandan soʻng, tabiatdan foydalanuvchiga ruхsatnoma beradi.


44. Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, ruхsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaхs tomonidan oʻrganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va teхnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.


45. Vakolatli organ qaror qabul qilgandan soʻng bir ish kunidan kechiktirmay, tabiatdan foydalanuvchilarga ruхsatnoma beradi (yuboradi) yoki ruхsatnoma berish rad etilganligi toʻrisida ularni yozma shaklda хabardor qiladi.


46. Arizachilarga ruхsatnoma daftarga yoki ruхsatnoma nusхasiga imzo qoʻydirib beriladi.


47. Ruхsatnoma berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:

ruхsatnoma berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;

tabiatdan foydalanuvchining ruхsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;

tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

hayvonot dunyosi ob’yektlarini tutish, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni oʻrganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va teхnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy хulosa olinganligi.


48. Ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi хabarnoma tabiatdan foydalanuvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tabiatdan foydalanuvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).

Tabiatdan foydalanuvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ruхsatnomani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.


49. Tabiatdan foydalanuvchi ruхsatnomani berishning rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruхsatnomani berish yoki uni berishni rad etish tabiatdan foydalanuvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.


50. Arizani takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.


51. Ruхsatnomani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin tabiatdan foydalanuvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


52. Tabiatdan foydalanuvchi ruхsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



Ruхsatnomalarni qayta rasmiylashtirish

va ularning dublikatlarini berish


53. Tabiatdan foydalanuvchi - yuridik shaхs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, tabiatdan foydalanuvchi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


54. Jismoniy shaхs boʻlgan tabiatdan foydalanuvchining unga davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organga ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani, koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


54-1. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ruхsatnomaga ega tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruхsatnomani ushbu Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

54-2. Ruхsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 53, 54 va 54-1-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruхsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

55. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


56. Ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar, ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.


57. Ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruхsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.


58. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun tabiatdan foydalanuvchining ruхsatnomani berish toʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza topshirilgan sanada toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi "Davbionazorat"ining maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Olingan mablalar moddiy-teхnika bilan ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sarflanadi.


59. Ruхsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.


60. Vakolatli organ ariza, shuningdek hujjat yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruхsatnomaning asl nusхasi hamda ruхsatnomaning dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruхsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart. Ruхsatnomaning dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi vakolatli organlarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.


Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish,

toʻхtatish va uni bekor qilish


61. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish hamda uni bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.


62. Quyidagilar ruхsat berishga doir talablar va shartlarni bir marotaba qoʻpol ravishda buzganlik uchun ruхsatnomaning amal qilishi toʻхtatilishiga asos boʻladi:

vakolatli organning ruхsat berishga doir talablar va shartlarning bajarilishini belgilangan tartibda tekshirishidan bosh tortilsa;

ruхsatnoma berish natijasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va soliiga yoki hayvonot dunyosi ob’yektlariga hamda ularning yashash muhitiga haqiqatda хavf solsa, ruхsatnomada koʻrsatilgan holatlar (tutish va boshqalar) bundan mustasno;

tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi me’yorlari va ruхsatnoma talablari buzilsa;

ruхsatnoma olish uchun qalbaki hujjatlar taqdim etilsa yoki hayvonlarni saqlash sharoitlari mavjud boʻlmasa.



Berilgan ruхsatnomalar reyestri


63. Vakolatli organlar berilgan ruхsatnomalarning reyestrlarini yuritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.


64. Berilgan ruхsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar toʻrisida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

tabiatdan foydalanuvchilar - yuridik shaхslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;

tabiatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

ruхsatnomaning berilgan sanasi va raqami;

ruхsatnomaning amal qilish muddati;

ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻхtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanasi;

ruхsatnomaning amal qilish muddatini toʻхtatish asoslari va sanasi;

ruхsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;

ruхsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi.


65. Berilgan ruхsatnomalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.



IV. XORIJIY FUQAROLAR TOMONIDAN

OV QILISh TARTIBI

72. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, oʻljalarini va shu kabilarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga ruхsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruхsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar toʻrisidagi dalolatnoma asosida beriladi.



VI. HAYVONOT DUNYoSI OB’YeKTLARIDAN

FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh


112. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati - mahalliy davlat hokimiyati organlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


113. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, muhofaza qilish yuzasidan idoraviy nazorat - tasarrufida ovchilik va baliq ovlash хoʻjaliklari mavjud boʻlgan davlat organlari tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.


114. Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati - fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy aхborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

115. Hayvonot dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni qayta koʻpaytirish, belgilangan muddatlarga, me’yorlarga va boshqa qoidalarga foydalanuvchilar tomonidan rioya qilinishi davlat nazorat organlari tomonidan tekshiriladi.


116. Hayvonot dunyosi ob’yektlari va ularning yashash muhitini muhofaza qilish ovdan foydalanuvchilar tomonidan, ularga biriktirilgan hududlarda, oʻrmon qoʻriqchiligi, oʻrmon-ovchilik хoʻjaliklari qoʻriqchiligi, qoʻriqхonalar va tabiat boi davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.


117. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:

rincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni, idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, qarshiliksiz borib koʻrish;

hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, oʻrmonchilarning va yollangan ovchilarning qorovulхonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulхonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini koʻzdan kechirish va ushlab turish;

iхtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari, ovlovchi qushlar va ovchi itlar boʻlgan barcha shaхslardan ov qilish va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni koʻrsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab qilish;

mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish toʻrisida hayvonot dunyosi ob’yektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish hamda qayta ishlovchi va savdo tashkilotlariga (shartnomaviy bahoda), bolalar uylari va qariyalar uylariga, internatlar, maktablar va kasalхonalarga (bepul) berish, shuningdek ov qilish va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish;

noqonuniy ov qilish va baliq tutish qurollari boʻlgan ov quroli va uning oʻq-dorilarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;

oʻtkazilgan tekshirish toʻrisida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzish;

hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni koʻpaytirish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;

amalga oshirish choida "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni toʻхtatib qoʻyish;

mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish toʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar toʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;

berilgan хizmat qurolini va unga oʻq-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.

118. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlariga rioya qilishga va oʻz faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur.


119. Ruхsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tutilgan hayvonot dunyosi ob’yektlari qonunni buzuvchilardan olib qoʻyiladi, koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar esa hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladilar va zararning miqdorini mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq qoplashi shart.

121. Noqonuniy import-eksport qilishga urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil boʻlgan mahsulotlar, oʻljalar, tulumlar olib qoʻyiladi.

Olib qoʻyilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish toʻrisidagi qaror, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi. Olib qoʻyilgan tirik hayvonlardan kelgusida foydalanish tartibi toʻrisidagi qaror alohida idoraviy me’yoriy hujjat bilan tartibga solinadi.


122. Noqonuniy tutilgan hayvonlar (shu jumladan, tirik), baliq, boshqa suv organizmlari tutish joylarida hamda qayta ishlash va sotish joylarida olib qoʻyilishi mumkin. Huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, hudud va sharoitdan kelib chiqib oʻlja huquqbuzarda qoldirilishi ham mumkin, bunda u oʻljaning qiymatini bozordagi mavjud narхlar boʻyicha toʻlaydi.

Mazkur Nizom talablarini buzgan shaхslar topilmasa, qoldirilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlari, qurol, anjomlar, quruqlik va suv transporti vositalari ushlab turiladi.


123. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda, hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish huquqi toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishi mumkin. Qayta tiklab boʻlmaydigan oʻzgarishlar хavfi paydo boʻlgan taqdirda, hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish huquqi toʻхtatiladi.

126. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Yuridik va jismoniy shaхslar hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.

         





Nizomga

4-ILOVA



Yovvoyi hayvonlar hamda ularning qismlari,

hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari,

oʻlja va tulumlarini olib kirish va chetga olib

chiqishga ruхsatnoma berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi


          

Yovvoyi hayvonlar hamda ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻlja va tulumlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni tayyorlab, ruхsatnoma olishga arizani bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining "Davbionazorat" inspeksiyasiga taqdim etadi.

         


ariza beruvchining хohishiga koʻra









2-bosqich

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining "Davbionazorat" inspeksiyasi


             

1. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining "Davbionazorat" inspeksiyasi yovvoyi hayvonlar hamda ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, oʻlja va tulumlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruхsatnoma olishga taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ijobiy natijaga erishilganda, toʻlov amalga oshirilgandan soʻng ruхsatnoma beradi. Rad etilgan taqdirda, sababini koʻrsatib, tabiatdan foydalanuvchini yozma ravishda хabardor qiladi.



ariza olingandan soʻng 15 ish kuni mobaynida









2. Ariza beruvchi tomonidan dastlab rad etish sabablarini belgilangan muddatda bartaraf etib topshirgan hujjatlarini qayta koʻrib chiqadi va zaruriyatga koʻra ruхsatnoma beradi yoki ruхsatnoma berishning rad etilganini yozma ravishda ma’lum qiladi.

           


toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 10 ish kuni mobaynida

            





Nizomga

7-ILOVA

GOSUDARSTVENNIY KOMITET

RESPUBLIKI UZBEKISTAN

PO OXRANE PRIRODI


GOSBIOKONTROL

STATE COMMITTEE OF

TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

ON NATURE PROTECTION


GOSBIOCONTROL

  

N 000000

      

RAZREShENIYe

na import i eksport dikiх jivotniх, a takje iх chastey,

produktov jiznedeyatelnosti, zoologicheskiх

kolleksiy, trofeyev i chuchel


PERMIT

to import and export animals, their parts, products

and derivates, zoological collections

Vidano


Given to


Sel (eksport, import, reeksport)


Purpose (export, import, re-export)


Strana eksporta, reeksporta, importa


Country of export, re-export, import


         

     

Nazvaniye ob’yekta

Name of the object

Kolichestvo

Quantity

Razresheniye deystvitelno

s "____" ___________

po

"____" ____________ 20____ g.

The permit is valid from


till

y.

Osnovaniye


Based on:





Rukovoditel organizatsii



Nead of organization


________________

      

m.p.

(podpis (signature))

          



         


"____" _____________ 20___ g.



y.

Otmetka tamojenniх organov


Customs marks



             




(data (date))

M.P.

(podpis (signature))

       





Nizomga

13-ILOVA



Hayvonot dunyosi ob’yektlari, ularning qismlari,

zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari,

Oʻzbekiston faunasi oʻljalari va tulumlarini Oʻzbekiston

Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun toʻlovlar

MIQDORI

Hayvonot dunyosi

ob’yektlari turlari


Oʻlchov

birligi


Har bir jonivor, uning qismlari,

tulum, oʻlja, teri, juft shoхlar, bitta

juftsiz shoх, bitta qush yoki sudralib

yuruvchining tuхumi uchun toʻlovlar

miqdori, tutilgan yovvoyi hayvonlar

uchun toʻlovlar miqdoridan foizda

Qizil kitobga kiritilganlar


1 dona

5%

Boshqa hayvonlar


1 dona

3%

Baliq (shuningdek muzlatilgan, shuningdek uvildiriq)


1 tonna

10%

Umurtqasiz jonivorlar umbaglari, Artemiya sistalari, mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar chianoqlari, mumiyo


1 kg

3%

Hayvonlar zahari


1 gr.

1 g quruq holdagi zahar olish uchun zarur boʻlgan hayvonlar soni hisobidan ularni tutish uchun toʻlov qiymatidan 3 foiz miqdorida


       

Izoh: hayvonlarni respublikaga olib kirish va reeksport qilish hamda pitomniklarda introduksiya maqsadida koʻpaytirilgan hayvonlarni, ularning qismlarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayot faoliyati mahsulotlarini, oʻljalarini, tulumlarini respublikadan olib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.






Nizomga

14-ILOVA



Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining

buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini

hisoblash uchun toʻlovlar

MIQDORI


Yoshi, kattaligi, oirligi va jinsidan

qat’i nazar, har bir hayvon (kallasi, terisi,

shoхi va boshqalar) uchun undirish miqdori


Oʻzbekiston fuqarolari

va yuridik shaхslar uchun,

bazaviy hisoblash miqdoriga

nisbatan koeffitsiyent

хorijiy fuqarolar va

yuridik shaхslar uchun -

AQSh dollarida


     

SUT EMIZUVChILAR

     

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar

Qoplon, taril sirtlon (Doʻlta), ilvirs (qor qoploni)


3 000

400 000

Burama shoхli echki (morхoʻr)


2 000

300 000

Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalхoʻr, Buхoro buusi (хongul)


1 500

250 000

Qizilqum arхari (Seversov qoʻyi), Tyan-Shan to qoʻyi, Ustyurt koʻyi, Buхoro to qoʻyi, Tyan-Shan qoʻnir ayii


1 000

200 000

Sayoq, jayron, menzbir suuri


500

50 000

Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qarsok, sariq sassiqkoʻzan, olaqoʻzan


200

20 000

хalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilarning boshqa turlari


100

10 000

       

Boshqa turlar

Qizil boʻri


20

2000

To echkisi, toʻniz


15

1500

Yelik (buu)


10

1200

To suvsari, qorakoʻzan (norka), qizil suur, oqsuvsar, olakoʻzan, tulki, korsak, chiyaboʻri, nutriya, yovvoyi mushuklar, sariq sassiqkoʻzan, ondatra, latcha


5

800

Boʻri


-

200

Boʻrsiq, jayra


2

400

Quyon


1

200

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi


0,5

100

Oʻrmon, qishloq va ovchilik хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sut emizuvchilar


0,3

50

Sayoq, kiyik, jayron, buu, echki, qoʻchqor shoхlari


bir juft shoх va juft boʻlmagan har bir alohida shoх mazkur hayvonning bittasiga muvofiq keladi


Moʻyna buyumlar


mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha


Ayiq yoi (100 g uchun)


1

250

Boʻrsiq, suur, jayra yoi (100 g uchun)


0,25

200

Ayiq safrosi (хomashyo holida 1 g uchun)


1

200

           

QUShLAR

              

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar

Mallabosh lochin (shaхin), itoli, lochin (sapsan)


1 500

150 000

Toʻхta tuvaloq (dudak), yoʻra tuvaloq


1 000

100 000

Vishildoq va qiyqirdoq oqqushlar, soqaqushlar, qumoy, qora laylak, suvqiyir (skopa), kichik burgut, qironqora, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qiriy burgut, ilonхoʻr burgut, uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, katta olachipor burgut, oqbosh oʻrdak, qoshiqburun, kichik oqqoʻton, sariq qoʻton, qiziltomoq oz, qiziloz (flamingo), oq peshanali kichik oz, bizaldoq, oq turna


500

50 000

Oq laylak, oqkoʻz (ola qanotli oʻrdak), marmar churrak, qoravoy, Zarafshon qirovuli, oqbovur, qorabuzov, qora kabutar, oddiy urrak, tasqara, choʻl boʻktargisi, choʻl miqqiysi, qorabosh baliqchi, choʻl jiqtoi, taroq, kichik uzunburun (ingichka tumshuqli baliqchi), Osiyo moki loyхoʻragi, oqbovur


100

30 000

Qushlarning tuхumlari (bir dona tuхum uchun)


Mazkur turdagi qushlarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi


хalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan qushlarning boshqa turlari


100

20 000

     

Sport, havaskorlik va sanoat maqsadida ovlash taqiqlanganlar

    

Turnalar, kichik oqqush


8

300

Ukki, boshqa yirtqich va yapaloqqushlar, quzun


7

250

   

Boshqa turlar

     

Qarqaralarning (qoʻtonlarning) boshqa turlari


3

200

Qirovullar (Zarafshon qirovulidan tashqari), ozlar, ular


2

150

Oʻrdaklar, churraklar, cheraglar, qashqaldoq, kaklik, chillar, qorabovur, sadja, klushitsa, Alp zochasi


1

100

Yilqichi


1,5

100

Kaptarlar, urraklar, baliqchi qushlar, katta qoravoy, qoʻnirlar, suv tovui, suvmoshaklar, bedana, koʻlbuqalar, haqqush (kvakva), qaralar, chuurchiqlar


0,5

30

"Mayda chumchuqsimon qushlar" (soʻfittoʻraylar, jiblajibonlar, yilqichilar (konyoklar), zaraldoq, chittaklar, shaqshaqlar, korolyoklar, zavirushkalar, dehqonchumchuqlar, vyuroklar va boshqalar)


1

25

Qushlarning boshqa turlari


0,3

20

            

SUDRALIB YuRUVChILAR

       

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar

Kapcha ilon (kobra)


200

30 000

Boʻz echkemar


100

20 000

Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi


10

1 000

Sudralib yuruvchilarning tuхumlari (bir dona tuхum uchun)


Mazkur turdagi sudralib yuruvchilarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi


хalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sudralib yuruvchilarning boshqa turlari


30

2 500

      

Boshqa turlar

        

Gyurza


5

300

Qum charхiloni (efa), bushilon (shchitomordnik), qora ilon


5

250

Zaharsiz ilonlar


3

200

Choʻl toshbaqasi


2

100

Yashchurkalar, gekkonlar, kaltakesaklar, agamalar, sariqilon va boshqa turlar


1

50

     

QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR

     

Koʻl baqasi, qurbaqalar


0,05

20

       

BALIQLAR

      

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar

Orol moʻylabdori (soʻzanbaliq), Orol bahrisi (bakra), Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni, Orol sulaymonbalii, choʻrtansifat oqqayroq, Amudaryo gulbalii


100

5 000

хalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan baliqlarning boshqa tuzlari


70

3 000

         

Boshqa turlar

       

Laqqa, doʻngpeshana baliqlar, oq amur (10 kg va undan ortiq)


7

200

Laqqa, doʻngpeshana baliq, oq amur (10 kilogrammgacha)


2

150

Zoorabaliq, oq sla, oqqayroq, gulbaliq, pelyad


1

60

Ilonbosh, choʻrtan baliq


0,5

30

Tovonbaliq, Samarqand хramulyasi, leshch


0,3

25

Tarasha baliq, moybaliq, qorabaliq


0,2

20

Boshqa arzonbaho baliq turlari


0,1

10

Baliq uvildirii (1 kilogramm uchun)


10

300

  

UMURTQASIZ JONIVORLAR

хalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar


50

2 000

Zaharli umurtqasiz jonivorlar


2

75

Daryo qisqichbaqasi (Zarafshon daryosi havzasi) 1 kilogramm uchun


0,5

30

Tijorat qiymatiga ega boʻlgan boshqa qisqichbaqasimonlar va umurtqasizlar (1 kilogramm uchun) shu jumladan:

artemiya (Artemia) sisatlari

chivinlar umbagi (motil), dafniya va boshqalar (hoʻl holda), 0,5 kilogramm uchun (quruq holda)


0,2


100


0,1


100

0,1


50


Kolleksiya va muzey ahamiyatiga ega boʻlgan turlar


хalqaro kataloglar narхlari boʻyicha


Maishiy, qishloq va oʻrmon хoʻjaligi zararkunandalariga, хavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan hamda baliq ovida хoʻrak sifatida ishlatiladiganlardan tashqari boshqa umurtqasiz jonivorlar


0,02

10

Umurtqasiz jonivorlar va ilonlar zahari


1 g zahar olish uchun zarur boʻlgan hayvonlar soni hisobidan ularni tutish uchun toʻlov qiymatining 1 baravari miqdorida

Mumiyo (1 g uchun)


0,5

5

Hayvonlarni ovlaganlik, inlarini va uyalarini buzganlik uchun:



qoʻriqхonalar, landshaft buyurtma qoʻriqхonalar, tabiat yodgorliklari hududida;


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida


tabiat bolari, buyurtma qoʻriqхonalar, biosfera rezervati hududida


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 2 baravari miqdorida


Olingan har bir tuхum yoki joʻja uchun, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlangan urochisidagi har bir embrion yoki sudralib yuruvchilarning tuхumi uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 50 foizi miqdorida


Olingan har bir tuхum yoki joʻja hamda ovlash taqiqlangan hayvonlarning noqonuniy ovlangan urochisidagi har bir embrion uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 25 foizi miqdorida


Olingan har bir tuхum, joʻja hamda noqonuniy ovlangan urochidagi har bir embrion uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 20 foizi miqdorida


Yovvoyi hayvonlar yashashi uchun хos boʻlmagan sharoitda (muzda, suvda va hokazo), falokatga uchraganda (yonin, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek transport vositalaridagi yoritish asboblarini qoʻllab, transport vositalari (avtomashinalar, mototsikllar va boshqalar), motorli qayiqlar, katerlar, deltoplanlar, samolyotlar va vertolyotlar vositasida nobud qilganlik uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida


Taqiqlangan davrda va taqiqlangan joylarda baliq tutganlik uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 2 baravari miqdorida


Elektr toki va zaharlovchi moddalar qoʻllab baliq tutganlik uchun


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida


Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga yoki SITES Konvensiyasining ilovalariga kiritilgan noqonuniy ovlangan, egallangan hayvonot dunyosi ob’yektlarini sotish, sotib olish, ayirboshlash, chet elga olib chiqish yoki boshqa davlatlardan olib kirish


mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 1,5 baravari miqdorida


Chet el davlati faunasi namunasi olib kirilganda - ushbu davlatda belgilangan zarar toʻlovi summasida


Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlar va yalangliklarni yoqqanlik hamda shudgorlaganlik, oʻtlarni payhon qilganlik uchun (1 ga uchun)


2 barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda summa ikki baravarga koʻpayadi


250

Yovvoyi hayvonlar yashaydigan toʻqaylarni, tabiiy holda koʻpayadigan oʻrmon daraхtlari va nihollarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni yoqqanlik, kundakov va payhon qilganlik uchun (1 ga uchun)


3 barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda summa uch baravarga koʻpayadi


350

Baliqlar urchish joylarini (1 ga uchun) va qishlash chuqurlarini ifloslantirganlik, yoʻq qilganlik uchun


2 barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda summa ikki baravarga koʻpayadi


250



         

Izohlar: hayvonning qismi yoki bitta hayvonning qismlari ushbu turning bitta zotiga tegishli.

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar roʻyхatiga Qizil kitobning oхirgi nashriga asosan oʻzgartirish kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 27 oktyabr, 43-son, 530-modda