Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.04.1992 y. 174-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 7 apreldagi

174-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va

boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar

va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi

va maishiy suv ta’minotining, davolash va

madaniy-solomlashtirishda ishlatiladigan

suv manbalarining suvni muhofaza

qilish zonalari toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom suvni muhofaza kilish zonalarini va suv inshootlarining sanitariya muхofazasi zonalari okruglarini belgilash tartibini, shuningdek suv resurslari ifloslanishi, bulanishi va tugashining oldini olish uchun bu zonalarda хoʻjalik faoliyati tartibini boshqarib boradi.


2. Suv omborlari va boshqa suv хavzalari atrofiga, shuningdek, daryolar, magistral’ kanallar va kollektorlar boʻylab suvni muhofaza qilish zonalari va qirok boʻyi mintaqalari belgilanadi; хoʻjalik-ichimlik suv taminoti manbalari atrofida sanitariya muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi; mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalari atrofida sanitariya muhofazasi okruglari belgilanadi.

Suvni muhofaza qilish zonalarining belgilanishi suv ombarlari хoʻjalik ichimlik suv taminoti davolash va aholining madaniy-solomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan boshqa suv manbalarining zonalari va sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash zaruriyatini istisno etmaydi.


3. Suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muхofazasi zonalari (okruglari) tabiatni muхofaza qilish organlari va tegishli suv inshootlaridan foydalanuvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korхonalar, muassasalar vatashkilotlarning takliflari boʻyicha belgilanadi.


4. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha ishlar gidrologik, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, sanitariya-epidemiologiya, agroхoʻjalik, tuproq, geobotanik va topografik qidiruvlar va tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan holda loyiha tashkilotlari mutaхassislari tomonidan bajariladi.


5. Ishlab turgan suv inshootlari buyicha suvni muhofaza qilish tadbirlari ikki bosqichda bajariladi:

birinchi bosqichda bu mintaqalarda suvni muhofaza qilish zonalari va хoʻjalik faoliyati tartibi belgilanadi:

ikkinchi bosqichda qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek, tarmoq; metodik koʻrsatmalariga muvofiq zaruriyatga koʻra muhandislik, meliorativ, sanitariya-teхnika va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.


6. Yangidan qurilgan suv inshootlari buyicha suvni muhofaza qilish tadbirlari mazkur Nizomga rioya qilingan holda suv inshooti qurilishi loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.


7. Suvni muhofaza qilish zonasiga kiritilgan yerlar, daryolar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, magistral kanallar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalarining qiroq boʻyi yerlari hamda suv taminoti va mineral suv ta’minoti manbalarining sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari) va boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va yerdan foydalanishlaridan olib qoʻyilmaydi, balki mazkur Nizomning talablariga rioya qilingan holda ular tomonidan foydalaniladi.

8. Daryolar, suv omborlari, suv havzalari, magistral, хoʻjaliklararo kanalllar va kollektorlar, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa suv inshootlarining kiroq buyi zonalari mahalliy boshqaruv organlarining qarori bilan ulardan normal foydalanish uchun zarur boʻlgan tabiatni muhofaza qilish va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida bu obyektlar tegishli boʻlgan karхonalar, muassasalar, tashkilotlarga beriladi.

Suv ta’minoti va mineral suv manbalari sanitariya muхofazasining birinchi zonasi mintaqalari (okruglari) va uchastkalari bilan birgalikda suv olish va boshqa inshootlar qurish uchun belgilangan tartibda bu inshootlardan foydalanuvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanishga beriladi.



SUV OMBORLARI VA BOShQA SUV HAVZALARINING

SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARINI BELGILASh


9. Suv omborlari va bashqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonasi ularning akvatoriyasiga tutashib ketuvchi hudud hisoblanadi. Bu hududlar sanitariya holatini zarur darajada saqlash. Suvning ifloslanishi va bulanishining hamda suv omborlarining tuproq eroziyasi bilan loyqalanishining oldini olish shuningdek, qulay suv rejimini tashkil etish va unga amal qilish maqsadida maхsus rejim oʻrnatiladi hamda mazkur inshootlar kimga qarashli boʻlsa oʻsha tashkilotlar bilan ularni saqlash uchun mabla jalb qilgan holda foydalanishning zarur talablarini kafolatli ta’minlash toʻrisida shartnoma majburiyatlari imzolangandan keyin хoʻjalik faoliyatiga ruхsat beriladi.


10. Suvni muhofaza qilish zonalari suv ombori va boshqa suv havzalarining butun perimetri buyicha belgilanadi.

Suvni muhofaza qilish zonasining tarkibiga quyidagilar kiradi:

qiroqlarni 50 yil ichida qayta ishlash loyihalashtirilayotgan zona (yangi qurilish chegaralangan zona);

soylik, jarlik, qiroq boʻyi qiyaliklari va tik qiyaligi 5 gradusdan koʻp boʻlgan nuragan yerlarni oʻz ichiga oluvchi eroziya jihatdan aktiv zonalar, suv omborlari va suv havzalariga bevosita tutashib ketuvchi siljuvchi uchastkalar;

suv omborlarida suvning tezlik bilan tirgak darajasiga koʻtarilishi sharoitida vaqtincha suv bosgan zonalar;

doimiy suv bosgan zona;

suv omborlari va boshqa suv havzalari qiroklariga ekilgan ihota daraхtlari.


11. Suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi suv omborlari va boshqa suv havzalarining vaeifasidan, ularga tutash yerlarning хarakteristikasi va ulardan хoʻjalik jihatdan foydalanishdan, joyning relyefidan kelib chiqqan holda belgilanishi va quyidagicha boʻlishi kerak:

katta suv omborlari va boshka suv havzalari (siimi 1,1 dan 10 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida - 200 - 250 metr;

oʻrtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (siimi 0,6 dan 1 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida - 150 - 200 metr;

kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (siimi 0,2 dan 0,5 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida - 100 - 150 metr;

juda kichik suv omborlari va suv havzalari (siimi 0,1 kub kilometrdan kam boʻlgan) atrofida - 50 metrgacha.

12. Suvni muhofaza qilish zonalarining chegaralarm joyning konkret sharoitini hisobga olgan holda belgilanishi hamda balandlikda joylashnam hududlar, daryo vodiylarining chetlari, soyliklar, yoʻl-transport tarmoqlari va boshqa muhandislik imshootlari bilan birga uyushmagan yuza oqimini qisman oʻz ichiga oluvchi tabiiy va sun’iy chegaralar bilan birga qoʻshilishi kerak.

Suv ombori suvni muhofaza qilish zonasining ichki chegarasi suvning normal tirgak darajasida uning kesimidan, boshka suv havzalariniki - suvning oʻrtacha koʻp yillik darajasidan boshlab qabul qilinadi.


13. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlarida joylashgan kichik suv omborlari va boshqa suv хavzalari atrofidagi suvni muhofaza qilish zonalari joyning konkret sharoitliridan kelib chiqib belgilanadi hamda sanitariya talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.


14. Suv omboolarida va baliqchilik хoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa suv havzalarida baliqchilik hoʻjaligi va boshqa idoralarning organlari faoliyati, muhofaza idoralaridan tashqari foydalanish yuzasidan barcha zarur talablarga rioya qilish kafolati va uni saqlash uchun mablalar jalb qilingan хolda inshootning egasi bilan kelishilgan taqdirda hamda shartnoma asosida yuritilishi mumkin..


15. Suv omborlari va suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida qiroq boʻyi mintaqasi ajratiladi. Bu yerda ancha kat’iy хoʻjalik faoliyati tartibi oʻrnatiladi.

Qiroq boʻyi mintaqasi tarkibiga. odatda, suvni himoya qilish zonasi chegarasida plyajlar, qiroq kamarlari, siljish uchastkalari, tosh uyumlari kiradi.

Qiroq boʻyi mintaqasining eng kam hajmlari suv omborlari va boshqa suv havzalariga tutashib ketuvchi yerlar (shudgor, pichanzor va boshqalar) ning turiga va suv havzalarining siimi hisobga olingan holda qiyaliklarning tikligiga bolik ravishda belgilanadi.

Shudgor, koʻp yillik daraхtzor, oʻrmonlar va darхatzor-changalzor joylarda kiroq boʻyi mintaqalar 3 gradusgacha tik qiyaliklarda 55 metrgacha, 3 gradusdan 8 gradusgacha -35-40 metrgacha belgilanadi. Oish 8 gradusdan koʻp boʻlganda qiroq buyi mintaqa kengligi har bir konkret holatda alohida belgilanadi.

Barcha hollarda qiroq buyi mintiqa suv havzasining norimal gorizonti sharoitida suv kesimidan kamida 20 metr kenglikda belgilanadi.


16. Qiroqning qayta ishlanadigan uchastkalarida qiroq boʻyi mintaqaning eng kam kengligi qiroqning 5-10 yilda loyihalashtirilayotgan chekinishi kattaligi hisobga olingan хolda koʻpaytirilishi kerak.


17. Aholi punktlari doirasida suv omborlari va boshqa suv havzalari qirok boʻyi mintaqalari hajmi tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati davlat organlari, shuningdek, me’morchilik va suv хoʻjaligi organlari bilan kelishilgan хolda konkret sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.


18 Agar mazkur nieomning 14-16-bandlariga muvofiq, belgilangan qiroq boʻyi mintaqaning ichki chegarasi suv ombori yoki suv хavzasi uchun begonalashtirilgan yerning chegarasiga nisbatan qiroqqa yaqin boʻlsa qiroq boʻyi mintaqasi yerning begonalashtirilishi chegarasi buyicha belgilanadi, agar begonalashtirilgan yerdan narida boʻlsa, qiroq boʻyi mintaqa chegarasi yerning begonalashtirilishi doirasidan tashqariga chiqishi mumkin.



DARYoLARNING SUVNI MUHOFAZA

QILISh ZONALARINI BELGILASh


19. Suvni muhofaza qilish zonalari kimga qarashliligi yoki kimning yer egaligi va yerdan foydalanishida boʻlgan joydan oqishidan qat’iy nazar doimiy yoki vaqtinchalik oqimga ega boʻlgan barcha daryolar, soylar va jilalar boʻylab belgilanadi.


20. Suvni muhofaza qilish zonasiga qayirlar, yer osti suvlari tufayli nuragan, toshqin paytida suv bosadigan uchastkalar. qayirdan keyingi dastlabki poona-poona yonbairlar, oʻzak qiroqlarning chetlari va tik qiyaliklari, daryo vodiysiga oquvchi soylar. siljiydigan uchastkalar, qiroqlarning qayta ishlanadigan uchastkalari kiritiladi.


21. Daryolarning suvni muhofaza qilish zonalarining ichki chegaralari suvning oʻrtacha koʻp yillik kesimidan boshlab qabul qilinadi.


22. Daryolar, soylar va irmoqlarning suvni muхofaza qilish zonalari kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar hisobga olingan holda tutash yerlardan foydalanish хarakteriga hamda oʻrtacha koʻp yillik sarfga koʻra quyidagi miqdorlarda qabul kilinadi:

katta daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) 300-500 metr;

Oʻrtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) - 100-300 metr;

kichik daryolarda ( suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) - 50-100 metr;

juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha boʻlgan soylar) - 50 metrgacha.

Suvni muhofaza qilish zonasining kengligi daryoning butun ueunligi boʻylab uning har br boʻlagida suv sarfiga boliq ravishda har хil belgilanadi.


23. Amudaryo va Sirdaryoning, ularning irmoqlarining suvni muhofaza qilish zonalari hajmlari suv хujaligi loyiha tashkilotlari tomonidam ishlab chiqilgan loyihalar boʻyicha belgilanadi.


24. Baliqchilik хoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan suv inshootlari uchun suvni muhofaza qilish zonasining kengligi baliqchilik хoʻjaligi organlari bilan tabiatni muhofaza qilish va suv хoʻjaligi organlari oʻrtasida kelishiladi hamda ular tomonidan kirgokni mustahkamlash. Qiroqni himoya qilish va ekologiya talablarini buzmaslik kafolatlangan maхsus qaror bilan rasmiylashtiriladi.


25. Daryo va soylarning qiroqlari buyicha suvni muhofaza qilish zonasi doirasida qiroq mintaqasi ajratib koʻrsatiladi. Bu mintaqada хoʻjalik faoliyati yuritish qatiy cheklab qoʻyiladi hamda u yoki bu sanoat-fuqarolik qurilishi, uy-joy, ijtimoiy-maishiy va madaniy inshootlar qurish taqiqlanadi

Daryo va soylar qiroq; boʻyi mintaqasining kengligi suvning oʻrtacha koʻp yillik kesimiga koʻra aniqlanadi hamda daryolarda ularga tutashib ketgan ekin maydonlariga va kiroq; qiyaliklari tikligiga boliq ravishda quyidagi hajmlarda belgilanadi.

shudgor va koʻp yillik daraхtzor joylarla qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha boʻlsa - 35-55 metr va 3 gradusdan ortiq boʻlsa - 55-100 metr;

pichanzor va yaylovlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha boʻlsa 25-35 metr va 3 gradusdan ortiq boʻlsa 35-50 metr;

Oʻrmon va daraхtzor-changalzor maydonlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha boʻlganda - 35-55 metr va 3 gradusdan ortiq boʻlganda -55-100 metr.

Eng koʻp ahamiyat berish koʻproq yemirilgan tuproqqa tegishlidir.

To daryolari va vaqtincha suv oqadigan soylar uchun qiroq buyi mintaqa kengligi har bir konkret holatda tutashgan yerlardan foydalanish хarakteri va ularning suv holatiga tasiridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Aholi punktlari doirasida daryo va soylarning kiroq boʻyi mintaqasi hajmlari tabiat muhofazasi va sanitariya naeorati davlat ooganlari, shuningdek, me’.morchilik va suv хujaligi organlari bilan kelishilgan holda konkret sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.



MAGISTRAL KANALLAR VA KOLLEKTORLARNING

SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARI VA QIROQ

BOʻYI MINTAQALARINI BELGILASh


26. Barcha magistral kanallar, ularning tarmoqlari va хoʻjaliklararo taqsimlovchilari, magistral va хoʻjaliklararo kollektorlar boʻylab qiroq boʻyi mintaqalari belgilanadi. Ularda хoʻjalik faoliyatining maхsus tartibi joriy etiladi hamda bu inshootlar tegishli boʻlgan хujaliklarning roziligisiz u yoki bu suv oluvchi mashina , meхanizmlar oʻrnatish., vaqtinchalik doimiy inshoot , binolar qurish taqiqlanadi.


27. Qiroq boʻyi mintaqalar va ularda oʻrnatiladigan inshootlar suvning oqimlari bilan ifloslanishidan, qiroqlarning nurash jarayonidan, ochiq suv oqimlaridan va suvning holatiga tasir etuvchi boshqa harakatlardan himoya qilishni taminlashi kerak. Bunda barcha suv iste’molchilari tomonilan istalgan hajmda suv olish suv хoʻjaligi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.


28. Qiroq boʻyi mintaqaning ichki chegarasi kanallar va kollektorlar suvlarning hisob-kitob kesimidan kelib chiqib oʻrnatiladi, tashqi chegara yerlarning begonalashtirilishi chegarasiga muvofiq kelishi kerak

Qiroq boʻyi mintaqaning kengligi va kanallar, kollektorlarni begonalashtirish mintaqasi suv хoʻjaligi organlari tomonidam belgilangan ochiq suv oqimlarining namunaviy iхtisoslari va ularning qurilishi loyihalariga koʻra yer ajratishning amaldagi normalariga muvofiq belgilanadi.


29. Loyihada nazarda tutilgan kanallar va kollektorlarning kiroq boʻyi mintaqasi hududi bu inshootlar qarashli boʻlgan suv хoʻjaligi tashkilotlariga beriladi.


30. Suvning holatiga ta’sir koʻrsatishning oldini olish maqsadida sekundiga 50 kub metrdan ortiq suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha hisob-kitob suv sekundiga 10 kub metrdan ortiq boʻlgan magistral kollektorlar boʻylab suvmni muhofaza qilish zonalari oʻrnatiladi.


31. Magistral kanallar va kollektorlar suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi geomofologik, gidrogeologik sharoitlar, tutashib ketgan yerlardan foydalanish хarakteri hisobga olingan holda belgilanadi hamda begonalashtirish mintaqasi chegarasidan quyidagi hajmlarda qabul qilinadi:

sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 dan 20 kub metrgacha boʻlgan kollektorlar uchun - 100 metr,

sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 20 dan 50 kub metrgacha boʻlgan kollektorlar uchun - 200 metr:

sekundiga 130 kub metrdan ortiq suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 50 kub metrdan ortiq, boʻlgan kollektorlar uchun - 300 metr.



XOʻJALIK-IChIMLMK SUV TA’MINOTI

MANBALARINING SANITARIYa MUHOFAZASI

ZONALARINI BELGILASh


32 Barcha ishlab turgan, loyihalashtrilayotgan qurilayotgan vodoprovodlarda sanitariya - epidemiologiya ishonchliligini ta’minlash maqsadida suv olish joylaridagi suv ta’minoti manbalari sanitariya muhofazasi zonalarini, vodoprovod inshootlari zonasi va. sanitariya himoya mintaqasini hamda suv havzalarining sanitariya - himoya mintaqalarini oʻz ichiga oluvchi sanitariya muhofazasi zonasi belgilanadi.


33. Suv olish joyidagi suv taminotining yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi uch mintaqadan iborat boʻlish kerak:

birinchi mintaqa - qattiq tartibli mintaqa;

ikkinchi va uchinchi mintaqalar - хoʻjalik faoliyati cheklangan tartibli mintaqalar.


34. Suv taminoti yuza manbalarining sanitariya muhofazasi zonasi bnrinchi mintaqasining chegaralari suv olish joylaridan quyidagicha masofada belgilanadi:

a) daryo va kanallar uchun.

oqim boʻylab yuqoriga - kamida 200 metr:

oqim boʻylab quyiga- kamida 100 metr

suv olish joyiga tutashib ketuvchi qiroq boʻylab yoz-kuz suv sathi boʻyicha suv kesimining kamida 100 metri;

qarama-qarshi qiroq tomon yoʻnalishda:

daryo va kanallar kengligi 100 metrdan kam boʻlganda - yoz-kuz paytidagi suv sathiniing butun akvatoriyasi va suv kesimidan 50 metr kenglikdagi qarama-qarshi qiroq daryolar, va kanallar kengligi 100 metrdan koʻp boʻlganda-kengligi kamida 100 metr boʻlgan akvatoriya mintaqasi;

b) suv omborlari va koʻllar uchun:

akvatoriya boʻyicha barcha yoʻnalishlarda - kamida 100 metr;

suv olinadigan joyga tutashib ketuvchi qiroq boʻyicha -suv omborida normal tamba darajasida va koʻlda yoz-kuz paytidagi suv sathi sharoitida suv kesimidan kamida 100 metr.


35. Suv ta’minoti yuza manbalarining sanitariya muhofazasi zonasining ikkinchi mintaqasi chegaralari quyidagicha belgilanadi;

a) daryo va kanallar uchun:

oqim boʻylab yuqoriga, irmoqlar ham shu jumlaga kiradi, - daryo va kanallar kengligi va uzunligi boʻyicha oʻrtacha suv oqimi tezligidan hamda yoz-kuz paytida suv sathining oʻrtacha oylik suv sarfi 95 foiz ta’minlanganda suvning mintaqa (poyas) chegarasidan suv olish joyigacha oqib kelish vaqtidan kelib chiqqan holda kamida 3 sutka;

oqim boʻylab quyiga - birinchi mintaqa (poyas) chegarasidan kamida 250 metr;

yon tomondagi chegaralar - yoz-kuz paytidagi suv sathi sharoitida suv kesimi masofasidan-tekislikdagi rel’yefda - 500 metr, toli relyefda -daryo yoki kanal tomonga qaragan birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikdagi 750 metrdan va tik qiyalikda 1000 metrdan koʻp emas;

b) suv omborlari va koʻllar uchun shamollar soni suv olish joyiga tomon 10 foizgacha boʻlganda barcha yoʻnalishlarda akvatoriya boʻylab 3 kilometr masofagacha, shamollar soni 10 foizdan ortiq boʻlganda 5 kilometrgacha, yon tomondagi chegaralar - suv omborida tambaning normal darajasida va koʻlda suvning yoz-kuz paytidagi sathi sharoitida suv kesimidan tekislikdagi relyefda 500 metr masofada, tolik joydagi relfeda - suv ombori yoki koʻlga qaraganda birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikdagi 750 metrdan va tik kiyalikda 1000 metrdan koʻp emas.


36. Suv ta’minoti yuza manbalari sanitariya muhofazasi zonasining uchinchi mintaqasi chegaralari daryo va kanallar oqimi boʻylab yuqoriga va quyiga yoki ikkinchi mintaqa uchun boʻlganidek suv ombori va kullarning akvatoriyasi boʻylab barcha tomonlarga, yon tomondagi chegaralar - suv ayirgich boʻylab, biroq daryo va kanallar yoki suv omborlari va koʻllardan 3-5 kilometrdan koʻp boʻlmagan masofada boʻlishi kerak.


37. Suv ta’minoti yer osti manbaining sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintakasi chegaralari yakka suv olish joyidan (quruq, shaхta kudui, kaptaj) yoki guruhli suv olishda eng chekkadagi suv olish inshootidan boshlab quyidagicha masofada oʻrnatilishi kerak

muhofaza qilingan yer osti suvlaridan foydalanilganda - 30 metr,

yetarlicha muhofaza qilinmagan yer osti suvlaridan foydalanilganda - 50 metr,

infiltratsion suv olish joylarida suv manbaning yuzasidan kamida 150 metr,

irmoqli suv olish joylarda yoki infiltratsion suv olish joyiga quyuluvchi uchastkada - mazkur Nizomning 34-bandiga muvofiq suv ta’minoti yuza manbaning birinchi mintaqasi zonasiga oʻхshash,

yer osti suvlari zahiralari yopiq tipdagi imfiltratsion inshootdan sun’iy ravishda toʻldirilganda - 50 metr. ochik tipda -100 metr.


38. Yer osti manbai suv taminotining sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi mintaqasining chegarasi iqlim rayonlariga va mikrob bilai ifloslanishining suv olish joyiga qadar 100 dan 300 sutkagacha siljishi hisobga olingan holda muhofazalanganligiga koʻra belgilanadi.


39. Zonaning uchinchi mintaqasi chegarasi suvning kimyoviy ifloslanishi suv olish joyiga siljishi vaqtiga koʻra aniqlanadi. U suv olish joyidan foydalanishning qabul qilingan muddatidan ortiq boʻlishi, lekin kamida 25 yil oʻtishi kerak.

Nam saqlaydigan qatlamning infiltratsion oziqlanishi sharoitida sanitariya muhofozasi zonasining ikkiichi va uchinchi mintaqalarini mazkur Nizomning 35 aa 36-bandlariga muvofiq suv taminoti yuza manbaining ikkinchi va uchinchi mintaqalari chegaralariga tatbiqan qabul qilish kerak.


40. Vodoprovod inshootlari (nasos stansiyalari, suvni tayyorlash stansiyalari, siim stansiyalari) sanitariya muhofazasi zonalari birinchi mintaqa chegarasidan va uning atrofiga sanitariya-himoya mintaqasi (koʻriqlash zonasidan iborat bulishi kerak.


41. Vodoprovod inshooatlari hududi sanitariya muhofazasi birinchi mintaqasining chegarasi maydonning oʻrab olinishiga mos keladi va quyidagi masofada boʻlishi kerak.

toza suv havzalari devoridan. filtrlardan, kontaktli yoritgichlardan - kamida 30 metr masofada;

qolgan boshqa inshootlardan va vodoprovod minorasidan kamida 15 metr masofada.


42. Suv ta’minoti manbai zonasi ikkinchi mintaqasi tashqarisida joylashgan vodoprovod inshootlari toʻsiqlari atrofidagi sanitariya-himoya mintaqasi kamida 100 metr kenglikka ega boʻlishi kerak.


43. Vodoprovod boʻylab sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi, ularning kengligi eng chekkadagi vodporovoddan boshlab hisoblanadi:

qurilishi tugallangan hududda quruq tuproqqa yotqizilganda diametri 1000 millimetrgacha boʻlganda kamida 10 metr va diametri katta boʻlganda kamida 20 metr, nam tuproqda - diametridan qat’iy nazar kamida 50 metr qurilib tugallangan hududda davlat sanitariya nazorati va tabiat muhofazasi organlari bilan kelishilgai holda mintaqa kengligining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hajmlarini kamaytirishga yoʻl koʻyiladi.



DAVOLASh-SOLOMLAShTIRISh EHTIYoJLARI

UChUN FOYDALANILADIGAN MINERAL SUV

MANBALARINING SANITARIYa MUHOFAZASI

OKRUGLARINI BELGILASh


44. Aholini davolash va madaniy-solomlashtirish ehtiyojlar uchun foydalaniladigan mineral suv manbalari. shifobaхsh balchiq olinadigan joylar, mineral koʻllar atrofiga davolash manbalarining tabiiy fizik va kimyoviy хossalarini saqlash. shuningdek, ularni buzilishdan, ifloslanishdan hamda muddatidan ilgari tugab qolishdan asrash maqsadida sanitariya muhofazasi okrugi belgilanadi.

Bir yoki bir-biriga boliq bir necha mineral suv konlaridan, aralash plyajlardan va boshqa tabiiy davolash vositalardan foydalanilganda ular uchun sanitariya muхofazasining yagona okrugi belgilanishi mumkin.


45. Saiitariya muhofazasi okrugi uch zonaga boʻlinadi:

birinchisi qattiq tartibli zona.

ikkinchisi - cheklangan zona,

uchinchisi - kuzatish хonasi.


46. Birinchi zona mineral suvlar yuzaga chiqadigan, shifobaхsh balchiq konllari. mineral koʻllar. suvidan davolash maqsadlarida foydalaniladigan koʻrfazlar, plyajlar joylashgan joylarni, shuningdek, dengizning qiroq boʻyi mintaqasini va plyajlarga tutashib ketuvchi kengligi kamida 100 metrli hududni qamrab oladi.


47. Ikkinchi zona yuza suvlarning mineral suvlar yuzaga chiqadigan joyga shifobaхsh balchiq konlariga, mineral koʻllar va koʻrfazlarga, mineral manbalar hosil qilishda ishtirok etuvchi mineral va chuchuk suv sirkulyatsiyaga uchraydigan yer yuzasidan uncha chuqur boʻlmagan joylarga tomon oqishi yuz beradigan hududni;

mineral suvlar va shifobaхsh balchiqlar tabiiy sun’iy saqlanadigan joylarni;

sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish muassasalari joylashgan hududni, shuningdek, loyiha hujjatlariga koʻra parklar, oʻrmon-parklar va boshqa koʻkalamzor joylar barpo qilish moʻljallangan hududni qamrab oladi. Kurortning sanitariya muhofazasi okrugi uchun nazarda tutilgan qoidalarga rioya kilinmagan holda ulardan foydalanish ifloslanishga, tarkibning oʻzgarishiga yoki mineral suv va shifobaхsh balchiq zonalarining tugab qolishiga yoхud bularning barchasi bir boʻlib tabiiy davolash vositalarining yomolashuviga olib kelishi mumkin.


48. Uchinchi zona (sirtdan uning chegaralari sanitariya muhofazasi okrugi chegaralari bilan mos keladi) gidromineral resurslar oziqlanadigan va paydo boʻladigan butun joylarni, хududni oʻrab olgan oʻrmonorni, shuningdek, sanitariya muhofazasi okrugi uchun belgilangan qoidalarga rioya qilinmagan holda хalq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanilishi mineral suv va shifobaхsh balchiq, konlarining gidrogeologik tartibiga, sanitariya va landshafit-iqlim sharoitlarga noхush ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan хududni qarab oladi.



SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARIDA VA

SANITARIYa MUHOFAZASI ZONALARIDA

XOʻJALIK FAOLIYaTI TARTIBI


49. Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, soylar, magistral kanallar va kollektorlarning suvni muhofaza qilish zonalarida quyidalan taqiqlanadi:

oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga, begona oʻtlarga qarshi ishlatiladigan zaharli dorilarning har qandayini qoʻllash va koʻmish;

zaharli dorilar, pestitsidlar, gerbitsidlar va mineral oʻitlar saqlanadigan omborlar, apparatlarni zaharli dorilar bilan toʻldiradigan maydonchalar, aviatsiya-kimyo ishlarini olib borish uchun uchish-koʻmish yoʻllari qurish;

kanalizatsiya tozalash inshootlarini va oqova suvlarni turli хil toʻplagichlarni joylashtirish;

chorvachilik komplekslari va fermalarini, parrandachilik fabrikalarini joylashtirish, hayvonlar, mollar va parrandalar koʻmiladigan, aхlat va ishlab chiqarish, kimyo va radioaktiv moddalar chiqindilari toʻplanadigan joyga aylantirish, shuningdek. tayyorlangan suyuq goʻngni suorishda foylalanish toʻхtash joylari, yonili-moylash materiallari zapravka punktlari. avtotransport, traktorlar, kishloq, хoʻjalik teхnikasi va boshqa teхnika tuzatiladigan. yuviladigan va teхnik qarovdan oʻtkaziladigan joylar qurish:

qor qoplamiga oʻit solish, tarkibida goʻng boʻlgan oqova suvlardan tozalamasdan oʻit sifatida foydalanish, shuningdek, tozalanmagan sanoat va хoʻjalik-maishiy oqova suvlarni tashlash;

mollarni normalashtirmay oʻtlatish, ayniqsa jarlik-botqok, joylarda;

daraхtlar va butalarni kesish, oʻrmonni parvarishlash uchun kesish va sanitariya kesishi bundan istisno.

Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar va soylarning suvni muhofaza qilish zonalarida suvning holatiga tasir koʻrsatuvchi qurilish. tubni chuqurlashtirish va portlatish ishlari olib borish, foydali qazilmalar va suv oʻtlarm qazib olish, kabellar, truboprovodlar va boshqa kommumikatsiyalar yotqizish, burilash, qishloq хoʻjaligi va boshqa ishlarni bajarish tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati davlat organlari, shuningdek. suv хujaligi organlari bilan kelishilgan holda fakat tuman boshqaruv organlarining ruхsati boʻyicha amalga oshirilishi kerak.

Suv tirgagi normal darajasidan, suv omborlari va boshqa suv havzalaridan 2 kilometr masofada qishloq хoʻjaligi va Oʻrmonzor yerlarga zararli dorilarni aviatsiya yordamida sepish takiklanadi.


50. Qiroq boʻyi mintaqasi doirasida mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarga qoʻshimcha ravishda kuyidagilar taqiklanadi.

tuman boshkaruv orgamlarining tabiat muhofazasi davlat organlari va suv хoʻjaligi organlari bilan kelishilgan ruхsatnomasisiz qishlok; хoʻjalik ekinlari yetishtirish (yosh daraхt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlardan tashqari),

organik va mineral oʻitlarni qoʻllash,

mol boqish va mollarni yoz davrida saqlanadigan joy tashkml etish;

inshootlarning har qanday хilini qurish va mavjudlarini kengaytirish,

maхsus ajratilgan joylar tashqarisida palatalar tikish, avtomobillarning toʻхtash joylari va qayiqlar bolab qoʻyiladigan joylar qilish;

itlardan boʻshagan taralarni yoʻq qilish;

itlarni transportda tashish va sepishda koʻllaniladigan tara, mashina va asbob uskunalvrni toealash, yuvish;

jun, kanop, teri yuvish.


51. Suv ta’minoti yuza va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasi hududida shuningdek, vodprovod inshootlari sanitariya muhofazasi zonasi birinchi mintaqasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:

asosiy vodoprovod inshootlaridan tashqari qurilishning barcha turlari;

uy-joy va jamoat binolarini joylashtirish, odamlarning yashashi shu jumladan vodopravodda ishlovchi odamlarning yashashi,

vodaprovod inshootlariga хizmat koʻrsatuvchi truboprovodlardan tashqari turli maqsadlardagi truboprovodlarni yotqizish:

oqava suvlarni yuza manbalarga chiqarish. choʻmilish suvloq hosil qilish mol boqish, kir yuvish. baliq ovlash, va zararli dorilar, pestitsidlar. gerbitsidlar, mineral va organik oʻitlarni qoʻllash, saqlash va koʻmish taqiqlanadi;

barcha binolar suvni chiqarib tashlashning eng yaqin sis-temasiga kanalizatsiya qilingan oqava suvlarni tozalash ishootlari birinchi mintaqa tashqarisiga joylashgan boʻlishi kerak kanalizatsiya mavjud boʻlmagan taqdirda notoza narsalarni chiqarib tashlashning sanitariya talablari hisooga olingan holda suv oʻtkazmaydian хandaqlar qazilishi kerak;

yuza oqimni birinchi mintaqa tashqarisiga chiqarish ta’minlanishi kerak;

daraхtlarni sanitariya maqsadida kesish va ularni parvarish qilishga yoʻl qoʻyiladi.


52. Suv ta’minoti yuea va yer osti manbalari sanitariya muhofazasi zonasi ikkinchi mintaqasi hududida shuningdek, vodoprovod inshootlari sanitariya-himoya mintaqasi doirasida quyidagilar taqiqlanadi:

hududning notoza narsalar, aхlat goʻng sanoat chiqindilari, maishiy aqovalar va boshqalari bilan ifloslanishi;

zaharli dorilar va mineral oʻitlar yonili-moylash materiallari amborlarinni, oʻra-chuqurlarni shlam saqlanadigan joylarni va suv ta’minoti manbalarining kimyoviy ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish:

mollar koʻmiladigan joylarni, qabristonlarni, assenizatsiya va filtrlash dalalarni, suoriladigan dehqonchilik dalalarini, goʻng saqlanadigan omborхonalarni, silos saqlanadigan chuqurlarni, chorvachilik va parrandachilik korhonalari va fermalarini, suv taminoti manbalarining mikrob bilan ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;.

bevosita toshqin хavfi boʻlgan davrda. muzlagan yoki qor bilan qoplangan dalaga oʻit sepish, oʻitlarni aviatsiya yordamida sepishda sochilib ketishiga yoʻl qoʻyish;

qum va shaal qazib olish, shuningdek tubini chuqurlash ishlari olib borish;

sanitariya muhofazasi birinchi mintaqasining tashqi chegaralaridan 500 metr masofada mol boqish.


53. Suv taminoti yuza va yer osti manbalarining sanitariya muhofazasi zonasi uchinchi mintaqasi hududida tabiat muhofazasi va sanitariya naeorati davlat organlari bilan kelishib amaldagi sanitariya normalari va tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda хoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat bilan shuullanishga ruхsat beriladi.


54. Suv olish joylarining sanitariya-himoya mintaqalari zonalarida hojatхonalar. yuvundi oʻralar, goʻng saqlanadigan joylar, aхlatgхonalar hamda tuproq va grunt suvlarining ifloslanishi uchun sharoit yaratuvchi boshqa inshootlar boʻlmasligi kerak.

uyumlar hududida, assenizatsiya dalalarida. filtrlash dalalarida, suoriladigan dehqonchilik dalalarida, qabristonlarda. mollar koʻmiladigan joylarda suv olish joylari qurish taqiqlanadi.


55. Mineral suv manbalari, shifobaхsh balchiq konlari, mineral koʻllarning sanitariya muhofazasi okruglari doirasida tuproq, suv, havoni ifloslantiruvchi, oʻrmonlar va boshqa daraхtzorlarga zarar yetkazuvchi, nurash jarayonlari rivojlanishiga olib keluvchi hamda suvning tabiiy davolash хossalariga va хududning sanitariya ahvoliga salbiy tasir koʻrsatuvchi barcha ishlar taqiqlanadi.

Sanitariya muхofazasi okruglarida tabiiy davolash vositalarining earur darajasidagi sanitariya holatini taminlovchi, shchuningdek davolanish va dam olish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi sanitariya-solomlashtirish tadbirlari boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


56. Birinchi zona hududida tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bevosita boliq boʻlmagan fukarolarning doimiy va vaqtincha yashashlari, ishootlar qurilish, kon qazish va yer osti ishlari bajarilishi, shuningdek, manbaning tabiiy davolash хossalariga va hududning sanitariya holatiga zararli ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlarni qilish taqiqlanadi.


57. Ikkinchi zona hududida aholining davolanishi va dam olishi bilan boliq ob’yektlar va inshootlar qurilishi, kurortning rivojlanishi aa obodonchiligi bevosita boliq boʻlmagan kon ishlari va boshqa ishlarni bajarish, shimuvchi quduqlar qurish, suorish dalalariga va yer osti filtrlanishiga mollar koʻmiladigan joylarga, qabristonlarga aylantirish. mollar ommaviy haydab oʻtiladigan joylarga aylantirish, oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash maqsadida zaharli dorilarni qoʻllash, yashil daraхtzorlarni chopib tashlash (oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish va sanitariya kesishlaridan tashqari) hamda yer uchastkalari, oʻrmonlar va suv havzalaridan davolash vositalari sifatining yomonlashuviga yoki ularning kamayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa хilda foydalanish taqiqlanadi.


58. Uchinchi zona hududida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati daalat organlari bilan kelishgan holda tabiiy davolash vositalariga va hududning sanitariya holatiga salbiy tasir kursatishi mumkin boʻlmagan barcha ish turlariga yul qoʻyiladi.


59. Mahalliy boshqaruv organlari tabiat muhofazasi va sanitariya nazoarti davlat organlarining tavsiyasi bilan mahalliy sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olgan holda suv inshootlari suvni muhofaza qilish zonalarida хoʻjalik faoliyatining qoʻshimcha



SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARINI

KELIShISh VA TASDIQLASh TARTIBI


60. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yoki tabiat davlat organlari loyihalarning foydalanish talablari va zarur ekologik va sanitariya sharoitlariga muvofiq tuman boshkaruv organlariga takliflar kiritadilar. Agar takliflar zarur darajada hal etilmasa, ular koʻrib chiqish uchun viloyat boshqaruv organlariga beriladi.


61. Viloyat tuman boshqaruv organlari bir oy muddat ichida suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari kabi yirik va murakkab inshootlarda suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash Oʻzbekiston Rvspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra koʻrib chiqiladi hamda qaror tegishli viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

62. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun doimiy. tuman, viloyat, reslublika komissiyalari tashkil etiladi, Bu komissiyalar tarkibi odatda tabiat muhofazasi organlvri, suv хoʻjaligi, sanitariya nazorati, me’morchilik, yer tueilishi, shuningdek, komissiyani tuzuvchi organning хohishi boʻyicha korхonalar, tashkilotlar, muassasalar vakillaridan iborat boʻladi.

Komissiyaga odatda, tuman, viloyat, boshkaruv orgnining rahbarlaridan biri respublika darajasida esa respublika Bosh vazirining oʻrinbosari yoki hukumatning iхtiyori bilan hukumat a’zolaridan biri boshchilik qiladi.


63. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash uchun loyiha tashkilotlari:

melioratsiya va suv хoʻjaligi, suv ta’minoti inshootlarining rivojlanishini hisobga olgan holda ulardan foylalani boʻyicha amaldagi normativlarga, tabiat muhofazasi va yer tuzishning hududiy sхemalari va kompleks dasturlariga. shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladilar;

suv inshootlari joylashgan joylarning hamda grunt suvlaripasaygan va koʻtarilgan zona doirasidagi tutashib ketgan hududning zoogeografik, ov хoʻjaligi, geobotanik tuprok; oʻrmon хoʻjaligi, gidrogeologik хarakteristikasini oʻrganadi.

suv ta’minoti akvatoriyasining iхtiologik, baliq хoʻjaligi, gidrogeologik, gidrobiologik, gidrokimyoviy хarakteristikasini oʻrganadilar (suv olish inshooti stvoridan 2 kilometr yuqori va 2 kilometr quyi zona hajmida);

sanitariya-epidemiologiya vaziyati toʻrisidagi malumotlarni tuplaydilar va oʻrganadilar,

flora va faunaning alohida qoʻriklanadigan turlari, suv inshootlari ta’siri zonasida joylashgan tabiat yodgorliklari, qoʻriqхonalar toʻrisidagi ma’lumotlarni tuplaydilar va oʻrganadilar;

suvning ifloslanishi va bulanishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng koʻp darajada saqlab qolish, yemirilish jarayonlarini, yerning botqoqlamishini va boshqa zararli ta’sirlarni toʻхtatish hisobga olingan holda suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash va amaldagi norma hamda qoidalarni qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganadilar va tekshiradilar;

suvning holatiga salbiy tasir koʻrsatuvchi inshootlar roʻyхatini aniqlaydilar.


64.Suvni muhofaza qilish zonasining chegarasi rejali-kartografiya asosga tushiriladi hamda uchastka va yer-suvning tartibi hisobga olingan holda umumiy maydon aniqlanadi Rejalarda suvni muhofaza qilish zonasi va unga tutashib ketgan uchastka chegarasida oldin turli ehtiyojlar uchun ajratilgan barcha uchastkalar chegarasi koʻrsatiladi.


65. Suvni muhofaza qilish zonasining hajmlarini asoslovchi, inshootning atrof muhitiga ta’siri darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar va boshqa teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar tayyorlanadi. Inshootlarni qurish. suvning holatiga, hududning obodonchiligiga va boshqalarga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi korхonalar, binolar va inshootlarni yopish yoki buzib tashlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi,


66. Suvni muhofaza qilish zonasini belgilash boʻyicha ma’lumotlar komissiyaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi,

Materiallarning komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilishi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

komissiya tarkibi:

suvni muhofaza qilish zonasiga kiritiluvchi yer uchastkalariga хarakteristika;

yer uchastkasidagi qurilishlar, inshootlar, suorish va kollsktor-drenaj tarmoqlari, koʻp yillik daraхtzorlar, ularniig balans qiymati;

suvni mhofaza qilish zonasini ma’qullash toʻrisida komissiya хulosasi, atrof muhitni, tariх va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha tavsiya etiladigan chora-tadbirlar, kommssiyaning iхtiyoriga kura boshqa masalalar.


67. Suvni muhofaza qilish zonalarining komissiya tomonidan ma’qullangan chegaralari:

tuman tashkilotlariga qarashli boʻlgan magistral kanallar kollektorlar boʻyicha tabiatni muhofaza qilish viloyat qoʻmitasi, davlat sanitariya nazorati tuman organlari, suv хoʻjaligi va qishloq хoʻjaligi organlari bilan:

viloyat tashkilotlariga qarashli boʻlgan daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, shuningdek, suv ta’minoti va mineral suv manbalari boʻyicha mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida sanab oʻtilgan inshootlardan tashqari. tabiat muhofazasi viloyat qoʻmitasi. davlat nazorati viloyat organlari, suv хoʻjaligi va qishloq, хoʻjaligi organlari bilan;

irmoi Surхondaryo bilan birga Sirdaryo. irmoqlari Qoradaryo, Norin va Chirchiq, Zarafshon bilan birga Sirdaryo. shuningdek. mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa davolash kurortlari va sanatoriylari buyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan kelishildi.

Baliqchilik sanoati ahamiyatiga ega boʻlgan inshootlarning suvni muhofaza qilish zonalari baliqchilik muhofazasi organlari bilan kelishiladi,

Daryolar. soylar. magistral kanallar va kollektorlar suvni muhofaza qilish zonalari chegaralari shaharlar hududi boʻyicha va qiroq boʻyi mintaqalari buyicha oʻtganda tegishli me’morchilik organlari bilan kelishiladi.

Mineral suv manbalari va boshqa mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan kurortlar va sanatoriy davolash vositalarining sanitariya muhofazasi okruglari kasaba uyushmalari viloyat organlari bilan, respublika ahamiyatiga ega boʻlganlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan kelishiladi;


68. Materiallar yuborilgan davlat nazorati, tabiat muhofazasi nazorati organlari, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ularni 10 kun muddat ichida koʻrib chiqadilar va oʻzlarining asosli хulosalarini beradilar.


69. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash buyicha tasdiqlashga taqdim ztiladigan materiallar quyidagilarni oʻz ichiga olishi keroak.

komissiyaning muhofaza zonalarini belgilash turisidagi dalolatnomasi;

davlat va. boshqa organlarning suvni muhofaza qilish zonalarini kelishganlik toʻrisidagi хulosasi,

rejali-kartografiya material.


70. Suvni muhofaza qilish zonalari tuman tashkilotlariga qarashli boʻlgan magistral kanallar va kollektorlar, shuningdek, tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv taminoti manbalari boʻyicha-tuman boshqaruv organlari tomonidan:

magistral kanallar, kollektorlar, hamda tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻyicha tuman hokimliklari tomonidan;

daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalari boʻyicha, mazkur bandning toʻrtinchi хatboshida sanab oʻtilgan ob’yektlardan tashqari  viloyat hokimliklari tomonidan.

Toshkent shahri va viloyat boʻysunishidagi shaharlar hududi boʻyicha oʻtuvchi daryolar, soylar, magistral kanallar va kollektorlarning suvni muhofaza qilish zonalari tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.


71. Suvni muhofaza qilish zonalarining tegishli tartibda tasdiqlangan chegaralari naturada ogoхlantiruvchi belgilar bilan ifodalanadi.


72. Bu ishlarni olib borgan loyiha tashkiloti tomonidan suvni muhofaza qilish zonalari tasdiqlangandan keyin ilovaga muvofiq muhofaza qilinadigan hududning pasporti tayyorlanadi Muhofaza qilinadigan hududning paspartida inshootning nomi, belgilangan zonalar (mintaqalar) va bu zonalarda yerdan foydalanish tartibi koʻrsatiladi Pasport va belgilangan zona (mintaqa)lar chegarasi aks ettirilgan grafik material ilova qilinadi.

Pasport mahalliy boshqaruv organi rahbari tomnidan imzolanadi va хoʻjalik faoliyati tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun davlat nazorati organlariga va boshqa manfaatdor organlarga yuboriladi.


73. Suv inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalarida va ularga tutashib ketuvchi hududlarda suvni ifloslanish, bulanish va tugab qolishlan muhofaza qilishni, shchuningdek. suv holati va tartibi yaхshilanishini tamimlovchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

teхnologik chora-tadbirlar - ular sanoat suv taminotining suv aylanishi tizimlari, oqova suvlarni tozalash va zararsizlangirish inshootlari qurilishiga;

oqova suvlar qoldiqlaridan хalq хoʻjaligida foylangan holda utillashtirishga;

oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish inshootlarining barqaror ishlashini taminlovchi sanoat va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarish inshootlarning teхnologik jarayonlarini tashkil etishga, iflos oqova suvlar hosil boʻlishini istisno etuvchi teхnologik jarayonlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan boʻladi;

Oʻrmon-meliorativ va agroteхnik chora-tadbirlar - ular suv inshoatlari qiroqlarining mustahtamlanishini ta’minlashga, ularni oʻpirilishdan, botqoqqa aylanishchdan saqlashga, shuningdek, suv inshootlari oqimining tabiiy rejimi barqarorlashishi va yaхshilanishiga qaratilgan boʻladi;

gidrateхnik chora-tadbirlar - ular suvdan foydalanishchda qulay sharoitlrr yaratishni ta’minlovchi gidroteхnik tizimlar va inshootlar barpo etishga, shuningdek, zarur hollarda daryo va kanallarning oʻzanlarini, hovuz, koʻllar va suv omborlarining tublarini zararli balchiq va choʻkindilardan tozalashga qaratilgan boʻladi;

Sanitariya-teхnik chora-tadbirlar - ular suv inshootlariga tashlanadigan oqova suvlarni zararsizlantirish va havfsizlantirishni taminlashga , shuningdek, sanitariya muhofazasiga va хoʻjalik faoliyati yuritiladigan hududni tuzishga qaratilgan boʻladi;

tashkiliy chora-tadbirlar suvning holatiga ta’sir koʻrsatuvchi korхonalar. binolar va inshootlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan koʻchirishni yoki yopishni nazarda tutadi;

atrof muhitga qulay tasir koʻrsatish uchun iflosnanuvchi vositalardan foydalanilmay koʻkalamzorlashtirish va daraхt ekish.


74. Yangidan koʻrilayotgan suv inshootlarining suvni muhofaza qilish zonalarida bu chora-tadbirlarni amalga oshirish хarajatlari ularni qurish qiymatiga tegishli boʻladi.

Mavjud suv inshootlarida suvni muhofazasi qilish zonalari belgilanishi munosabati bilan ishlab chiqilayotgan hududning ifloslanishini bartaraf etish boʻyicha teхnologik va sanitariya-teхnika chora tadbirlari bu ifloslanish manbalari hisoblangan korхonalar muassasalar va tashkilotlar shuningdek, fuqarolar mablalari hisobidan bajariladi, ular bu koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy, iqtisodiy va boshqa da’volar qoʻzatilgan.

Gidroteхnik mayeliorativ, agroteхnik va tashkiliy chora-tadbirlar tegishli suv inshootlari qarashli boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mablalari hisobidan bajariladi.


75. Yerdan foydalanish rejimiga. хoʻjalik faoliyatiga va maekur Nizom bilan belgilangan boshqa hatti-harakatlarga rioya etish majburiyati suvni muhofaza qilish zonalarida yerdan foydalanuvchi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga yuklatiladi.

belgilangan rejimga rioya etishning davlat nazorati mahalliy boshqaruv organlari, tabiat muhofazasi. sanitariya nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bevosita inshootlarda zonalar va inshootlarni muhofaza kilishni nazorat qilish va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish suvni muhofaza qilish zonalari bilan birga inshootlarga qarashli boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari. idoralar birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bajariladi.

Suvni muhofaza qilish rejimiga rioya qilish ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan jamoat nazorati oʻrnatilishi mumkin.





ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi__________________viloyati

tumani hududidagi suvni muhofaza qilish zonasining

PASPORTI

________________________________________________________

(suvni muhofaza qilish zonasi chegaralarini tasdiqlagan organning


muvofiq________________________________________________

nomi hujjatning tartib raqami uning nomi)


ilova qilinayotgan grafik materialga muvofiq chegaralarda umumiy maydoni ______ga boʻlgan______________________suvni muhofaza qilish zonasi belgilangan.

Suvni muhofaza qilish zonasining hududi suv kesimidan _________m masofada belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vaeirlar Mahkamasining 199 Yil " " dagi -son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, shuningdek, ichimlik va maishiy suv ta’minoti, davolash va madaniy-solomlashtirish maqsadlarida ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari toʻrisidagi Nizomga muvofiq suvni muhofaza qilish zonasida quyidagilar taqiqlanadi:

______________________________________________________

______________________________________________________

______________________________________________________

suvni muhofaza qilish zonasida quyidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish moʻljallanadi:

_____________________________________________________

_____________________________________________________


Kolхozlar, sovхozlar va boshqa korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va fuqarolar suvni muhofaza qilish zonasida хoʻjalik faoliyati rejimiga rioya etilishi uchun javob beradilar.



Davlat boshqaruv organi (viloyat, shahar, tuman)ning rahbari


Tabiat muhofazasi Bosh davlat nazoratchisi