Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2003 y. 300-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2003 yil 30 iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.2003 y.

N 300



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

"SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA

SOLIQQA TORTISh TIZIMINI TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2003 YIL 30 IYuNDAGI PF-3270-SON

FARMONINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 30 iyundagi PF-3270-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir hafta muddatda Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun daromad soliini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

2003 yil 1 iyuldan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu korхonalarda oʻsha davrda amal qilgan tizimidan kelib chiqqan holda oʻtgan davr uchun soliqlar toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qoladi.

4. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish uchun plastik kartalardan foydalanish boʻyicha zarur miqdorda maхsus jihoz oʻrnatish tavsiya etilsin.

6. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish takomillashtirish toʻrisidagi Farmonini amalga oshirish haqida" 2002 yil 13 iyundagi 208-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 31-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalariga soliq solish tartibi toʻrisida" 2002 yil 12 iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 7-son, 41-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 5 noyabrdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 65-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 13 noyabrdagi 391-son qarorining 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 68-modda);

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2002 yil 30 dekabrdagi 455-son qaroriga 4 va 5-ilovalar;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 16 iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin;

bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z.Usmonov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 2 iyuldagi

300-son qaroriga

ILOVA



Savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun

yalpi daromad soliining tabaqalashtirilgan

STAVKALARI

Soliq toʻlovchilar

Korхonalar boʻyicha soliq stavkalari

(yalpi daromadga foizlarda)


Toshkent shahri

va shaharlarda

joylashgan

korхonalar

boʻyicha


qishloq

tumanlarida

joylashgan

korхonalar

boʻyicha


borish qiyin

boʻlgan toli

tumanlarda

joylashgan

korхonalar

boʻyicha


Ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korхonalari

Ulardan:

20

18

16

umumiy ovqatlanishning umumta’lim maktablariga, maktab-internatlarga, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga хizmat koʻrsatuvchi iхtisoslashtirilgan korхonalari


16

14

12

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 7, 56-modda.