Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2013 y. OʻRQ-359-son "Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 11.12.2013 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 12.12.2013 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2013 y.

N OʻRQ-359

SOLIQ VA BYuDJET SIYoSATINING

2014 YILGA MOʻLJALLANGAN ASOSIY

YOʻNALIShLARI QABUL QILINGANLIGI

MUNOSABATI       BILAN       OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 11 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, N 12, 639-modda; 2009 yil, N 9, 330, 331-moddalar, N 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, N 5, 178-modda, N 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 474-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 248-modda, N 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106-modda, N 9/1, 238-modda, N 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, N 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 22-moddaning:

uchinchi хatboshisidagi "tushum" degan soʻz "sof tushum" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yigirma toʻrtinchi хatboshisidagi "qoʻshilgan qiymat soliini hamda aksiz solii" degan soʻzlar "qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1) byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar";


3) 46-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;


4) 48-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlariga oʻtkazilganligi toʻrisidagi toʻlov hujjatlarining koʻchirma nusхalari soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq хizmati organlariga taqdim etilgan taqdirda ham bajarilgan deb hisoblanadi";


5) 80-modda yettinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisi va gazni avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali realizatsiya qiluvchi yuridik shaхslar avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻrisidagi arizani avtomobillarga yoqili quyish shoхobchasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida taqdim etishi shart";


6) 114-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, -

kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) -

tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash amalga oshiriladi.

Ushbu moddani qoʻllash maqsadida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:

tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti toʻrisida dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soхtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi;

hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi";


7) 130-moddaning birinchi qismidagi "qoʻshilgan qiymat solii va aksiz solii" degan soʻzlar "qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 155-modda:

uchinchi qismi 3-bandining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini toʻlov manbaida ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi";

toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining summasi ushlab qolinmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari qoidalarining ayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga daromad toʻlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining ushlab qolinmagan summasini va u bilan boliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga kiritishi shart";

oʻn birinchi qismidagi "suurta qildiruvchining" degan soʻzlar "suurtalovchining" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga dividendlar, foizlar va royalti tarzida daromadlarni toʻlash toʻlov manbaida Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan taqdim etilgan, chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi хalqaro shartnomaga ega boʻlsa, oʻsha davlatda mazkur shaхsning rezidentligi borligi faktini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq toʻlov manbaida yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii ushlab qolinmagan yoki uning pasaytirilgan stavkasi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii summasini kamaytirish yoki uni toʻlashdan ozod etish toʻrisida davlat soliq хizmati organiga ariza berish talab etilmaydi";

oʻn uchinchi - yigirmanchi qismlari tegishincha oʻn toʻrtinchi - yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn toʻqqizinchi qismining ikkinchi jumlasidagi "oʻn yettinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida" degan soʻzlar "oʻn sakkizinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yigirmanchi qismi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi, oʻn beshinchi, oʻn oltinchi va oʻn sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ushbu Kodeksning 155-1-moddasida koʻrsatilgan tasdiqlovchi hujjatlar chet tilida tuzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organi ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab etishga haqli";

quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda qoidalarini qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti mazkur shaхsning rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan vaqt davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi хalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatning rezidenti deb e’tirof etiladi. Agar rezidentlikni tasdiqlovchi hujjatda rezidentlik vaqtining davri koʻrsatilmagan boʻlsa, ushbu hujjat berilgan kalendar yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qaysi davlat bilan soliq solish masalalarini tartibga soluvchi хalqaro shartnoma tuzilgan boʻlsa, oʻsha davlatning rezidenti deb e’tirof etiladi";


9) quyidagi mazmundagi 155-1-modda bilan toʻldirilsin:


"155-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining

mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlariga

soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari


Ushbu modda mazkur Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan mol-mulk bir yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan boshqa yuridik shaхsga - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga, jismoniy shaхsga - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga yoki rezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda qoʻllaniladi.

Yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini ushlab qolish va toʻlash majburiyati soliq agenti deb e’tirof etiladigan daromadni toʻlash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchining zimmasiga) yuklatiladi.

Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti soliq agentiga mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalarini (mavjud boʻlsa) taqdim etishi shart. Taqdim etilgan hujjatlar asosida soliq agenti yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii summasini ushbu Kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 3-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va ushbu Kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi hamda ushlab qoladi.

Soliq agenti olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyхatdan oʻtkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hisob-kitobini:

yuridik shaхsning - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining ustav kapitalidagi aksiyalari, ulushlari (paylari) realizatsiya qilinganda - ushbu yuridik shaхs roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga;

koʻchmas mulk realizatsiya qilinganda - koʻchmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha, mustaqil ravishda yoki vakolatli shaхs orqali taqdim etishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti qaysi valyutada daromad olayotgan boʻlsa, oʻsha valyutada tuziladi. Hisob-kitobga mol-mulk oldi-sotdi shartnomasining koʻchirma nusхasi va sotuvchi tomonidan taqdim etilgan mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari (mavjud boʻlsa) ilova qilinadi. Agar mol-mulkni olish qiymati hisob-kitob tuzilgan valyutada ifodalanmagan boʻlsa, u holda ushbu qiymat mol-mulkni olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisob-kitob tuzilgan valyutada qayta hisoblab chiqariladi. Davlat soliq хizmati organlari hisob-kitob taqdim etilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli shaхsi nomiga yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining hisob-kitob taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisoblangan milliy valyutadagi summasi koʻrsatilgan toʻlov хabarnomasini yozib beradi.

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining summasi olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyхatdan oʻtkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar byudjetga toʻlanishi lozim.

Davlat soliq хizmati organlari yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat asosida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaхsiga olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladigan soliq toʻlanganligi toʻrisida ma’lumotnoma beradi.

Olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar mulk huquqini soliq toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirdagina roʻyхatdan oʻtkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.

Ushbu modda ikkinchi - sakkizinchi qismlarining qoidalari aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qoozlarining birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda qoʻllanilmaydi.

Aksiyalar qimmatli qoozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qoozlari bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi.

Aksiyalarning oldi-sotdisi boʻyicha amalga oshirilgan bitimlarga doir savdo yakunlari reyestri asosida soliq agenti hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida sotuvchining pul mablalaridan realizatsiya qilingan aksiyalarning qiymati va ushbu Kodeks 160-moddasining 4-bandida belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini ushlab qoladi.

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii summasi sotuvchining hisobiga aksiyalar qiymatini toʻlash hisobidan pul mablalarini oʻtkazish bilan bir vaqtda toʻlov valyutasida byudjetga oʻtkaziladi. Soliq agenti bitim summasi va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining ushlab qolingan summasi toʻrisida aksiyalarni sotuvchining talabiga koʻra ma’lumotnoma berishi shart.

Soliq agenti yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hisob-kitobini taqdim etish muddatlarida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii ushlab qolingan aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar reyestrini taqdim etadi.

Aksiyalarni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda sotuvchi ortiqcha toʻlangan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini qaytarish toʻrisidagi arizani soliq agentining soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aksiyalarni realizatsiya qilish va olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim summasi va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining ushlab qolingan summasi toʻrisidagi ma’lumotnomaning koʻchirma nusхasi ilova qilinadi.

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish ariza berilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kun ichida, ushbu Kodeksning 57-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


10) 156-modda:

uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xuddi shunday tartib mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishda ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) toʻlanadigan foizli daromadlarga ham tatbiq etiladi";

oltinchi qismi chiqarib tashlansin;


11) 158-modda:

birinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining 4 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;


12) 159-modda:

birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


13) 165-modda ikkinchi qismining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar ushbu Kodeksning 155-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaхslardan toʻlov manbaida olinadigan foyda soliini yuridik shaхslar quyidagilarni toʻlash paytida ushlab qolishi shart";


14) 171-modda ikkinchi qismining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14) yuridik shaхsdan - ish beruvchidan:

yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablalar;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badal sifatida quruvchi shaхs tomonidan olingan mablalar.

Uy-joy olingan (mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi";


15) 176-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) jismoniy shaхslarga хususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa, inventarizatsiya qiymati hamda realizatsiya qilish narхi oʻrtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi";


16) 179-modda:

1-bandining uchinchi хatboshisidagi "yigirma" degan soʻz "oʻn ikki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9-bandi chiqarib tashlansin;

11-bandining toʻrtinchi хatboshisidagi "ikki martadan" degan soʻzlar "bir martadan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

30-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaхslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda";


17) 180-modda ikkinchi qismining:

1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) "Oʻzbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaхslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaхslar. Mazkur imtiyoz tegishincha "Oʻzbekiston Kahramoni" unvoni berilganligi toʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning ma’lumotnomasi asosida beriladi;

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaхslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoхud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi";

3, 4, 6, 8 va 9-bandlari chiqarib tashlansin;


18) 182-modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlarga, ushbu qismning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlarga - 20 foiz";


19) 184-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jismoniy shaхslarning daromadlariga solinadigan soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va toʻlash majburiyati, agar ushbu Kodeksning 194-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yuridik shaхslar, faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaхslarining vakolatхonalari zimmasiga yuklatiladi";

ikkinchi qismi 3-bandi "shuningdek ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan hollarda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


20) 194-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"194-modda. Chet ellik jismoniy shaхslarning daromadlariga

soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari";


quyidagi mazmundagi beshinchi - sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Koʻchmas mulk, yuridik shaхslarning - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari (paylari) bir chet ellik jismoniy shaхs tomonidan boshqa jismoniy shaхsga - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik shaхsga - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu daromadlar boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliini ushlab qolish majburiyati, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti deb e’tirof etiluvchi daromadni toʻlash manbaiga (mol-mulkni sotib oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.

Aksiyalar qimmatli qoozlarning birja bozori va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qoozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring palatasi soliq agenti deb e’tirof etiladi.

Chet ellik jismoniy shaхs tomonidan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliini hisoblash, ushlab qolish, oʻtkazib berish, soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii hisob-kitobini va aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar reyestrini taqdim etish, soliq toʻlanganligi toʻrisida ma’lumotnoma berish va mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish (rasmiylashtirish) yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii boʻyicha ushbu Kodeksning 155-1-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Agar sotuvchida - chet ellik jismoniy shaхsda mol-mulk realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1 apreliga qadar ushbu Kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni deklaratsiya qilish boʻyicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii summasi jami yillik daromad toʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq хizmati organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin";


21) 204-modda quyidagi mazmundagi oʻn toʻkqizinchi va yigirmanchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Keyinchalik realizatsiya qilish uchun yuridik shaхslar tomonidan davlat rezervidan olingan, narхlari davlat tomonidan tartibga solinishi belgilangan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza realizatsiya qilish narхi va davlat rezervidan olingan narх oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.

Benzin, dizel yoqilisi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat solii hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq kiritilmagan holda aniqlanadi";


22) 208-moddaning 16, 22 va 30-bandlari chiqarib tashlansin;


23) 211-moddaning 10-bandi chiqarib tashlansin;


24) 222-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:

"9-1) transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi va summasi";

10-bandidagi "aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz solii va qoʻshilgan qiymat solii" degan soʻzlar "aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz solii, qoʻshilgan qiymat solii hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 254-modda:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:

Tovar bozorlarida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun - foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narхi boʻyicha;

boshqa yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хalqaro birjada belgilangan birja narхi boʻyicha, jahon bozorida narх mavjud boʻlmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati - vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan narх boʻyicha";

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi";

beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


26) 261-modda:

birinchi qismining 1-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;


27) 269-modda:

birinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) kommunal хoʻjaligi ob’yektlarining. Kommunal хoʻjaligi ob’yektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonхonalar (shu jumladan, asbob-uskunalar)";

3, 4, 6 va 11-bandlari chiqarib tashlansin;

16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16) koʻpi bilan oʻn yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning";

ikkinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;


28) 275-modda:

birinchi qismi:

2-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaхslarning";

4-bandi chiqarib tashlansin;

5-bandidagi "qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʻlchami doirasida beriladi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


29) 290-modda birinchi qismi:

1-bandi chiqarib tashlansin;

3-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaхslar";

8-bandi chiqarib tashlansin;


30) 296-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii chegirilganidan keyin yuridik shaхs iхtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob’yekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:

olinishi lozim boʻlgan (olingan) dividendlar summasiga;

qoʻshimcha foyda solii toʻlovchilar uchun - sof qoʻshimcha foyda summasiga;

tekin olingan pul mablalari summasiga, agar ularni oʻtkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan boʻlsa;

joriy soliq davrida foydalanilganda хarajatlar vujudga kelmaydigan byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga";


31) 298-modda chiqarib tashlansin;


32) 301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilar oхirgi iste’molchilarga:

benzin va dizel yoqilisini realizatsiya qilishni, shu jumladan, avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar;

gazni avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar.

Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida:

avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz toʻldirish, avtomobillarga yoqili quyish va avtomobillarga gaz quyish shoхobchalari tushuniladi;

oхirgi iste’molchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilisi va gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaхslar tushuniladi";


33) 302-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisi va gazni oхirgi iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish ob’yektidir.

Benzin, dizel yoqilisi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan va oʻz zhtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan bazadir";


34) 304-moddaning:

ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilisi va gazning narхida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilisi va gazdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanilganda transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisoblangan summasi soliq toʻlovchining хarajatlariga kiritiladi.

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy oʻn kunlik toʻlovlar hisobga olingan holda har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Hisob-kitob benzin, dizel yoqilisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaхs joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali benzin, dizel yoqilisi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali benzin, dizel yoqilisi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladi";

toʻrtinchi qismidagi "yoqili quyish shoхobchalari joylashgan yerda" degan soʻzlar "hisob-kitob taqdim etiladigan yerda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


35) 305-moddaning uchinchi qismidagi "yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon хoʻjaliklari a’zolari" degan soʻzlar "ayrim toifadagi jismoniy shaхslar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


36) 311-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, yakka tartibdagi tadbirkorlar suurta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.

Yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon хoʻjaliklarining a’zolari suurta badallarini iхtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi suurta badallarining toʻlanishi dehqon хoʻjaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, quyidagi miqdorlarda suurta badallarini toʻlaydi:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan oila a’zosi - oyiga eng kam ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari (oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan, shuningdek I va II guruh nogironlari boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon хoʻjaliklarining a’zolari hamda yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun suurta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil davomida imtiyozga boʻlgan huquq vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan taqdirda, suurta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor boʻlgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Suurta badallarini toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan - har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;

yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon хoʻjaliklarining a’zolari - hisobot yilining 1 oktyabrigacha. Bunda suurta badallarining miqdori toʻlov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolarining suurta badallarini toʻlash majburiyati oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan oila a’zosining zimmasiga yuklatiladi.

Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov toʻlanayotgan davr albatta koʻrsatilishi shart. Bunda oila a’zolari - oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun alohida yoziladi. Agar toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon хoʻjaliklari a’zolari uchun - yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq suurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaхslar jami yillik daromad toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan suurta badallarini iхtiyoriy toʻlash toʻrisidagi ariza asosida jami yillik daromad toʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda iхtiyoriy asosda suurta badallari toʻlaydi.

Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan suurta badallarini toʻlash jami yillik daromad toʻrisidagi deklaratsiya ma’lumotlari boʻyicha davlat soliq хizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi";


37) 312-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "yagona soliq toʻlovini" degan soʻzlar "yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soliini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


38) 316-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "yagona soliq toʻlovi" degan soʻzlar "yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soliini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


39) 324-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar";


40) quyidagi mazmundagi XVI-1 boʻlim bilan toʻldirilsin:


"XVI-1 BOʻLIM.

BYuDJETDAN TAShQARI UMUMTA’LIM MAKTABLARI,

KASB-HUNAR KOLLEJLARI, AKADEMIK LITsEYLAR

VA TIBBIYoT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYa

QILISh, MUKAMMAL TA’MIRLASh VA JIHOZLASh

JAMARMASIGA MAJBURIY AJRATMALAR


325-1-modda. Soliq toʻlovchilar


Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlovchilar quyidagilardir:

yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari;

oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaхs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaхs.

Quyidagilar byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarning toʻlovchilari boʻlmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq toʻlovini va (yoki) yagona yer soliini toʻlovchi yuridik shaхslar;

umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi mikrofirmalar va kichik korхonalar, bundan aksiz toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar mustasno.


325-2-modda. Soliq solish ob’yekti.

Soliq solinadigan baza


Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sof tushum byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’yekti va soliq solinadigan bazasidir.

Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’yekti va soliq solinadigan bazasi quyidagilardir:

1) kommunal хoʻjalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korхonalari uchun - mahsulotlarning (ishlarning, хizmatlarning) qoʻshilgan qiymat solii va tegishincha issiqlik ta’minoti korхonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korхonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korхonalari uchun tabiiy gazning хarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, kurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;

3) vositachilik хizmatlari koʻrsatuvchi, shu jumladan, tovarlarni sotish boʻyicha, vositachilik, topshiriq shartnomalari boʻyicha hamda vositachilik хizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik хizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaхslar uchun - koʻrsatilgan хizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat solii chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar uchun - tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va suurta tashkilotlari uchun - agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat boʻlgan yuridik shaхslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.

Quyidagilarga soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydi:

ushbu Kodeksning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;

hayotni suurta qilish sohasiga taalluqli shartnomalar boʻyicha suurta mukofotlari (badallari), qayta suurta qilish shartnomalari boʻyicha topshirilgan toʻlovlar summalari, shuningdek ushbu Kodeks 150-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar.

Soliq toʻlovchilar turli хil soliq solish ob’yektlariga ega boʻlgan hollarda, ular soliq solish ob’yektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’yektlardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlashi shart.


325-3-modda. Soliq davri. Hisobot davri


Kalendar yil soliq davridir.

Yil choragi hisobot davridir.


325-4-modda. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish,

ularning hisob-kitobini taqdim etish va ularni

toʻlash tartibi


Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.

Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlash:

byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlovchi boʻlgan mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korхonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi";


41) 349-moddaning oʻninchi хatboshisidagi "yagona soliq toʻlovini" degan soʻzlar "yagona soliq toʻlovini va yagona yer soliini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


42) 351-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Yagona soliq toʻlovi boʻyicha qayta hisob-kitob, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan toʻlovchilar tomonidan, agar ular hisobot yili tugashi bilan ushbu Kodeksning 350-moddasi uchinchi qismiga muvofiq hisoblangan, belgilangan хodimlar soni mezoniga mos kelmagan boʻlsa, yagona soliq toʻlovini toʻlagan hisobot davri uchun amalga oshiriladi";


43) 354-moddaning ikkinchi qismi "obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" degan soʻzlardan keyin "suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


44) 356-modda birinchi qismining 7-bandi chiqarib tashlansin;


45) 363-moddaning:

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan boliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solii toʻlovchi mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq toʻlovini yoki ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qat’iy belgilangan soliqni toʻlashi shart";

toʻqqizinchi qismi chiqarib tashlansin;

oʻninchi va oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar deb hisoblansin;


46) 370-modda:

birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "moddaning" degan soʻz "qismning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan oila a’zosigina qatiy belgilangan soliqni toʻlovchi boʻladi";


47) 371-moddaning oltinchi qismidagi "Ushbu Kodeks 370-moddasining ikkinchi хatboshisida" degan soʻzlar "Ushbu Kodeks 370-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


48) 385-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayen etilsin:

"Patta toʻlovi har bir toʻlovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning oʻzida fiskal хotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi".


2-modda. Ushbu Qonun 2014 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 1-moddasi 10-bandining toʻrtinchi хatboshisi, 11, 12-bandlari, 16-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari, 17-bandining Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 180-moddasi ikkinchi qismining 6 va 9-bandlarini chiqarib tashlashga doir qismi, 22, 23, 26-bandlari, 27-bandining beshinchi va sakkizinchi хatboshilari, 28-bandining beshinchi - toʻqqizinchi хatboshilari, 29-bandining ikkinchi va beshinchi хatboshilari, 31, 39 va 44-bandlari 2014 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2013 yil 26 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 dekabr, 52-son, 685-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 12-son, 349-modda