Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2013 y. PQ-2071-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.11.2013 y.

N PQ-2071



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 21 noyabrdagi

PQ-2071-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining ayrim qarorlariga

kiritiladigan oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2005 yil 18 oktyabrdagi PQ-203-son qarorida:


a) 1-ilovada:


1-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jurnalning ta’sischilari boʻlib Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti hisoblanadi. Jurnal har chorakda bir marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida 15 ming nusхada nashr etiladi";


5-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jurnalning ta’sischisi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hisoblanadi. Jurnal yiliga 6 marta oʻzbek va rus tillarida 2,5 ming nusхada nashr etiladi";


b) 2-ilovada:


1-bandning "Jurnallarning bosh ta’sischilari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, SMTI, DBA, TDYuU, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti";


5-bandning "Jurnallarning bosh ta’sischilari" ustunidagi "Advokatlar assotsiatsiyasi" degan soʻzlar "Advokatlar palatasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-son qarori 2-ilovasining 32-bandida "instituti" degan soʻz "universiteti" degan soʻz bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 noyabr, 47-son, 616-modda