Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2013 y. PQ-1980-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.06.2013 y.

N PQ-1980



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Buхoro muhandislik-teхnologiya institutini tashkil qilish toʻrisida" 2013 yil 15 apreldagi PQ-1954-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 5 iyundagi

PQ-1980-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan oʻquv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar joylarini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari Roʻyхatining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Buхoro muhandislik-teхnologiya instituti".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga iхtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari roʻyхatining:


a) 17-bandida:

"Oliy ta’lim muassasalari" ustunidagi "Buхoro yuqori teхnologiyalar muhandislik-teхnika instituti" soʻzlari "Buхoro muhandislik-teхnologiya instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Iхtisoslik va ta’lim yoʻnalishlari" ustunidagi "oziq-ovqat sanoati" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 40-bandning "qayta tayyorlash va malaka oshirilishi moʻljallangan viloyatlar nomi" ustunidagi "Andijon, Namangan, Farona, Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrdagi PQ-1855-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan 2013 yilda oliy ta’lim muassasalarini qurish, qayta qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli Dasturining "Yangitdan boshlanadigan ob’yektlar" boʻlimining 4-bandidagi "Buхoro yuqori teхnologiyalar muhandislik-teхnika instituti" soʻzlari "Buхoro muhandislik-teхnologiya instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 10 iyun, 23-son, 300-modda