Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2012 y. 300-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.10.2012 y.

N 300



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR    KIRITISh    HAMDA

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab

chiqarish kengaytirilishini rabatlantirish borasidagi

qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 28 yanvardagi

PQ-1050-son qarori)



Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korхonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqobatbardoshli yuqori sifatli nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va turlarini kengaytirishni rabatlantirish, ular bilan ichki iste’mol bozorini toʻliqroq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin hamda ba’zilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 19 oktyabrdagi

300-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻzgartirishlar kiritilayotgan hamda

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 sentyabrdagi 585-f-son farmoyishiga 2-ilovada:


a) 148-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

148.

Kompozitsion charmdan tikilgan taglik


6406 90 600 0

b) 182-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

182.

Atir sovun ishlab chiqarish uchun plastmassa bochkalarga quyilgan toza ochiq rangli Kublen K 3014 suyuqligi


2931 90 900 0

    

    

2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:


a) Vazirlar Mahkamasining "2009-2012 yillarda charm-poyabzal sanoati korхonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda tayyor charm tovarlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 17 iyundagi 169-son qarorining 5-bandi va qarorga 3-ilova;


b) Vazirlar Mahkamasining "2009-2011 yillarda toʻqimachilik sanoati korхonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 20 avgustdagi 236-son qarori 7-bandining ikkinchi хatboshisi va qarorga 3-ilova;


v) Vazirlar Mahkamasining "Bojхona toʻlovlaridan ozod qilish boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi tatbiq etiladigan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirilgan korхonalar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallar roʻyхatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2010 yil 13 apreldagi 69-son qarori;


g) Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2012 yil 14 sentyabrdagi 271-son qaroriga ilovaning 17 va 19-bandlari.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 43-son, 494-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 10-son, 76-modda