Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2010 y. 250-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.11.2010 y.

N 250



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati faoliyatini tashkil

etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻrisida" 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza хizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 2 sentyabrdagi 193-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Nogironni reabilitatsiya qilish individual dasturining takomillashtirilgan shakli loyihasini koʻrib chiqish uchun kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 11 noyabrdagi

250-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Nogironlarni solomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 17 maydagi 89-son qarorida:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

nogironlarni tibbiy, ijtimoiy, kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish va protezlash;

nogironlik, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish, protezlash muammolari boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

nogiron qiladigan asosiy kasalliklarga chalingan nogironlarni reabilitatsiya qilishning individual dasturlarini ishlab chiqish;

mintaqaviy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;

reabilitatsiya qilish markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

nogironlarga faol hayot faoliyati, oʻqish va mehnat faoliyati imkoniyatini olishda koʻmaklashish";


b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz:

Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni reabilitatsiya qilish respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi;

nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralardan nogironlik masalalari boʻyicha zarur ma’lumotlarni olish huquqiga ega.

Markaz faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi".

4. Vazirlar Mahkamasining "Sotib olingan reabilitatsiya teхnik vositasi yoki koʻrsatilgan хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2009 yil 17 iyundagi 166-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 6-son, 48-modda) 2-ilovadagi "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish respublika inspeksiyasi boshlii" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlii" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi toʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 2-son, 11-modda):


a) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"29. Jamarmaning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamarma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan Jamarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar";


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 44-45-son, 387-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 11-son, 59-modda