Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2010 y. 201-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.09.2010 y.

N 201



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda

namunaviy loyihalar asosida хususiy uy-joy qurilishini

kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"

2010 yil 17 iyundagi PQ-1354-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida хususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 17 iyundagi PQ-1354-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 13 sentyabrdagi

201-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻrisidagi nizom 9-bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 8-bandidagi "qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi maqsadidagi yerlar tarkibiga" soʻzlari "har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 321-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 9-son, 48-modda