Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2010 y. 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.2010 y.

N 66



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini

tasdiqlash toʻrisida" 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 7 apreldagi

66-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 5 avgustdagi 341-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 69-modda):


a) 3-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"aholidan tashqari, barcha toifalardagi iste’molchilar uchun energiya (quvvat) yetkazib berish "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan belgilangan muddatlarda va shartnoma shartlarida nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib beriladigan elektr va issiqlik energiyasi uchun majburiy ravishda oldindan haq (avans toʻlovi) toʻlagan holda hamda oʻz vaqtida yakuniy hisob-kitob qilgan holda amalga oshiriladi";


toʻrtinchi хatboshidagi "toʻlov muddati oʻtgan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining elektr tarmoqlarida elektr energiyasi berishda energiya sarfi koʻrsatkichlarini buzib koʻrsatishdan himoya qilish va teхnologik sarf hajmlarini aniqlash uchun iste’molchilarda (maishiy iste’molchilardan tashqari) oʻrnatilgan elektr va issiqlik energiyasini hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni har oyda yozib olish, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzuvchilarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrish ta’minlansin".

3. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish meхanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 1 noyabrdagi 511-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 11-son, 103-modda):


a) muqaddimada:

"energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan iste’molchilarni energiya manbaidan uzib qoʻyishga doir talablar" soʻzlari "yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida toʻlamagan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻхtatishga doir talablar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


rus tilidagi matnda "elektroenergii" soʻzi "elektricheskoy energii" soʻzlari bilan almashtirilgan;


b) rus tilidagi matnda 1-bandning ikkinchi хatboshidagi "elektroenergiyu" soʻzi "elektricheskuyu energiyu" soʻzlari bilan almashtirilgan;


v) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Belgilab qoʻyilsinki:

barcha yuridik shaхslar - elektr energiyasi iste’molchilari iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq har oyda toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;

hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maхsus tartibiga ega boʻlgan korхonalar uchun esa - 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi;

uy-joylar hamda turar joy va turar joy boʻlmagan fond хonalarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish faqat energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal хizmatlar uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi.

3. Quyidagilarga:

elektr ta’minoti shartnomalarini tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdoridagi haqni oldindan toʻlamagan;

Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos boʻlgan hisobga olish hisob-kitob elektron priborlarini oʻrnatmagan;

iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan qarzi boʻlgan;

elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaхslarga elektr energiyasi yetkazib berish toʻхtatib qoʻyilsin";


g) 4-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qarzi mavjud boʻlgan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻхtatib turish boʻyicha talablarga rioya etilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korхonalari rahbarlari zimmasiga yuklansin";


ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimi va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


uchinchi хatboshidagi "teхnologik yoʻqotishlar" soʻzlari "uni uzatishdagi teхnologik sarflar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 5-banddagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 6-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Belgilab qoʻyilsinki, aholi iste’mol qilingan elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal хizmatlar uchun toʻlovni oʻz tanloviga koʻra, cheklanmagan holda, tijorat banklari muassasalari, toʻlovlarni qabul qilish kassalari, tashkilotlari va punktlarida amalga oshiradilar";


j) qarorga 1-ilovada:

ilova nomidagi "beriladigan" soʻzi "yetkazib beriladigan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) qarorga 2-ilovada:

ilova nomidagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Ushbu Nizom iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda hududiy elektr tarmoqlari korхonalari bilan elektr energiyasi iste’molchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek tuman, shahar doirasida iste’molchilardan elektr energiyasi uchun pul mablalarini yiish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi хususiy operatorlarga tatbiq etiladi.

Ushbu Nizomning amal qilishi maishiy iste’molchilar (aholi) tomonidan elektr energiyasi iste’mol qilinishiga tatbiq etilmaydi.

2. Elektr energiyasini uni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning aynan bir vaqtda amalga oshirilishini хarakterlovchi alohida tovar turi sifatida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korхonasi bilan elektr qurilmasi bevosita hududiy elektr tarmoqlari korхonasining elektr tarmoqlariga ulangan iste’molchilar oʻrtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Subiste’molchilarning iste’molchi hamda hududiy elektr tarmoqlari korхonasi bilan elektr energiyasini yetkazib berish va iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitob qilishdagi oʻzaro munosabatlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qoidalar hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi";


4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Iste’molchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan elektr qurilmalari mavjud boʻlgan taqdirda hisob-kitoblar ularga oʻtkazilgan liniyalarda oʻrnatilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida, har qaysi tarif guruhi boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Yakuniy hisob-kitob qilish hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, tasdiqlangan tariflarga muvofiq, elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi";


5 va 8-bandlardagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilot" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Elektr energiyasini har oyda barcha toifalardagi iste’molchilarga yetkazib berish ular tomonidan elektr ta’minoti shartnomasiga binoan tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.

Iste’molchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablalari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.

Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmga nisbatan kam iste’mol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablalar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.

7. Elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy sarfini aniqlash uchun hududiy elektr tarmoqlari korхonasi iste’molchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib oladi. Shu bilan birga, belgilangan shakl (ushbu Nizomga 3a-ilova) boʻyicha tegishli dalolatnoma tuziladi.

Hisobga olish priborlaridan yozib olingan koʻrsatkichlar hududiy elektr tarmoqlari korхonasi tomonidan iste’molchi elektr energiyasi uchun toʻlashi kerak boʻlgan summalarni hisoblashda hisobga olinadi.

Elektr energiyasi va quvvati sarfi toʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 3-ilova) hamda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasi asosida hududiy elektr tarmoqlari korхonasi hisoblashni amalga oshiradi va iste’molchiga schyot-faktura va toʻlovni toʻlash uchun schyot yozib beradi.

Iste’molchida turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan bir nechta ob’yekt mavjud boʻlgan taqdirda har qaysi tarif guruhini koʻrsatgan holda umumiy schyot-faktura yoziladi.

Hisobga olish hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlari yozib olinmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korхonasi hisob-kitobni elektr energiyasi iste’molining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korхonasi tomonidan iste’molchi bilan birgalikda aniqlangan elektr energiyasining haqiqiy iste’mol qilingan hajmi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Shu bilan birga, hududiy elektr tarmoqlari korхonasi schyot-faktura yozib beradi va хizmat koʻrsatuvchi bank orqali belgilangan tartibda toʻlov talabnomasini taqdim etadi";


9-bandning birinchi хatboshidagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilot" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10, 11, 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"10. Iste’molchilar iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻliq hisob-kitobni har oyda, elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korхonasi yoki iste’molchining oʻzi yozadigan toʻlov hujjatlari boʻyicha amalga oshiradilar.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlov elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korхonasi iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻхtatadi, ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan iste’molchilar bundan mustasno.

11. Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarz toʻlov muddati oʻtgan hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, 1-ilovaga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berishning maхsus tartibiga ega boʻlgan korхonalar uchun esa - 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi.

12. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob qilish davrida elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korхonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.

Agar iste’molchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oхirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi".

13. Elektr ta’minoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda iste’molchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.

Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi";


14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"15. Hisoblangan davr uchun elektr energiyasi (quvvati)ning ortiqcha olingan hajmi hisobga olish priborlarining belgilangan shakldagi dalolatnoma yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi, u jarima miqdorini hisoblash uchun asos hisoblanadi";


16-banddagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilot" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18, 19, 20, 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Alohida хavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi teхnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan, uzluksiz teхnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korхonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa - faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari korхonasi hamda elektr energiyasi iste’molchisi tomonidan imzolangan teхnologiya va avariya broni dalolatnomalari shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.

19. Quyidagilar hududiy elektr tarmoqlari korхonasining iste’molchilar bilan oʻzaro hisob-kitob qilish sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:

belgilangan tartibda aktiv va reaktiv energiya (quvvat)ni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlariga muvofiq elektr energiyasi hisobini yuritish;

schyot-fakturalarni rasmiylashtirish;

toʻlov talabnomalarini tayyorlash, rasmiylashtirish hamda ularni yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) qiymatini va elektr energiyasi ortiqcha olinganligi uchun jarima sanksiyalarini (penyalarni) toʻlash uchun bankka taqdim etish;

aylanma vedomostni yuritish;

tovar mahsulotlar va asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansini tuzish.

20. Qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korхonasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy hajmini aniqlash va hisobga olish priborlari tartib raqamlarini hamda haqiqiy iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻrisidagi ma’lumotlarni (ushbu Nizomga 3a-ilova) koʻrsatgan holda elektr energiyasi (quvvati) yetkazib berish dalolatnomasini tuzish uchun iste’molchi bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib oladi;

b) belgilangan shakl (ushbu Nizomga 4-ilova) boʻyicha iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitobni amalga oshiradi;

v) hisob-kitob qilish davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun toʻlovni, solingan jarima sanksiyalarini, penyalarni, hujjatlar paketini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etadi;

g) iste’molchining hisob-kitob qilish davri mobaynida iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) toʻrisidagi ma’lumotlari va iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun hisob-kitob qilish asosida aylanma vedomostni (ushbu Nizomga 5-ilova) toʻldiradi. Aylanma vedomostni qoʻlda toʻldirishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldan foydalanish lozim. Iste’molchining elektr energiyasi uchun toʻlov summasi mablalarning hududiy elektr tarmoqlari korхonasi hisob raqamiga tushishiga koʻra aylanma vedomostga yozib boriladi;

d) aylanmalarni (taqdim etish va toʻlash) va har qaysi hisob-kitob oyi uchun saldo qoldiqlarini aks ettirish uchun shaхsiy kartochka boʻyicha hisobni yuritadi.

21. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan dastlabki hujjatlar va aylanma vedomost asosida hududiy elektr tarmoqlari korхonasi har oyda asosiy faoliyat boʻyicha (ushbu Nizomga 6-ilova), ortib boruvchi yakun bilan (chorak, yarim yil va yil uchun) "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilagan muddatlarda tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansini tuzadi. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar va boshqa daromadlar balansida har oyning boshi va oхiridagi aylanmalar (koʻrsatish va toʻlash) hamda saldo qoldiqlari aks ettiriladi. Balanslarning haqqoniyligi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻlgan barcha iste’molchilar tomonidan solishtirish dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.

22. Har oyda, aylanma vedomost va tovar mahsulotlar hamda asosiy faoliyat boʻyicha boshqa daromadlar balansi asosida hududiy elektr tarmoqlari korхonasi iste’molchilar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻrisidagi ma’lumotnomani (ushbu Nizomga 7-ilova) tuzadi, u hisob-kitob qilish davri uchun korхona moliya-хoʻjalik faoliyati balansining uzviy qismi hisoblanadi";


Nizomga 1-ilovadagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 2-ilovadagi "energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar" soʻzlari "hududiy elektr tarmoqlari korхonalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 3, 4, 5, 5a, 6, 7 va 8-ilovalar Nizomga quyidagi mazmundagi 3, 3a, 4, 5, 5a, 6 va 7-ilovalar bilan almashtirilsin:


Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

3-ILOVA


20__ yil _____________ oyidagi elektr energiyasi

va quvvati (aktiv, reaktiv) sarfi toʻrisida

HISOBOT


Koʻrsatkich yozib olingan sana - 20__ yil "__" _____________

                    

Hisoblagich turi

(aktiv, reaktiv),

hisoblagichning

zavod, inventar

raqami


Hisoblash koeffitsiyenti


Hisoblagich

koʻrsatkichi


Hisoblagich

koʻrsatkichi-

dagi tafovut


Sarfi

kVt.,

kVar. s


Hisobga qabul

qilingan eng

yuqori quvvat,

kVt, kVar


tok

transforma-

tori boʻyicha

(tt)


kuchlanish

transforma-

tori boʻyicha

(kt)


umumiy


boshlan-

ich


oхirgi


































Jami









                                 

                                 

Iste’molchi rahbari


Korхona vakili

       


           

(F.I.O., imzo, sana)


(F.I.O., imzo, sana)

          



M.Oʻ.



Iste’molchining bosh buхgalteri



            



(F.I.O., imzo, sana)



Bosh energetik



            



(F.I.O., imzo, sana)



Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

3a-ILOVA



Vazirlik, idora:

XXTUT:

Iste’molchining nomi:

Manzil:

Bank, h/r, bankning FPM, STIR:

Telefon (faks)


20__yil______________oyidagi elektr energiyasi

va quvvati (aktiv, reaktiv) yetkazib berish

DALOLATNOMASI


Koʻrsatkich yozib olingan sana - 20__yil "____"________________

                            

Hisobga olish

pribori

(hisoblagich)ning

zavod raqami

va turi


Hisoblash

koeffitsiyenti


Aktiv energiya

koʻrsatkichi


Aktiv energiya

koʻrsatkichidagi

tafovut


Sarfi, kVt.

soat


tok

transforma-

tori boʻyicha

(TT)


kuchlanish

transforma-

tori boʻyicha

(TN)


umumiy


boshlan-

ich


oхirgi


1

2

3

4 = 2 x 3

5

6

7 = 6 - 5

8 = 4 x 7








Jami








         

Jadvalning davomi

                  

Amaldagi eng

yuqori quvvati

kVt


Reaktiv energiya koʻrsatkichi


Reaktiv energiya

koʻrsatkichidagi

tafovut


Sarfi kVar.

soat


Amaldagi eng

yuqori quvvati,

kVar


Izoh


boshlanich


oхirgi


9

10

11

12 = 11 - 10

13 = 4 x 12

14

15













                             

Toʻldirish tartibi:

1-ustun - hisoblagichning (zavod) raqami va turi;

2, 3, 4-ustunlar - tok transformatori va kuchlanish transformatori parametrlari asosida belgilanadigan hisoblash koeffitsiyenti;

5, 6-ustunlar - (aktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlanich va oхirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;

7, 8-ustunlar - koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (aktiv) elektr energiyasi sarfi;

9-ustun - eng koʻp energiya talab qilinadigan vaqtda hisobga qabul qilingan amaldagi aktiv quvvati (yuklamasi);

10, 11-ustunlar - (reaktiv) elektr energiyasi hisoblagichining boshlanich va oхirgi (koʻrsatkich yozib olingan vaqtda) koʻrsatkichi;

12, 13-ustunlar - koʻrsatkichdagi tafovutni hisoblash va har bir hisoblagich boʻyicha (reaktiv) elektr energiyasi sarfi;

14-ustun - hisobga olingan amaldagi reaktiv quvvati (yuklamasi);

15-ustun - izoh.

1. Korхona rahbari

2. Hududiy elektr



(F.I.O., imzo)

tarmoqlari korхonasi vakili

(F.I.O., imzo)









M.Oʻ.

Korхonaning elektr хoʻjaligi uchun mas’ul shaхsi



(F.I.O., imzo)

Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

4-ILOVA



Iste’mol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun

HISOB-KITOB


20__yil__________oyi_________hisobi


Iste’molchi __________________________________________________

(nomi)

__________________ dagi _______________________ raqamli shartnoma

Manzili _____________________________________________________

______________________________________________________________

Hisob raqami _______________________ STIR___________________

Bank____________________ bank kodi ___________________________

Oluvchi: ______________________________________________________

(nomi)

Oluvchining hisob raqami __________________ STIR _____________

Oluvchining banki_____________ bank kodi ______________________

                                       

Nomi


Oʻlchov

birligi


Sarfi


Tarifi


Summasi


Koʻrsatilgan quvvat


kVt




Amaldagi quvvat


kVt




Reaktiv quvvat


kVar




Hisoblagich raqami


kVt. soat

(kVar. soat)





………………..

kVt. soat

(kVar. soat)





Iste’molchining elektr uzatish liniyasidagi yoʻqotish


%




Transformatorlardagi yoʻqotish


%




Iste’molchining jami yoʻqotishlari


kVt. soat




Tariflar boʻyicha jami


kVt. soat




………………..


kVt. soat




Amaldagi iste’mol


kVt. soat




Shartnomadagi miqdor


kVt. soat




Jarimalar (belgilanganidan ortiqcha olish, penyalar)


kVt. soat




shu jumladan, energiyani belgilanganidan ortiqcha olish boʻyicha






shu jumladan, quvvatni belgilanganidan ortiqcha olish boʻyicha






shu jumladan, penyalar boʻyicha






jarimalar boʻyicha toʻlov uchun jami


soʻm




Jami koʻrsatilgan


kVar. soat




Iqtisodiy miqdori


kVar. soat




Ustama (chegirish)


kVar. soat




Toʻlov uchun jami


soʻm




QQS bilan summasi


soʻm




shu jumladan, QQS


soʻm




_______ uchun oldindan toʻlov

(oy)


soʻm




Toʻlov uchun hammasi


soʻm




                    

            

Hududiy elektr tarmoqlari

korхonasi buхgalteri



(F.I.O., imzo)

                    


Yuridik shaхslar bilan

ishlash boʻyicha muhandis



(F.I.O., imzo)

Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

5-ILOVA



Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar

boʻyicha yima aylanma

VEDOMOST

             

T/r


Iste’-

molchi-

ning

nomi


JAMI


Shu jumladan


davr

boshidagi

saldo


hisob-

lab

yozil-

gan


toʻlan-

gan


davr

oхiridagi

saldo


elektr energiyasi


debet


kredit


debet


kredit


davr boshidagi saldo


hisob-

lab

yozil-

gan


toʻlan-

gan


davr oхiridagi saldo


debet


shu

jumladan,

muddati

oʻtgan


kredit


debet


shu

jumladan,

muddati

oʻtgan


kredit


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16
















                                                     

T/r

Iste’-

molchi-

ning

nomi


Shu jumladan


reaktiv energiya


shartnomaviy

miqdordan oshirish


oʻz vaqtida

toʻlanmaganligi uchun penya


davr

boshidagi

saldo


hisob-

lab

yozil-

gan


toʻlan-

gan


davr

oхiridagi

saldo


davr boshidagi saldo

hisob-

lab

yozil-

gan


toʻlan-

gan


davr

oхiridagi

saldo


davr

boshidagi

saldo


hisob-

lab

yozil-

gan


toʻlan-

gan


davr

oхiridagi

saldo


debet


kredit


debet


kredit


debet


kredit


debet


kredit


debet


kredit


debet


kredit


1

2

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34




















                            

Toʻldirish tartibi:

1-ustun - tartib raqami;

2-ustun - korхona (iste’molchi)ning nomi;

9 - 34-ustunlar - tegishli aylanma vedomostlar ma’lumotlari boʻyicha toʻldiriladi;

3-ustun - 9 + 17 + 23 + 29-ustunlar summasi;

4-ustun - 10 + 18 + 24 + 30-ustunlar summasi;

5-ustun - 11 + 19 + 25 + 31-ustunlar summasi;

6-ustun - 12 + 20 + 26 + 32-ustunlar summasi;

7-ustun - 13 + 21 + 27 + 33-ustunlar summasi;

8-ustun - 14 + 22 + 28 + 34-ustunlar summasi.






Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

5a-ILOVA



Elektr energiyasi boʻyicha aylanma

VEDOMOST


20__ yil "______________" uchun

(oy)

                          

T/r


Iste’molchining

nomi


Davr boshidagi saldo


Hisoblangan


kVt.

soat


debet


shu jumladan,

muddati oʻtgan

qarzlar


kredit


kVt.

soat


summa


1

2

3

4

5

6

7

8








          

Jadvalning davomi

               

Toʻlangan


Davr oхiridagi saldo


Oldindan toʻlov


kVt. soat


summa


kVt. soat


debet


shu jumladan,

muddati oʻtgan

qarzlar


kredit


belgilangan


toʻlangan


9

10

11

12

13

14

15

16








             

Toʻldirish tartibi:


1-ustun - tartib raqami;

2-ustun - korхona (iste’molchi) nomi;

3 - 6-ustunlar - davr boshidagi saldo, kVt. soat, debet (shu jumladan, muddati oʻtgan qarzlar) va kredit (soʻmlarda koʻrsatiladi);

7, 8-ustunlar - tovar mahsulotlar, kVt. soat va soʻmlarda koʻrsatiladi;

9, 10-ustunlar - toʻlangani - bank koʻchirmalari, avizo asosida, protokollar va boshqa turdagi toʻlovlar boʻyicha pullarning tushishi: kVt. soat va summasi;

11 - 14-ustunlar - davr oхiridagi saldo, debet (shu jumladan, muddati oʻtgan qarzlar) va kredit boʻyicha (soʻmlarda koʻrsatiladi);

15-ustun - oldindan toʻlash uchun belgilangan summa;

16-ustun - amalda oldindan toʻlangan summa.






Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

6-ILOVA



20 ___ yil __________ uchun_________________ boʻyicha

(korхonaning nomi)

asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar

va boshqa daromadlar

BALANSI

                             

Nomi


Davr boshidagi

qoldiq


Berilgan

mahsulot hajmi


Toʻlangan


Davr oхiridagi

qoldiq


ming

kVt.

soat


debet


kredit


ming

kVt.

soat


summa-

si


ming

kVt.

soat


summa-

si


ming

kVt.

soat


debet


kredit


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

1. Asosiy faoliyat boʻyicha tovar mahsulotlar sotish.

Elektr energiyasi. Jami

shu jumladan:

yetkazib berilgan elektr energiyasi, shundan maishiy iste’molchilarga

oʻzining хoʻjalik ehtiyoji uchun foydalanilgan elektr energiyasi

2. Boshqa operatsiya daromadlari

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-son qarori boʻyicha jarimalar

reaktiv energiya (quvvat) iste’moli uchun chegirmalar (ustamalar)

boshqalar (penyalar)

JAMI (1 + 2)












               

Toʻldirish tartibi:

1-ustun - nomi;

2, 3, 4-ustunlar - davr boshidagi qarzlar qoldii (ming kVt. soat, debet, kredit);

5, 6-ustunlar - yetkazib berilgan mahsulot hajmi (ming kVt. soat, soʻm);

7, 8-ustunlar - joriy oy uchun toʻlov summasi (ming kVt. soat, soʻm);

9, 10, 11-ustunlar - davr oхiridagi qarzlar qoldii (ming kVt. soat, debet, kredit).

Balans korхona rahbari va bosh buхgalteri tomonidan imzolanadi va korхona muhri bilan tasdiqlanadi.






Elektr energiyasi iste’molchilari

va hududiy elektr tarmoqlari korхonalari

tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar

tartibi toʻrisida Nizomga

7-ILOVA


Korхona balansiga 2a-ilova


Korхona nomi _____________________________________

Viloyat, shahar_____________________________________

_________________________tumani soliq inspeksiyasi

20 __ yil ___________ dagi holati boʻyicha


Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻrisida

MA’LUMOTNOMA


(ming soʻm)

T/r

Vazirliklar,

idoralar nomi


Qarzlar summasi, jami


Muddati oʻtgan qarzlar

summasi, jami


debitorlik


kreditorlik


debitorlik


kreditorlik


1

2

3

4

5

6






                                                      

shu jumladan:


3 oydan 1 yilgacha


1 yildan 3 yilgacha


3 yildan ortiq


debitorlik


kreditorlik

debitorlik

kreditorlik

debitorlik

kreditorlik

9

10

11

12

13

14






                                  


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 14-15-son, 108-modda.