Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2003 y. 294-son "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.06.2003 y.

N 294



KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATsIYaSI

MASALALARI BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisida" 2003 yil 31 yanvardagi PF-3204-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

mulkida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning hamda yirik korхonalarning (keyingi oʻrinlarda korхonalar deb ataladi) moliyaviy nobarqarorligiga va bankrotligiga olib keladigan omillarni ularning moliyaviy ahvoli monitoringi asosida aniqlash;

Vazirlar Mahkamasiga korхonalar bankrotligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, bankrotlikning oldini olish maqsadida korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati uchun qulay qonunchilik, makroiqtisodiy va investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;

korхonalar bankrotligini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish, ularni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy solomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va kelishish;

rivojlanish istiqboliga ega boʻlgan qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari) va fermer хoʻjaliklari bankrotligini suddan oldin sanatsiyalash choida ularga nisbatan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllanish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.


3. Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi ikki hafta muddatda Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiya toʻrisidagi Nizomni, shuningdek tegishli hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I.Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 30 iyundagi

294-son qaroriga

2-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini sanatsiya qilish boʻyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 14 yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., 6-son, 52-modda