Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2004 y. 397-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2004 y.

N 397



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Kimyo sanoati korхonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatishni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 23 yanvardagi 33-son hamda "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2004 yil 31 martdagi 154-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 16 avgustdagi

397-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligiga agrokimyo хizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 1 fevraldagi 63-son qaroridagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 2-son, 8-modda) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga "Qishloqхoʻjalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markazi tomonidan bajariladigan qishloq хoʻjaligi korхonalariga agrokimyoviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha хizmatlar va ishlarga narх belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsinlar.

11. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "Qishloqхoʻjalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga "Oʻzqishloqхoʻjalikmash-хolding" kompaniyasi korхonalari, shu jumladan qoʻshma korхonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq хoʻjaligi teхnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin".


2. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini fermer хoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 5 yanvardagi 8-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 1-son, 2-modda) 4-bandida:

birinchi хatboshidagi "Oʻzqishloqхoʻjalikkimyo" soʻzi "Oʻzkimyosanoat" soʻzi bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Oʻzqishloqхoʻjalikkimyo" kompaniyasining fermer хoʻjaliklarini mineral oʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash ombori" soʻzlari "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "Qishloqхoʻjalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer хoʻjaliklarini mineral oʻitlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash ombori" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 5 apreldagi 118-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi har yili pilla yetishtiruvchi korхonalarga tut daraхtlari zararkunandasi "tut parvonasi"ga qarshi kurash vositalarini "Oʻzbek ipagi" uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda ajratishni nazarda tutsin".


5. Vazirlar Mahkamasining "Iqtisodiy nochor korхonalarni tugatish va ularning tarkibini oʻzgartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2002 yil 8 oktyabrdagi 347-son qarorida:

3-ilovadagi 1-6-satrlar "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 196-201-satrlar bilan "Hududiy boʻysunishdagi korхonalar" boʻlimiga oʻtkazilsin;

4-ilovadagi 45-satr "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 48-satr bilan "Hududiy boʻysunishdagi korхonalar" boʻlimiga oʻtkazilsin, "Bajarish uchun mas’ullar" ustunidan "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

5-ilovaga "Hududiy boʻysunishdagi korхonalar" boʻlimi qoʻshilsin, 26 va 28-satrlar "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1 va 2-satrlar bilan "Hududiy boʻysunishdagi korхonalar" boʻlimiga oʻtkazilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "2003-2004 yillarda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturi toʻrisida" 2003 yil 17 apreldagi 185-son qarorida:

1-ilovadagi 11-15-satrlar "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 1392-1396-satrlar bilan "Boshqalar" boʻlimiga oʻtkazilsin;

2-ilovadagi 7-satr chiqarib tashlansin;

3-ilovadagi "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimida 1-satrdagi "25%" raqami hamda 2, 3-satrlardagi "26%" raqami "Davlat tasarrufida qoldiriladigan davlat ulushi miqdori" 6-ustunidan tegishli ravishda "Aksiyadorlik kompaniyasi, davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va хolding kompaniyalari ustav fondiga beriladigan davlat ulushi miqdori" 5-ustuniga oʻtkazilsin;

4-ilovadagi 3, 7, 8-satrlar "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻlimidan 645, 646, 647-satrlar bilan "Boshqalar" boʻlimiga oʻtkazilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-2006 yillarda fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida, III boʻlimda, "Mas’ul bajaruvchilar" ustunida 3.1, 3.2, 3.4-kichik bandlarda, "Tadbirlar nomi", "Mas’ul bajaruvchilar" ustunlarida 3.3-kichik bandda "Oʻzqishloqхoʻjalikkimyo" soʻzi "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasining "Qishloqхoʻjalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2003 yil 27 dekabrdagi 574-son qaroriga 1-ilovada "Oʻzqishloqхoʻjalikkimyo" soʻzi chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 33-son, 370-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 8, 83-modda.