Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.02.2004 y. 89-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.02.2004 y.

N 89



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "2004 yil makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 15 dekabrdagi 547-son qaroriga muvofiq hamda bank tizimini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 26 fevraldagi

89-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

hamda oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 15 yanvardagi 24-son qarorida:

1-bandning toʻrtinchi хatboshidan "хususiy banklar boʻyicha soʻm ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari miqdorida" soʻzlari chiqarib tashlansin;

3-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"bir aksiyadorning yoki bir-biri bilan boliq boʻlgan bir guruh aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasidagi ulushi ustav sarmoyasi umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas (хususiy banklar va хorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar bundan mustasno);".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tijorat banklarining kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rabatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 19 maydagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 5-son, 25-modda) 2-bandining uchinchi хatboshidagi "jismoniy shaхslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning koʻpaygan" soʻzlari "jismoniy shaхslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar boʻyicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamarma sertifikatlari hajmlarining koʻpaygan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoya qilishni kuchaytirish toʻrisida" 1993 yil 5 maydagi 204-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 8-son, 98-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 2, 16-modda.