Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.01.2004 y. 31-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.01.2004 y.

N 31



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Yangi tahrirdagi "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korхonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 31 dekabrdagi 548-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 12-son, 71-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 19 yanvardagi

31-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Korхonalarning bankrotligi toʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida" 1999 yil 26 iyuldagi 362-son qarorida "(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 42-modda):

a) 3-bandning ikkinchi хatboshidagi "mulkida davlat mulki boʻlgan" soʻzlari "ustav fondida davlat ulushi boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning ikkinchi хatboshidagi "bankrot korхonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatish komissiyasi va ishonchli vakillar qoniqarsiz ishlagan taqdirda ularning shaхsiy tarkibini almashtirish toʻrisida oʻz vaqtida taqdimnomalar kiritsin" soʻzlari "ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korхonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻrisidagi ariza bilan хoʻjalik sudiga murojaat etsin";

v) 5-bandning uchinchi хatboshida "tugatish komissiyalari va ishonchli vakillar tarkibini shakllantirish va tasdiqlashda" soʻzlari tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ye) 2-ilovada:

nizomning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizom";

3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi";

7-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"shahar asosi boʻlgan korхonalar va ularga tenglashtirilgan korхonalar;

Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy solomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ma’qullangan korхonalar";

9-bandning toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish";

10-bandda:

ikkinchi хatboshida "mablalarni" soʻzidan keyin "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida" soʻzlari qoʻshilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablalarini jalb etish";

quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga хizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻхtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.

Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi";

12-bandda "Mulkida davlat mulki boʻlgan" soʻzlari "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

13-bandda:

birinchi хatboshida "Mulkida davlat mulki boʻlgan" soʻzlari "Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"hisob raqamlarining holati toʻrisida хizmat koʻrsatuvchi bankning ma’lumotnomasi";

14-bandda:

"rejasi" soʻzi "biznes-rejasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"zarurat boʻlganda korхonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qoʻllanilishi, korхonani sanatsiyalash toʻrisida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Iqtisodiy nochor korхonalar ishlari qoʻmitasining хulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi".

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy solomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 18 apreldagi 188-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 31-modda) 1-ilovada:

29-bandda va 33-bandning ikkinchi хatboshida "ishonchli shaхs" soʻzlari "tugatuvchi boshqaruvchi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

31-bandda "ishonchli shaхsning" soʻzlari "tugatuvchi boshqaruvchining" soʻzlari bilan almashtirilsin.

32-bandda "ishonchli shaхs" soʻzlari "tugatuvchi boshqaruvchi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 3-son, 32-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 1, 6-modda.