Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2001 y. 350-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.2001 y.

N 350



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 24 fevraldagi 80-son qarorida 1-bandning beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 24 iyundagi 242-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 8 iyuldagi 262-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 15-16-son, 108-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 8, 49-modda.