Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2001 y. 217-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2001 y.

N 217



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR, QOʻShIMChALAR KIRITISh

VA AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston  Respublikasining 2001 yilgi  asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti  parametrlari  toʻrisida" 2000 yil 26 dekabrdagi 500-son qarorining  qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb  hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 16 maydagi

217-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritiladigan qarorlari

ROʻYXATI

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 31 martdagi 137-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi хat boshi  bilan toʻldirilsin:

"Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, faoliyat koʻrsatayotganlarini modernizatsiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kelinayotgan teхnologik asbob-uskunalar vakolatli bankning tegishli tasdiqnomasi mavjud boʻlgan taqdirda boj toʻlovidan ozod  qilinsin".






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 16 maydagi

217-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika qishloq хoʻjaligi korхonalarini qoʻshimcha qiymatdan byudjetga soliq toʻlashdan ozod qilish toʻrisida"gi Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 1992 yil 15 iyundagi 284-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aroq-likyor va tamaki mahsulotlariga aksiz stavkalarini oʻzgartirish toʻrisida" 1995 yil 25 martdagi 97-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chetdan olib kelinayotgan alkogolli mahsulotlarga aksiz stavkalarini oʻzgartirish toʻrisida" 1995 yil 5 maydagi 161-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alkogolli mahsulotlar, gilam va gilamli buyumlarga aksiz stavkalarini oʻzgartirish toʻrisida" 1995 yil 26 maydagi 186-son qarori.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chetga olib chiqib ketilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz solii joriy etish toʻrisida" 1996 yil 1 oktyabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996 y. 10-son, 28-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alkogolli mahsulotlarga aksiz solii stavkalarini oʻzgartirish toʻrisida" 1997 yil 14 iyuldagi 357-son qarori.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qozoiston Respublikasi va Qiriziston Respublikasidan import qilib keltirilayotgan tovarlarga aksiz soliining vaqtinchalik stavkalarini joriy etish toʻrisida" 1999 yil 13 apreldagi 173-son qarori.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 25 avgustdagi 333-son qarori.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2001 y., N 5, 27-modda.