Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2001 y. 103-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.03.2001 y.

N 103



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING AYRIM

QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh, ShUNINGDEK ULARNING BA’ZILARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


2001 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi Oʻzbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga aylantirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning Pensiya jamarmasiga badallar ajratishi tartibining va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 iyuldagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon хoʻjaliklari a’zolarini ijtimoiy suurtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti toʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 1 martdagi

103-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida" 1992 yil 6 apreldagi 170-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 1992 y., 4-son, 10-modda) 2-bandida "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari pensiya jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 1994 yil 12 maydagi 250-son qarorida:

1) 2-bandning ikkinchi va uchinchi хat boshidagi, 3 va 4-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi", "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi", "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi", "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

2) 3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasi bilan" soʻzlari chiqarib tashlansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida" 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarori 4-bandining ikkinchi хat boshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi advokatlik birlashmalarida advokatlik faoliyati bilan shuullanuvchi shaхslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 1996 yil 15 iyuldagi 250-son qarori 1-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami" 2001 y., 5-son.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 3, 13-modda.