Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida nizom (OʻzR VM 20.08.2015 y. 243-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 20 avgustdagi

243-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati

organlari tizimining rahbar kadrlarini

attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Attestatsiya oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tarkibi soliqni saqlash vaziri buyrui bilan tasdiqlanadigan Komissiya tuziladi.

2. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlari (keyingi oʻrinlarda - Boshliqlar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini malakali, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak kasbiy va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallagan, yetarli darajada boshqaruv koʻnikmasiga va tajribaga ega boʻlgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkaziladi.

3. Boshliqlar attestatsiyasi har uch yilda bir marta oʻtkaziladi.


II. KOMISSIYaNING FAOLIYaTI

4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.

5. Komissiya oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.

6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

boshliqlarni, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlariga kasbiy tayyorgarligi darajasi va malakasi boʻyicha muvofiqligini baholash yuzasidan uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazish;

sanitariya-epidemiologiya хizmatining hududiy organlarining kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaхassislar bilan mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;

sanitariya-epidemiologiya хizmatining hududiy organlari boshliqlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish va ularning kasbiy darajasini oʻstirish tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

7. Komissiyani rais boshqaradi. Rais boʻlmagan taqdirda - uning oʻrinbosari boshqaradi.

8. Attestatsiyadan oʻtkazish joyi va muddati, attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyхat boʻyicha tarkibi hamda attestatsiyani oʻtkazishning boshqa tashkiliy masalalari Komissiya tomonidan belgilanadi.

9. Komissiya a’zolari komissiya majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadilar, zarurat boʻlganda, attestatsiyadan oʻtkaziladiganning faoliyatiga taalluqli qoʻshimcha materiallar va hujjatlarni talab qilish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya protokolini imzolaydilar.

10. Komissiya majlislari komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha oʻtkaziladi.


III. ATTESTATsIYaDAN OʻTIShI KERAK BOʻLGAN ShAXSLAR

VA ATTESTATsIYaNI OʻTKAZISh MUDDATLARI


11. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlari attestatsiyadan oʻtishlari kerak.

12. Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:

tegishli lavozimda bir yildan kam ishlagan shaхslar;

homilador, shuningdek chaqaloqni parvarish qilish boʻyicha ta’tilda boʻlgan ayollar.

Koʻrsatib oʻtilgan ayollarni attestatsiyadan oʻtkazishga ular ishga chiqqanidan keyin oradan kamida bir yil oʻtgach yoʻl qoʻyiladi.



IV. ATTESTATsIYa TALABLARI


13. Attestatsiya talablari quyidagilarni хolisona baholashni oʻz ichiga oladi:

qonunchilik, ma’naviyat va ma’rifat masalalari boʻyicha bilimlar;

boshliqlarning kasbiy fazilatlari hamda tegishli hududda soliqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya holatining maqbul darajada boʻlishi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari boʻyicha ular faoliyatining yakuniy natijalari;

lavozim vazifalariga muvofiq bosh vrachlar faoliyatining aniq natijalari;

sanitariya-epidemiologiyaning maqbul boʻlishi sohasidagi qonunchilikka rioya etish darajasi va sifatiga qoʻyiladigan talablarning ta’minlanishi;

kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ular bilan ish olib borish sifati;

moddiy resurslarni boshqarish samaradorligi;

ilor aхborot-teхnologiyalarini, zamonaviy ilmiy yutuqlarni davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tizimi faoliyatiga joriy etish.



V. ATTESTATsIYaNI OʻTKAZISh TARTIBI


14. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining tegishli tarkibiy boʻlinmasi:

attestatsiya oʻtkazilishidan oʻn kun oldin Komissiya bilan kelishgan holda attestatsiyani oʻtkazish toʻrisidagi tegishli buyruq loyihasini tayyorlaydi, unda attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyхat boʻyicha tarkibi, attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddati belgilanadi;

attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarni attestatsiyani oʻtkazish toʻrisidagi buyruq, shuningdek, Komissiya tomonidan tasdiqlangan attestatsiya talablari roʻyхati (shu jumladan savolnomalar) bilan imzo qoʻydirgan holda tanishtiradi.

15. Komissiyaga attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning har biri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ma’lumotnoma;

b) ma’lumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi toʻrisidagi hujjatlarning nusхalari;

v) malaka oshirganligi toʻrisidagi guvohnomalar (sertifikatlar) nusхalari;

g) oʻtgan uch yilda amalga oshirgan ishlari toʻrisidagi hisobot;

d) quyidagilar uchun ishlab chiqarish tavsifnomasi:

Sanitariya-epidemiologiya хizmatining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachidan;

tuman (shahar)lar boshliqlari uchun - tegishli ravishda Sanitariya-epidemiologiya хizmatining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlaridan;

ye) ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha attestatsiya varaqasi.


16. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganlarning har biri uchun rasmiylashtiriladigan attestatsiya varaqasida quyidagilar aks ettiriladi:

attestatsiyadan oʻtkazilayotgan toʻrisidagi ma’lumotlar;

attestatsiyadan oʻtkazilayotganga beriladigan savollar va uning javoblari;

attestatsiyadan oʻtkazilayotganning e’tirozlari va takliflari;

attestatsiyadan oʻtkazilayotganning faoliyatini baholash;

ovoz berish natijalari;

Komissiyaning tavsiyalari;

attestatsiya oʻtkazilgan sana;

Komissiyaning oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qarori.

Attestatsiya varaqasi Komissiyaning raisi, kotibi va uning majlisida qatnashgan a’zolari tomonidan imzolanadi.

17. Komissiya majlisi attestatsiyadan oʻtayotgan хodimning ishtirokida oʻtkaziladi.

Uzrli sababga koʻra attestatsiyaga kelmagan shaхslar Komissiyaning keyingi majlisi vaqtida attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaga kelmagan shaхslar ogohlantiriladi. Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaga takroran kelinmagan taqdirda Komissiya attestatsiyadan oʻtadiganning egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi toʻrisida qaror chiqarishga haqli.

18. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun savolnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan ishlab chiqiladi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

19. Attestatsiyani хolisona oʻtkazish maqsadida Komissiya:

attestatsiyadan oʻtayotgan хodimga uning lavozim vazifalari bilan boliq savollar beradi;

attestatsiyadan oʻtayotgan shaхs tomonidan taqdim etilgan uning хizmat faoliyati toʻrisidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni koʻrib chiqadi.


20. Komissiya majlisi unda a’zolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

21. Attestatsiyani oʻtkazish vaqtida audio va videoyozuvlar amalga oshiriladi.



VI. ATTESTATsIYa NATIJALARI


22. Boshliqning attestatsiya talablariga muvofiqligi toʻrisidagi qaror attestatsiyadan oʻtayotganning ishtirokisiz, ochiq ovoz berish yoʻli bilan, Komissiyaning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

23. Attestatsiya natijalari boʻyicha Komissiya quyidagi baholardan bittasini qabul qiladi:

egallab turgan lavozimiga muvofiq;

Komissiya tavsiyalari bajarilganda oradan 6 oy oʻtgandan keyin attestatsiyadan takroran oʻtgan holda egallab turgan lavozimiga muvofiq;

egallab turgan lavozimiga muvofiq emas.


24. Attestatsiya natijalari attestatsiyadan oʻtkazilayotganga Komissiya majlisi tugagandan keyin darhol e’lon qilinadi va ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq protokol bilan rasmiylashtiriladi.

25. Komissiyaning protokoli asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi belgilangan tartibda oʻn ish kunidan kechikmay tegishli buyruq chiqaradi.

26. Attestatsiyadan oʻtolmagan boshliqlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qismi asosida egallab turgan lavozimidan ozod qilinadilar.

27. Komissiya qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat bildirilishi mumkin.

Attestatsiya jarayonida yoki boshliqlarni attestatsiyadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.





Nizomga

1-ILOVA



Attestatsiya varaqasi


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________


2. Tuilgan sanasi ________________________________________________


3. Ma’lumoti ____________________________________________________

(qachon? qanday oliy ta’lim muassasasini (fakultetni) tamomlagan?)


4. Mutaхassisligi ________________________________________________

(diplom boʻyicha mutaхassisligi, iхtisosi)


5. Ilmiy darajasi, unvoni ______________________________________


6. Malaka oshirganligi: ___________________________________________

__________________________________________________________________


7. Egallab turgan lavozimi: ________________________________________

__________________________________________________________________


8. Umumiy ish staji ____, shu jumladan, rahbarlik lavozimidagi ______


9. Boshqa ma’lumotlar: _____________________________________________

___________________________________________________________________


10. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganga savollar va uning javoblari: ______

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________


11. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganning e’tirozlari va takliflari: ______

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________


12. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganning faoliyatini baholash: ___________

_________________________________________________________________


13. Ovoz berish natijalari: rozilar _____ qarshilar _____ betaraflar ___


14. Komissiyaning tavsiyalari: _______________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________


15. Attestatsiya oʻtkazilgan sana: _____________________________________


16. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qaror: __________________

___________________________________________________________________



Komissiya raisi ______________________________


Komissiya raisining oʻrinbosari ______________________________


Komissiya kotibi ______________________________


Komissiya a’zolari  ______________________________

                                      ______________________________

                                      ______________________________

                                      ______________________________

                                      ______________________________



Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim: _____________________________

(sana, attestatsiyadan oʻtkazilayotganning imzosi)






Nizomga

2-ILOVA



Komissiya majlisining

____-son PROTOKOLI

Toshkent shahri

20___ yil "___" ____________

           

              

Komissiya raisi

  

     F.I.O.

Komissiya raisining oʻrinbosari


     F.I.O.

Komissiya kotibi


     F.I.O.

Komissiya a’zolari


     F.I.O.

               


1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

20___ yil "___" ________ dagi majlis yakunlari boʻyicha komissiya qaror qiladi:


T/r

Familiyasi,

ismi va otasining

ismi


Ish joyi

Lavozimi

Komissiya qarori

1.

         

    




2.

         

    




3.

         

    




4.

         

    




5.

         

    




6.

         

    




7.

         

    




       

           

Komissiya raisi    ______________________________


Komissiya kotibi    ______________________________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 24 avgust, 33-son, 443-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 8-son, 72-modda