Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 04.09.2015 y. OʻRQ-394-son "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.07.2015 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 06.08.2015 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

04.09.2015 y.

N OʻRQ-394



"JISMONIY TARBIYa VA SPORT TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 24 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi 513-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 76-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 147-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 309-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                    I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2015 yil 5 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 sentyabr, 36-son, 473-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2015 yil, 9-son, 340-modda