Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 24.04.2003 y. 470a-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

24.04.2003 y.

N 470a-II



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSIGA OʻZGARTIShLAR VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi qismlari hamda 117-moddasi 2004 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining boshqa moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga muvofiq kuchga kiradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ.Sultonov):

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin;

- vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                           E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 9-10-son, 68-modda