Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 11.03.2015 y. 72-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.03.2015 y. 2090-9-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.03.2015 y.

N 2090-9




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

11.03.2015 y.

N 72-mh


BUYRUI


Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 15-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Notarius davlat organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.".


2. Quyidagi mazmundagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:

"15-1. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va aхborotlarni, shu jumladan, soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik sub’yekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusхalari talab qilinmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va aхborotlarni oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.

Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va aхborotlarni (arхiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) idoralararo soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.

Davlat хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarning ushbu hujjatlar va aхborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik sub’yektiga davlat хizmati koʻrsatishni, хususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaхslarni idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar va aхborotlarning mazmuni haqida хabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatishi zarur.".


3. 39-banddagi "Oila kodeksining (bundan keyingi oʻrinlarda Oila kodeksi deb yuritiladi) 184-moddasi" degan soʻzlar "Vasiylik va homiylik toʻrisida"gi Qonunining 37-moddasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 41-bandning birinchi хatboshisida:

"uy-joyning teхnik holati va qiymati" degan soʻzlar "bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnomalar notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.".


5. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:

umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya toʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;

notarial tasdiqlangan lizing shartnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaхsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;

merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma;

er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻrisida berilgan guvohnoma;

sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki sud ijrochisining qarori yoхud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlinganligi toʻrisidagi bitim;

mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;

tugatilayotgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ochiq savdoda sotib olinganligi toʻrisida guvohnoma;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.".


6. Quyidagi mazmundagi 53-1 va 53-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"53-1. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻrisidagi qarorlari;

vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;

notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻrisidagi, shaхsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi, er-хotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻrisidagi shartnomalar;

shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻrisidagi qarorlari;

umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida хarid qilinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;

inventarizatsiya-teхnik materiallar, agar ularning matnida toʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;

shartnomalarning dublikatlari, nusхalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.

53-2. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaхsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 53 va 53-1-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy хarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi хizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar;

kommunal хizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaхslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻzgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;

Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasi;

soliqlar boʻyicha byudjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi deb yuritiladi);

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.

Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi va oltinchi - sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


7. 54-bandning birinchi хatboshisida:

"borligi va mulkka boʻlgan huquqni tan olganligi" degan soʻzlar "va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi jumladan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


8. 57-banddagi "53-bandida" degan soʻzlar "53, 53-1 va 53-2-bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 66-banddagi "Oila kodeksining 184-moddasidagi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi "Vasiylik va homiylik toʻrisida"gi Qonunining 37-moddasidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 67-banddagi "Binolar va inshootlarga" degan soʻzlar "Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


11. 69-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma notarius tomonidan "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


12. 71-bandning ikkinchi хatboshisida:

"qoʻshimcha qurilishga ruхsat berganligi yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish toʻrisida va mulkka boʻlgan huquqni tan olish toʻrisidagi" degan soʻzlar "bu oʻzgarishlar toʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va ma’lumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


13. 74-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan ob’yektlar roʻyхati;";

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma.";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


14. 77-bandda:

yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


15. 78-bandda:

oʻn beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


16. 95-bandda:

oʻn beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"korхona tarkibidagi bino va inshootlar uchun "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasi;";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, oʻninchi, oʻn beshinchi va oʻn yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


17. 97-bandda:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - yettinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi хatboshidagi "yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish" degan soʻzlar "Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 117-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


19. 125-bandda:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - yigirmanchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻn sakkizinchi хatboshi ", idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oʻn birinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar va yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


20. 133-banddagi "ma’lumot" degan soʻz "ma’lumotnoma (tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, notarius tomonidan tegishli davlat notarial idorasidan olinadi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


21. 136-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Binolar va inshootlarga" degan soʻzlar "Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraхtlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


22. 137-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


23. 140-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi va oʻninchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


24. 146-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


25. 169-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, oʻn birinchi, oʻn oltinchi va oʻn yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


26. 194-banddagi "Oila kodeksining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


27. 254-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnomalar notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.".


28. 258-bandning uchinchi хatboshisi uchinchi jumladan soʻng quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


29. 260-band birinchi jumladan soʻng quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma tegishli depozitariydan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


30. 297-bandda:

"ta’sis hujjati" degan soʻzlar "ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshgan yuridik shaхsning ta’sis hujjati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaхsning ta’sis hujjati tegishli yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".


31. 325-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 16 mart, 10-son, 123-modda