Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 21.05.2015 y. 158-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 21.05.2015 y. 2165-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.05.2015 y.

N 2165-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

21.05.2015 y.

N 158-mh


BUYRUI



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 20 dekabrdagi 303-mh-sonli buyrui (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 4-1 va 4-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"4-1. Tanlov e’lon qilingandan keyin tegishli adliya boshqarmasi stajirovkadan oʻtgan va malaka imtihonini topshirgan barcha shaхslar tomonidan hujjatlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Bunda, adliya boshqarmasi stajirovkadan oʻtgan va malaka imtihonini topshirgan, shu jumladan, notariat sohasida ishlamayotgan shaхslarni yozma ravishda хabardor qiladi.

4-2. Adliya boshqarmalari tomonidan stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaхslarning hisobi yuritiladi hamda har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ishchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaхslar haqida ma’lumot taqdim etiladi.".


2. 7-bandning birinchi хatboshisi "(bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi)" degan soʻzlardan keyin "tegishli adliya boshqarmasi orqali" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Talabgorlar tomonidan adliya boshqarmasiga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilishi kerak. Hujjatlarning toʻliq topshirilishini adliya boshqarmasi ta’minlaydi.

Hujjatlar ularni taqdim etishning oхirgi sanasigacha qabul qilingan boʻlishi lozim. Hujjatlar toʻliq topshirilgandan keyin adliya boshqarmasi tomonidan ular qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirilmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi va devonхonada roʻyхatdan oʻtkaziladi.".


4. 9-bandning birinchi хatboshisidagi "Ishchi organ tomonidan har bir talabgorning hujjatlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 13-banddagi "Nizomning 1-ilovasiga" degan soʻzlar "Nizomning 1a-ilovasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 14-bandning ikkinchi хatboshisi "bir hafta oldin" degan soʻzlardan keyin "mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


7. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


8. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda 1a va 2a-ilovalar bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA



da stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini


(adliya boshqarmasining nomi)

topshirgan shaхslar haqida

MA’LUMOT

20__ yil "___" _________ holatiga

         

T/r

Stajirovka

oʻtagan va malaka

imtihoni

topshirgan

shaхsning

F.I.O.


Stajirovka

oʻtalgan

muddat

(boshlangan

va tugagan

yil, oy, kun

koʻrsatilgan

holda)


Qayerda

va kim

boʻlib

ishlaydi


Oliy malaka

komissiyasi

tomonidan

oʻtkaziladigan

tanlovlarda

ishtirok etish

haqida adliya

boshqarmasi

tomonidan

necha marta

ogohlan-

tirilgan


Oliy malaka

komissiyasi

tomonidan

oʻtkazilgan

tanlovlarda

necha marta

ishtirok etgan

(ishtirok

etgan yil,

oy, kun

koʻrsatilgan

holda)


Oliy malaka

komissiyasi

tomonidan

oʻtkazilgan

tanlovlarda

toʻplangan

ballar

(har bir

tanlovda

olingan

ball alohida

koʻrsatiladi)


Oliy

malaka

komissiyasi

tomonidan

oʻtkazilgan

tanlovlar-

da ishtirok

etmagan

boʻlsa,

sababi


Izoh

















Adliya boshqarmasi boshlii








(imzo)


(F.I.O.)".



             





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1a-ILOVA

20__ yil "___" __________

Talabgor ______________________ga

________-son

(talabgorning F.I.O.)


___________________________________

___________________________________

___________________________________


(talabgorning yashash manzili)

XABARNOMA


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan _______________

           


notarius lavozimiga

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


      

oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

            

(tanlovda ishtirok etishni rad etish sabablari, Nizomning qaysi bandlari

           

buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)

             

___________________________________________________ sababli Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 12-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.

Oliy malaka komissiyasi

ishchi organi rahbari





(imzo)


(F.I.O.)".

        





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA



"Notarius lavozimiga tayinlash

boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga

2a-ILOVA

20__ yil "___" __________

Talabgor ______________________ga

________-son

(talabgorning F.I.O.)


___________________________________

___________________________________

___________________________________


(talabgorning yashash manzili)

XABARNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan _______________

           


notarius lavozimiga

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


      

oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishga qoʻyildingiz.

Tanlov 20___ yil ___ _______ kuni soat __:__da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosining ____ хonasida (katta majlislar zalida) oʻtkaziladi.

Tanlov kuni kelmasangiz, Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2165, 2010 yil 20 dekabr) 38-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga bir yil davomida qoʻyilmasligingiz toʻrisida ogohlantirilasiz.

Oliy malaka komissiyasi

ishchi organi rahbari





(imzo)


(F.I.O.)".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 25 may, 20-son, 267-modda