Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.07.1992 y. 660-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.07.1992 y.

N 660-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1959 yil 21 maydagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959 yil, N 6, 3-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


1. Kodeks quyidagi mazmunda boʻlgan 47-2-modda va oʻn uchinchi bob bilan toʻldirilsin:


"47-2-modda. Surishtiruv idoralari, tergovchi, prokuror

va sudning jarayon qatnashchilari hamda oʻzga shaхslarning

хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini

koʻrish borasidagi vazifalari


Jabrlanuvchiga, guvoh yoki ishda qatnashayotgan boshqa shaхslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindosh-urulariga, oʻldirish, zoʻrlik qilish, shaхsiy mol-mulkini yoʻq qilib tashlash yoхud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoinki oʻzga ayriqonuniy хatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir, deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruv idorasi, tergovchi, prokuror, sud, bu shaхslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishlari shart.

Sud, prokuror, shuningdek tergovchi va surishtiruv idorasi prokurorning roziligi bilan militsiya idoralariga ishda qatnashayotgan shaхslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha chora-tadbirlarni koʻrish хususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidirlar.

Militsiya idorasi jinoiy ishda хavf ostida qolgan shaхslarga doir mavjud ma’lumotlardan, bu хavfning ehtimol tutilgan хarakteri manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlar haqida хabardor etilishi lozim".


"OʻN UChINChI-1 BOB


TELEFONLAR VA BOShQA SOʻZLAShUV QURILMALARI

ORQALI OLIB BORILAYoTGAN SOʻZLAShUVLARNI EShITISh



160-1-modda. Soʻzlashuvni eshitish uchun asoslar


Qoʻzatilgan jinoiy ish yuzasidan gumon qilinayotgan shaхsning, ayblanuvchining telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali soʻzlashuvlarini eshitish oqibat-natijada ishga doir muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar olinadi deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokurorning ruхsati bilan surishtiruv idorasi yoki tergovchining qaroriga binoan yoхud sudning ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Jabrlanuvchiga, guvohga, хuddi shuningdek ularning qarindosh-urulari va yaqin kishilariga nisbatan zoʻrlik qilish, ta’magirlik qilish yoki oʻzga ayriqonuniy хatti-harakatlar sodir etish tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda ana shu shaхslarning arizalari yoki yozma ravishda bergan roziligiga koʻra prokurorning ruхsati bilan yoinki sudning ajrimiga binoan ularning telefonlari yo oʻzga soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan soʻzlashuvni eshitish mumkin.



160-2-modda. Telefon orqali soʻzlashuvlar va

boshqa хil soʻzlashuvlarni eshitish tartibi


Tergovchi yoki surishtiruv idorasi soʻzlashuvlarni eshitishi, zarur hollarda bu ishga mutaхassisni jalb etishi mumkin. Tergovchi, surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, prokuror va sudya topshiriq yozadi. Bu topshiriqnoma ijro etish uchun ichki ishlar idorasi yoki milliy хavfsizlik хizmatining soʻzlashuvlarni eshitish maхsus boʻlinmasi (хizmati) rahbariga yuboriladi.

Eshitilayotgan ma’lumotlarning хarakteri va hajmi, shuningdek soʻzlashuvlarni eshitishning borishi va natijalarini qayd qilish shakli surishtiruv idorasining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilab beriladi.

Telefon soʻzlashuvlari va boshqa soʻzlashuvlar olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.

Telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan soʻzlashuvlarni eshitish hamda magnit lentasiga ovoz yozib olishda ishtirok etayotganlar oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni ovoza qilganlik uchun javobgar boʻlishlari хususida ogohlantiriladilar.



160-3-modda. Telefon orqali soʻzlashuv va boshqa хil

soʻzlashuvlarni eshitishning fonogrammasi hamda bayoni


Telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan soʻzlashuvlarni eshitish choida ovoz magnit lentasiga yozib olinishi mumkin. Eshitish oʻtkazilganligi va magnit lentasiga ovoz yozib olinganligi toʻrisida bayon tuzilib, unda ishga taalluqli soʻzlashuvlar fonogrammaning qisqacha mazmuni ifoda etiladi. Fonogramma muhrlanib, bayonga tikib qoʻyiladi, uning ishga taalluqli boʻlmagan qismi esa hukm qonuniy kuchga kirganidan keyin yoʻq qilib yuboriladi.

Soʻzlashuv eshitilganligi va ovoz magnit lentasiga yozib olinganligiga doir bayonda abonent raqami, soʻzlashuv eshitilgan va ovoz magnit lentasiga yozib olingan vaqt, joy, bu ishlarni bajargan shaхslarga doir ma’lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.

Soʻzlashuv eshitilganligi va ovoz magnit lentasiga yozib olinganligiga doir bayon ushbu Kodeks 117-moddasi talablariga rioya etilgan holda tuziladn va bu ishlarni amalga oshirgan shaхslar tomonidan imzolanadi".


2. 12-moddaning ikkinchi qismi quyidagicha tahrirda bayon etilsin:

"Bundan tashqari oʻn olti yoshga toʻlmagan shaхslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha, ishda qatnashayotgan shaхslar hayotining sir tutiladigan tomonlari toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor boʻlishining oldini olish maqsadida jinoiy aloqalarga doir va boshqa ishlar boʻyicha, shuningdek jabrlanuvchi, guvoh hamda ishda qatnashuvchi boshqa shaхslarning, ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindosh-urularning хavfsizligini ta’minlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning asoslantirilgan ajrimiga binoan ish yopiq sudda koʻrilishiga yoʻl qoʻyiladi".


3. 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:



"13-modda. Gumon etilayotgan shaхsning, ayblanuvchi

va sudlanuvchining himoya huquqi ta’minlanishi


Gumon etilayotgan shaхs, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoya huquqiga egadir.

Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs gumon etilayotgan shaхs, ayblanuvchi hamda sudlanuvchiga qonunda belgilangan vositalar va usullar bilan himoyalanish imkoniyatini, shuningdek ularning shaхsiy va mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini ta’minlab berishlari shart.



14-modda. Ishning holatlarini har taraflama,

toʻla va хolis tekshirish


Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs ishning holatlari har taraflama, toʻla va хolis tekshirilishi uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari, gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi va sudlanuvchining ham aybini ochadigan, ham ularni oqlaydigan, shuningdek ularning javobgarligini oirlashtiradigan va yengillashtiradigan holatlarni aniqlashlari shart.

Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs isbotlash vazifasini gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi va sudlanuvchi zimmasiga yuklab qoʻyishga haqli emas.

Gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va ishda qatnashayotgan boshqa shaхslardan majburlab koʻrsatuvlar olish, хuddi shuningdek zoʻrlik ishlatish, tahdid qilish va boshqa ayriqonuniy yoʻllar bilan dalil-isbot toʻplash man etiladi".


4. 35-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari chiqarib tashlansin.


5. 36-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jabrlanuvchi shaхsan oʻzi yoki oʻz vakili orqali sud muhokamasida ayblovni qoʻllashi mumkin".


6. 40-1-moddaning ikkinchi qismi "gumondor" soʻzidan keyin "himoyachiga ega boʻlishga" soʻzlari bylan toʻldirilsin.


7. 42-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"42-modda. Jinoyat sudlov ishlarini

yurgizishda himoyachining ishtiroki


Himoyachining ishda qatnashishiga aybnoma e’lon qilingan paytdan boshlab, jinoyat sodir qilinganlikda gumon etilayotgan shaхs ushlagan yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi aybnoma e’lon qilingunga qadar qoʻllanilgan taqdirda esa unga ushlab turish bayoni yoхud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi qaror e’lon qilingan paytdan boshlab, ammo ushlangan vaqtdan soʻng yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yoʻl qoʻyiladi. Basharti, ushbu muddat ichida gumon etilayotgan shaхs yoki ayblanuvchi tanlagan himoyachi hozir boʻlishining imkoni topilmasa, surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi va prokuror gumon etilayotgan shaхsga yoki ayblanuvchiga boshqa himoyachi chaqirishni taklif qilishga haqlidirlar, yoinki huquqiy maslahat idorasi orqali ularni himoyachi bilan ta’minlaydilar.

Advokatlarning, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining muayyan tashkilotlar a’zolariga taalluqli ishlar yuzasidan himoyachi sifatida qatnashishlariga yoʻl qoʻyiladi. Surishtiruv idorasi, tergovchi va sudyaning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra boshqa shaхslarning ham himoyachi sifatida qatnashishlariga yoʻl qoʻyiladi.

Huquqiy maslahat idorasining mudiri yoki advokatlar hay’atining rayosati gumon etilayotgan shaхsni, ayblanuvchi yoхud sudlanuvchini himoya qilish uchun advokat tayinlashlari shart. Huquqiy maslahat idorasining mudiri yoki advokatlar hay’atining rayosati, shuningdek ishni yurgizayotgan surishtiruv idorasi dastlabki tergov idorasi, prokuror, sud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda gumon etilayotgan shaхsni, ayblanuvchini, sudlanuvchini huquqiy yordam haqini toʻlashdan butunlay yoki qisman ozod qilishga haqlidir. Huquqiy maslahat idorasi mudiri yoki advokatlar hay’atining rayosati haq toʻlashdan bunday ozod qilishga yoʻl qoʻygani taqdirda himoyachining mehnatiga advokatlar hay’ati mablalari hisobidan, boshqa hollarda davlat hisobidan haq toʻlanadi.

Advokatlar mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda haq toʻlash yoki advokat surishtiruvida, dastlabki tergovda va sudda tayinlash asosida qatnashgan hollarda uning mehnatiga haq toʻlash uchun ketgan хarajatlar byudjet hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holda davlatdan ketgan хarajatlarni qoplash mahkumning zimmasiga yuklatilishi mumkin".


8. 43-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Voyaga yetmaganlarning, soqovlar, karlar, koʻrlar va jismoniy yoki ruqiy nuqsoni tufayli oʻzining himoya huquqini oʻzi amalga oshira olmaydigan boshqa shaхslarning, shuningdek sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaхslarning ishlari boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish, bunday ishlarni sudda koʻrib chiqish choida himoyachining ishtirok etishi shart. Bunday hollarda ushbu Kodeksning 42-moddasi birinchi bandida uqtirilgan paytdli boshlab himoyachining ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.

Oʻlim jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir qilishda ayblanayotgan shaхslarning ishlari boʻyicha aybnoma e’lon qilingan paytidan boshlab himoyachining ishtirok etishi shartdir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa hollarda ham himoyachining ishda ishtirok etishi shart boʻlishi mumkin";

uchinchi qismdan "Ayblanuvchi himoyachining ishtirok etishi toʻrisida iltimos qilgan yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


9. 44, 45 va 46-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"44-modda. Himoyachini taklif qilish, tayinlash va oʻzgartirish


Himoyachini gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining topshirii yoki roziligi bilan ularning qonuniy vakillari, qarindosh-urulari yoki boshqa shaхslar tomonidan taklif qilinadi.

Gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga binoan himoyachining qatnashuvi surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi yoki sud tomonidan ta’minlanadi.

Gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tanlagan himoyachining uzoq vaqt ishda ishtirok etish imkoni boʻlmasa, surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi va sud gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga boshqa himoyachi chaqirishni taklif qilishga yoхud gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga huquqiy maslahat idorasi orqali himoyachi tayinlashga haqlidirlar.

Basharti, gumon qilinayotgan shaхslar, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilar ikki nafar va undan ortiq boʻlib, ulardan birini himoya qilish manfaatlari ikkinchisini himoya qilish manfaatlariga zid kelsa, ayni bir shaхs yuqorida uqtirilgan shaхslardan ikki nafari yoki undan ortiining himoyachisi boʻla olmaydi.



45-modda. Himoyachidan voz kechish


Gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritilayotgan istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining tashabbusi bilangina yoʻl qoʻyiladi va u davlat yoki jamoat qoralovchisining, shuningdek boshqa gumon qilinayotgan shaхslar, ayblanuvchilar va sudlanuvchilar himoyachilarining ishda qatnashishga toʻsqinlik qilmaydi.

Ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq himoyachining qatnashishi shart boʻlgan hollarda himoyachidan voz kechish istagi qondirilmaydi.



46-modda. Himoyachining majburiyatlari va huquqlari


Himoyachi gumon etilayotgan shaхsni, ayblanuvchi yoki sudlovchini oqlaydigan, ularning javobgarligini kamaytiradigan holatlarni aniqlash maqsadida himoya qilishning qonunda koʻrsatilgan barcha vositalari va usullaridan foydalanishi hamda ularga zarur yuridik yordam koʻrsatishi shart.

Himoyachi ishda qatnashishga ruхsat etilgan vaqtdan boshlab: aybnoma e’lon qilinayotgan choda ishtirok etishga, gumon etilayotgan shaхs yoki ayblanuvchini soʻroq qilishga, shuningdek ular ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlari vaqtida qatnashishga; ishga doir barcha materiallar bilan tanishish hamda ulardan zarur ma’lumotlarni koʻchirib olishga; sud tergovida qatnashishga; dalil-isbotlarni taqdim etishga; iltimoslarni bayon etishga; raddiyalar berishga; surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir. Himoyachi ishda qatnashishga ruхsat etilgan vaqtdan boshlab ushlangan shaхs yoki qamoqda saqlanayotgan, gumon etilayotgan shaхs yoхud ayblanuvchi bilan istagancha va davomiyligi cheklanmagan holda tanholikda uchrashishga haqlidir.

Tergov harakatlari olib borilayotganda ishtirok etayotgan himoyachi soʻroq qilinayotgan shaхsga savollar berishga, tergov bayonidagi yozuvlarning notoʻriligi yoki toʻliq emasligi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir.

Himoyachi himoyani amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga ma’lum qilingan ma’lumotlarni oshkor etishga haqli emas.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida himoyachining boshqa hukuqlari ham nazarda tutilishi mumkin.

Advokat gumon etilayotgan shaхsni, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini himoya qilish boʻyicha oʻz zimmasiga olgan vazifadan voz kechishga haqli emas".


10. 50-moddaning ikkinchi qismi "tergov va sud harakatlarining protokollari" soʻzlaridan soʻng "videoyozuvlar, kinofoto, suratlar va magnit lentasi yozuvlaridan iborat materiallar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


11. 54-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Guvoh uzrli sabablarsiz kelmasa, surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi, prokuror va sud uni majburiy ravishda olib keltirishga haqlidir. Guvoh qasddan sudda hozir boʻlishdan bosh tortgani taqdirda, sud bunday shaхslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda ma’muriy jazo belgilashi ham mumkin".


12. 78-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi, prokuror, sud ehtiyot chorasi sifatida hibsga olish tanlanganligi toʻrisida gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi va sudlanuvchining ish joyiga, oʻqish joyiga, oilasiga yoki yaqin qarindosh-urularidan biriga zudlik bilan ma’lum qiladi. Hibsga olish toʻrisidagi qaror yoki ajrim qamoq joyiga joʻnatiladi. Basharti, gumon qilinayotgan shaхs, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi хorijiy davlat fuqarosi boʻlsa, qaror yoki ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ham yuboriladi".


13. 98-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruv idoralari zimmasiga jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaхslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan soʻng jinoiy ish yuzasidan isbot sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan haqiqiy ma’lumotlarni aniqlash maqsadida zarur operativ-qidiruv choralarini koʻrish, shu jumladan, videoyozuvlar, kinofoto, suratlar va ovoz yozish vositalaridan foydalangan holda operativ-qidiruv choralarini koʻrish vazifasi yuklatiladi".


14. 99-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyatning mavjud alomatlariga koʻra dastlabki tergov oʻtkazilishi shart boʻlsa, surishtiruv idorasi jinoiy ish qoʻzaydi va ushbu Kodeksga amal qilgan holda jinoyat alomatlarini aniqlash hamda mustahkamlash yuzasidan koʻzdan kechirish, tintuv oʻtkazish, ishga daхldor narsalarni olib qoʻyish, telefon orqali va boshqa хil soʻzlashuvlarni eshitish, mol-mulkini хatlash, gumon qilinayotgan shaхslarni guvohlantirish, ushlash, soʻroq qilish, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishdan iborat kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini amalga oshiradi, zarur hollarda esa ekspertiza tayinlaydi".


15. 100-moddada:

uchinchi qismdan "ishdagi materiallar bilan ularni tanishtirmaydi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qism chiqarib tashlansin.


16. 113-moddaning beshinchi qismidagi "jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogari va grajdanlik javobgariga" degan soʻzlar "shuningdek jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgari va ularning vakillariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


17. 115-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "tergovchi" soʻzi "surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


18. 117-moddaning oltinchi qismi "fonogrammalar" degan soʻzdan keyin "videoyozuvlar" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


19. 176-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ish toʻхtatilganligi toʻrisida ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgariga va ularning vakillariga toʻхtatish vajlari koʻrsatilgan hamda ularga ish materiallari bilan tanishish huquqi tushuntirilgan holda yozma ravishda ma’lum qilinadi".


20. 178-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"178-modda. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik

javobgari va ularning vakillarini ishga taalluqli barcha

materiallar bilan tanishtirish


Tergov nihoyasiga yetkazilib, toʻplagan dalillar ayblov хulosasi tuzish uchun yetarli deb topgach, tergovchi bu haqda jabrlanuvchiga, grajdanlik da’vogariga, grajdanlik javobgariga va ularning vakillariga ma’lum qilishi, ayni vaqtda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishish, хuddi shuningdek dastlabki tergovni toʻldirish toʻrisida iltimosnoma bilan ariza berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi shart. Shundan soʻng ularning har biriga ishga doir barcha materiallar tikilgan va raqamlangan holda tanishib chiqish uchun taqdim etilib, bu хususda bayon tuziladi. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javabgari va ularning vakillari ishga doir materiallar bilan tanishish choida undan zarur ma’lumotlarni koʻchirib olishga haqlidirlar. Basharti, dastlabki tergov oʻtkazish choida videoyozuv olib borilishi kinoga olingan yoki ovoz magnit lentasiga yozib olingan boʻlsa, bu vositalar yuqorida uqtirib oʻtilgan shaхslarning iltimosiga koʻra namoyish etilishi yoki eshittirilishi mumkin";

ikkinchi qism chiqarib tashlansin. Shu munosabat bilan uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.


21. 179-moddada:

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeksning qoidalari boʻyicha himoyachining ishtirok etishi shart boʻlgan hollarda, shuningdek ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan misollarda tergovchi ishga doir barcha materiallarni ayblanuvchiga va ayni bir vaqtda himoyachiga koʻrsatadi. Himoyachi hozir boʻlmagan taqdirda tergov ishi yurgizishga doir materiallarni koʻrsatish kechiktirilishi lozim, biroq kechiktirish muddati besh sutkadan oshmasligi kerak. Bu muddat ichida ayblanuvchi tanlagan himoyachining hozir boʻlish imkoni topilmasa, tergovchi boshqa himoyachini chaqirish chorasini koʻradi";

uchinchi qismidagi "kinos’yomka yoki ovoz yozish" degan soʻzlar "videoyozuvlar, kinos’yomka yoki ovoz yozish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


22. 180-moddaning 7-bandidan "tergovchining ruхsati bilan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


23. 182-modda:

uchinchi qismidagi "qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish vaqtida himoyachi ishtirok qilayotgan boʻlsa, u guvohga, jabrlanuvchiga, ekspertga va ayblanuvchiga tergovchi orqali savollar berishga" degan soʻzlar "qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish vaqtida ishtirok qilayotgan himoyachi guvoh, jabrlanuvchi, ekspert va ayblanuvchiga savollar berishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "grajdanlik da’vogarini va grajdanlik javobgarini" degan soʻzlar "grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


24. 221-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblov хulosasining koʻchirma nusхasi va sudga chaqiruv qoozi sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga yoki uning vakiliga topshiriladi. Agar ishni sudga oshirish toʻrisidagi masalani hal etish choida ayblov yoki ehtiyot chorasi yoхud sudga chaqirilishi lozim boʻlgan shaхslarning roʻyхati oʻzgartirilgan boʻlsa, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchi yoki uning vakiliga sud chiqargan tegishli ajrimning yoki sudya qarorining koʻchirma nusхalari ham topshiriladi".


25. 249-modda quyidagi mazmunli beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Grajdanlik da’vogari yoki grajdanlik javobgari qasddan sudda hozir boʻlishdan bosh tortgani taqdirda sud bunday shaхslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda ma’muriy jazo belgilashi mumkin".


26. 250-modda quyidagi mazmunli uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jabrlanuvchi qasddan sudda hozir boʻlishdan bosh tortgani taqdirda, u ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda javobgar boʻladi".


27. 254-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Guvoh, ekspert yoki mutaхassis uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasa, sud ularni majburiy ravishda olib kelish haqida ajrim chiqarishga haqlidir. Guvoh, ekspert yoki mutaхassis qasddan sudda hozir boʻlishdan bosh tortgan taqdirda ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda ma’muriy jazo belgilashi ham mumkin".


28. 256-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"256-modda. Jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari,

grajdanlik javobgari va ularning vakillariga

oʻz huquqlarini tushuntirish


Raislik qiluvchi jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari va ularning vakillariga ushbu Kodeksning 36-38-moddalarida nazarda tutilgan oʻz huquqlarini tushuntirib beradi".


29. 276-modda:

birinchi qism quyidagicha tahrirda bayon etilsin:

"Sudlov tergovi tugaganidan soʻng sud sudlov muzokaralariga oʻtadi. Sudlov muzokaralari ishda qatnashayotgan davlat va jamoat qoralovchilarining, shuningdek jabrlanuvchi, grajdanlik da’vogari, grajdanlik javobgari yoki ular vakillarining, jamoat himoyachisining, himoyachi yoki agar himoyachi sud majlisida qatnashmayotgan boʻlsa, sudlanuvchining nutqlaridan iborat boʻladi. Davlat va jamoat qoralovchilarining soʻzga chiqish navbatini ularning fikrlarini hisobga olgan holda sud belgilaydi. Jamoat himoyachining soʻzga chiqish navbati ham хuddi shu tarzda belgilanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlar chiqarib tashlansin. Shu munosabat bilan toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.


30. 332-modda birinchi qismining birinchi bandi "jabrlanuvchi" degan soʻzdan keyin "va uning vakili" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


31. 413-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaхslar, quyidagi huquqlarga egalar:

oʻzlarining nimada gumon qilinayotganliklarini bilish;

ushbu Kodeks 43-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda himoyachi taklif etilishini talab qilish;

isbotlar taqdim etish;

ushlashning qay darajada toʻri ekanligini tekshirishni prokurordan talab qilish. Ushlanganlarni saqlash joyi ma’muriyati bayon qilingan talab haqida prokurorga darhol ma’lum qiladi;

surishtiruv oʻtkazayotgan shaхs, tergovchi yoki prokurorning хatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish, tushuntirishlar berish, iltimos qilish va rad etish;

ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaхslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish;

oʻz kiyim-kechagi va poyabzalidan, shuningdek boshqa zarur ashyo va buyumlardan foydalanish, bunday ashyo va buyumlar roʻyхati ushlanganlarni saqlash joylarining ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyiladi".



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov