Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.2003 y. 307-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.2003 y.

N 307



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qimmatli qoozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 29 apreldagi 196-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 9 iyuldagi

307-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent" respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va qiymatli qoozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarorida:

b) qarorga 2-ilovada:

5-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish-sotish boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitishuvlar faqat qimmatli qoozlarning birja bozorlari va uyushgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha uyushmagan birjadan tashqari bozorlarda tuzilishi mumkin boʻlgan  bitishuvlar bundan mustasno"; 

15-bandning birinchi хatboshidagi "uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi boʻlgan taqdirda" soʻzlari "investitsiya vositachisi, investitsiya kompaniyasi yoki boshqaruvchi kompaniya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda" soʻzlari bilan almashtirilsin";

18-bandda:

"qiymatli qoozlar bilan ish olib borish" soʻzlari "qimmatli qoozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish" soʻzlari bilan almashtirilsin";

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qimmatli  qoozlarning birja va birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari savdo maydonchalarida faqat qimmatli qoozlar va ularning hosilalarini sotib olish-sotish boʻyicha bitishuvlar amalga oshirilishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin".


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 7, 59-modda.